Arxiv

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi
30 aprel 2021, 12:33

Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘smirlarga hujum qilganlikda ayblangan to‘rt kishi uy qamog‘iga olindi

Mart oyining oxirida Amir Temur xiyoboni yaqinida o‘tkazilgan ruxsatsiz miting paytida o‘spirinlarni kaltaklaganlikda to‘rt kishi ayblanmoqda; ular sud boshlanguniga qadar uy qamog‘iga olingan. Tartibsizliklarda qatnashgan yana 27 kishining harakatlari ma’muriy huquqbuzarlik deb topildi.

Isroilda diniy bayram paytidagi tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi
30 aprel 2021, 11:43

Isroilda diniy bayram paytidagi tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi

Isroildagi Lag ba-Omer diniy bayrami paytida yuzaga kelgan tiqilinch natijasida 44 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bosh vazir Benyamin Netanyaxu voqeani «dahshatli falokat» deb atadi.

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi
30 aprel 2021, 11:23

Dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlar soni 150 milliondan oshdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 mln 133 mingdan oshdi, shulardan hozirgacha 87,2 mln inson COVID-19 dan tuzalgan, vafot etganlar soni esa 3 mln 162 mingdan ko‘proqni tashqil qilmoqda.

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi
30 aprel 2021, 10:42

Shifoxonalarda COVID bilan kasallanganlar soni 3000 nafardan oshdi

29 aprel kuni O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 400 nafardan oshdi. Kun davomida 2 ta o‘lim holati qayd etildi. Ayni vaqtda COVID bilan kasallangan deyarli 3100 nafar kishi shifoxonalarda davolanmoqda. Emlash tezligi yanada oshirildi.

Qirg‘izistonning Botken viloyatida otishma to‘xtatildi. Laylak tumanida davom etmoqda
30 aprel 2021, 10:39

Qirg‘izistonning Botken viloyatida otishma to‘xtatildi. Laylak tumanida davom etmoqda

Qirg‘izistonning Botken viloyatida yuzaga kelgan otishma butunlay to‘xtatildi. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari o‘t ochishni to‘xtatish va harbiy kuchlarni avvalgi joylashtirilgan joylariga olib chiqish to‘g‘risida kelishib oldilar. Hozirda Laylak tumanida otishmalar kuzatilayotgani aytilmoqda. To‘qnashuvlar oqibatida Qirg‘izistonda 13 kishi, Tojikistonda 10 kishi vafot etdi.

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda
30 aprel 2021, 10:24

O‘zbekistonda kriptobirjalarda savdo qilishga ruxsat berilishi kutilmoqda

O‘zbekiston fuqarolariga kripto-birjalarda kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy va chet el valyutasida amalga oshirishga ruxsat berilishi mumkin.

«Paxtakor» OCHLning 6-turida «Eyr Fors» ustidan g‘alabaga erishdi
30 aprel 2021, 10:19

«Paxtakor» OCHLning 6-turida «Eyr Fors» ustidan g‘alabaga erishdi

«Paxtakor» jamoasi OCHL guruh bosqichidagi 6-tur uchrashuvini «Eyr Fors» klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda 1:0 hisobi qayd etildi va unda O‘zbekiston jamoasining qo‘li baland keldi. Bugun Olmaliqning AGMK jamoasi Tojikistonning «Istiqlol» klubiga qarshi maydonga tushadi.

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
30 aprel 2021, 09:38

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

To‘lqin Atamurodov Navoiy viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Bundan tashqari, viloyat hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga Sa’dulla Mirzayev tayinlandi.

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi
30 aprel 2021, 09:23

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi

Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi. Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston uning konsullik okruglari sifatida belgilandi.

Foto: «Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi loyihasi
30 aprel 2021, 09:15

Foto: «Shahidlar xotirasi» majmuasi rekonstruksiyasi loyihasi

Qurilish vazirligi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi rekonstruksiyasi loyihasini taqdim etdi. U yerda veloyo‘lak, amfiteatr, kafe, do‘konlar, muzeyning ma’muriy binosi va boshqa ob’ektlar barpo etiladi, velosipedlar ijarasi yo‘lga qo‘yiladi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi iftorlikda ishtirok etdi
30 aprel 2021, 03:44

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahridagi iftorlikda ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti payshanba kuni Ashxobodda Turkmaniston prezidentining otasi — Malikguli Berdimuhamedov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan iftorlikda ishtirok etdi. U aprel oyi o‘rtalarida vafot etgan edi.

Noshirlar va bosmaxonalarga nisbatan tabaqalashtirilgan QQSni qo‘llash taklif etilmoqda
29 aprel 2021, 23:40

Noshirlar va bosmaxonalarga nisbatan tabaqalashtirilgan QQSni qo‘llash taklif etilmoqda

Senat qo‘mitasi kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchilarga QQS bo‘yicha tabaqalashtirilgan stavkalarni qo‘llash, shuningdek, sohaga manzilli subsidiyalar ajratish taklifini bildirdi. Qo‘mita raisining so‘zlariga ko‘ra, noshirlar va bosmaxonalar uchun soliq imtiyozlarining bekor qilinishi va QQSning qo‘llanishi aksariyat tadbirkorlarni kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarishga undaydi.

Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib, poyezdni favqulodda to‘xtatgan
29 aprel 2021, 23:21

Metropoliten: Mashinist tokopriyomnikda uchqun chiqayotganini ko‘rib, poyezdni favqulodda to‘xtatgan

Toshkent metropoliteni «Milliy bog‘» va «Novza» bekatlari oralig‘ida poyezd to‘xtab qolishiga mashinistning relslarni quvvatlovchi uskunadan uchqun chiqayotganini ko‘rib, harakatni favqulodda to‘xtatgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi
29 aprel 2021, 21:54

Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashdi. Uchrashuvda Xalqaro transport va tranzit yo‘lagini yaratish to‘g‘risidagi Ashxobod bitimini bundan buyon ham birgalikda ilgari surish ta’kidlandi.

Jahon yangiliklari dayjesti
29 aprel 2021, 21:40

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniya bosh vaziriga qarshi tergov boshlangani, AQSHda ijtimoiy sektorni qo‘llab-quvvatlash uchush 1,8 trln dollarlik dasturning qabul qilingani, Armanistonda turk tovarlarini sotishga qo‘yilgan taqiqning uzaytirilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…
29 aprel 2021, 18:00

Ayiruvchi emas, birlashtiruvchi til lozim…

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida davlat organlariga faqat davlat tilida murojaat qilish taklifi ma’qullanmaganligi ijtimoiy tarmoqlarda va deputatlar orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Davlat tili maqomi bo‘yicha xalqaro tajriba, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha sharoitlar va davlat tili mavqei to‘g‘risida — «Gazeta.uz» kolumnisti Komil Jalilovning maqolasida.

O‘zbekiston tashqi internet kanalining tezligi 1800 Gbit/sekundga yetkaziladi
29 aprel 2021, 17:59

O‘zbekiston tashqi internet kanalining tezligi 1800 Gbit/sekundga yetkaziladi

Hukumat «O‘zbektelekom» ning xalqaro paketlarni almashtirish markazining imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha loyiha parametrlarini ma’qulladi. Xalqaro internet kanalining quvvati sekundiga 1800 Gbitga yetkaziladi. Loyiha qiymati deyarli 26 mln dollarni tashkil etadi.

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda
29 aprel 2021, 17:44

O‘zbekiston qirg‘iz-tojik mojarosi tomonlarini to‘qnashuvlarni darhol tugatishga chaqirmoqda

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qirg‘iz-tojik chegarasidagi to‘qnashuvlarni darhol to‘xtatishga va vaziyatni barqarorlashtirish uchun qo‘shma choralar ko‘rishga chaqirdi. «O‘zbekiston tez orada kelishuvga erishish uchun har tomonlama yordam berishga tayyor», — deyiladi TIV bayonotida. Ayni damda, otishma oqibatida Tojikistonning yana 5 nafar, Qirg‘izistonning ham 5 fuqarosi jarohatlangan, bir nafari vafot etdi.

Narxini eshitib, hokim haydavorgandi — deputat baland bayroqlar o‘rnatilishi haqida
29 aprel 2021, 17:16

Narxini eshitib, hokim haydavorgandi — deputat baland bayroqlar o‘rnatilishi haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev Qarshida balandligi 62,5 metrga teng 1,35 mlrd so‘mlik bayroq o‘rnatilishiga munosabat bildirib, 2 yil avval Farg‘onadagi shunga o‘xshash holatni yodga oldi. O‘shanda Farg‘onada o‘rnatilishi kerak bo‘lgan bayroqning sarf-harajatlari 1 mlrd so‘m atrofida bo‘lishi aytilgan. «Narxini eshitib, hokim haydavorgandi», — dedi u.

Andijonda quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi
29 aprel 2021, 16:50

Andijonda quloqchin taqib ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi

Andijon viloyatida qulog‘ida «naushnik» bilan ketayotgan yigitni poyezd bosib ketdi. Oqibatda yigit vafot etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting