Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli yo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi bahosi 280 mlrd so‘mdan 518,3 mlrd so‘mgacha oshirildi. Poytaxt hokimiyati va bosh pudratchi buni qurilish materiallari narxi oshgani va loyiha qo‘shimcha ishlab chiqilgani bilan izohladi.
Hukumat qarori bilan «Xalqlar do‘stligi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi. Mazkur nishon millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qo‘shgan mahalliy va xorijiy fuqarolarga beriladi.
Kim oshdi savdosiga qo‘yilgan barcha avtomobillar PPP avtoraqamlariga ega bo‘lib, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Boshlang‘ich narxlari 129,6 mln so‘mdan 136 mln sumgacha deb belgilanmoqda.
Prezident farmoni bilan O‘zstandart agentligi negizida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilmoqda.
Deputat Rasul Kusherbayev UzAutoMotors mashinalari «pachoqlanib» ketayotganliklari ularning xavfsizlik jihatidan yaxshi jihozlanmaganligida ekanligini ta’kidladi. «Ilgari odamlarni temir o‘ldirgan bo‘lsa, hozir plastmassa o‘ldiryapti. Avtomobillar agar shunchalik yaxshi chiqayotgan bo‘lsa, nimaga haligacha o‘lim xavfi ko‘payib bormoqda?», — dedi deputat. Avtomobil yo‘llari bo‘yicha mutaxassis Orifjon Nazarov mashinalar sifatini tanqid qilishdan ko‘ra, haydovchilar madaniyatini oshirish kerakligini ta’kidladi.
Yerusti metrosining Mirobod tumanidan o‘tadigan qismidagi 66 ta, Sergeli tumanidan o‘tadigan qismidagi 168 ta, Yangihayot tumanidan o‘tadigan qismidagi 551 ta — jami 785 ta daraxt boshqa joyga ko‘chiriladi. Ko‘chirish imkoni bo‘lmasa ularni kesishga ruxsat berilgan. Kesiladigan har bir daraxt uchun kompensatsiya sifatida 10 tup ko‘chatlarni ekish va ikki yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.
Xitoyning Liaoning Lide kompaniyasi Farg‘ona viloyati hududida tahminiy qiymati $700 mln ga yetadigan, quvvati 1200 MVtgacha bo‘lgan yirik quyosh elektr stansiyasini barpo etishni rejalashtirmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.
AQSh Seysmoprognostik monitoring respublika markaziga Jizzax viloyatida ikkita vaqtinchalik seysmik stansiyalar qurish uchun 14 ming dollarlik uskunalarni topshirdi.
Kecha O‘zbekistonda yana 2 nafar bemor koronavirusdan vafot etdi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 320 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiyasini uzaytirmaganligini siyosiy xato deb atadi. «Biron bir xorijiy jurnalistlar qonunchilikni jiddiy buzadigan bo‘lsa, uni tezda haydash emas, qonunchilikka bo‘ysundirishning ohista yo‘llari ishga solinishi kerak», — deydi u.
Isroil parlamentining mamlakat prezidentini saylagani, Eron dengiz kuchlarining eng yirik kemasi cho‘kib ketgani, Yangi Kaledoniya mustaqilligi bo‘yicha referendumning o‘tkazilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkentda ochilgan yangi bog‘, prezidentning Surxondaryoda o‘tkazgan yig‘ilishi, IT Park 27 ta kompaniyaning rezident maqomini bekor qilishi, kuchli shamolning oqibatlari — “Gazeta.uz"ning 2 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev «To‘palang» suv ombori Surxondaryo aholisining suv bilan bog‘liq muammolarini hal qilishi kerakligini ta’kidlab, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatovni loyihaga mas’ul qilib tayinladi. Shuningdek, prezident koronavirusga qarshi kurashga 80 trln so‘m ketganligini, lekin u pulga achinmasligini aytdi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abudulla Aripovni «Do‘stik» ordeni bilan taqdirladi.
Jizzaxda kuchli shamol ko‘p qavatli uylarning tomini uchirib yubordi. Tomlarning yerga tushishi oqibatida ikkita mashinaga zarar yetdi. Navoiyning Uchqudud tumanidagi bir nechta mahallalarda ham ko‘p qavatli uylar zarar ko‘rdi. Hodisa oqibatida qurbonlar yo‘q.
Lionda istiqomat qiluvchi strit-art rassomi Ememem shahardagi yo‘l va devorlarning buzilgan qismlariga san’at asarlari singari bo‘yoq berib, ajoyib naqshlar tushiradi. Bu orqali u mamlakat infratuzilmasining achinarli holatiga e’tibor qaratmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 550 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham pasaydi.
3−7 iyunda Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga havo harorati +43 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda shamol changli bo‘ron bo‘lishi mumkin
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting