O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 2021-yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan uch opa-singil bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Hibsga olinganlarning opasi ularni Hindiston fuqarosi aldaganini ta’kidlagan.
Chilonzordagi ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi, shuningdek, farmatsevtika, malakani baholash va tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash kabi markazlar tashkil etiladi. Shifokorlar tegishli hududda eng ko‘p tarqalgan kasalliklar bo‘yicha kurslarda o‘qitiladi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakat G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari bo‘yicha xalqaro qoidalarga amal qilayotganini, Qozog‘iston yordamida Rossiyaga ikki xil maqsadda foydalaniladigan mahsulotlar eksport qilinayotgani haqidagi xabarlar “haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini” bildirdi.
Tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumani prokurori Soatmurod Maxmanovga tegishli ekani aytilayotgan audio tarqaldi. Unda prokurorning MFY raislaridan soliq pulini talab qilgani va uyatsiz so‘zlar bilan haqoratlaganini eshitish mumkin. Holatni viloyat prokuraturasi o‘rganmoqda.
Tijorat banklari 21-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 435−11 490 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 490−11 545 so‘m.
Senat galdagi yalpi majlisda normativ-huquqiy hujjatlar va loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risidagi qonunni, O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasini demarkatsiya qilish bitimini va Pokiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik bitimini ratifikatsiya qilish va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi.
Qurbon hayiti namozi vaqtlari, Alisher Usmonovni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan AQSh, Toshkent viloyatida ish vaqtida pichoqlangan ekoinspektor, Andijonda 2 kishini chaqmoq urgani, OTMga onlayn qabul, tadbirkorlarga soliq stavkalarini pasaytirish rejasi va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kun dayjestida.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashdi. Muzokaralarda Xitoy tomoni Rossiyaga halokatli qurollar yetkazib bermaslikka va’da berishini, Tayvan masalasida esa yon bermasligini ma’lum qildi. AQSh tomoni esa Shinjon va Gonkongdagi inson huquqlari masalasini ko‘tardi.
Farg‘onada mushukni tiriklayin yoqib yuborgan shaxslarga nisbatan tayinlangan BHMning 3 baravari miqdorida jarima jazosi bekor qilindi. Holat sudda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi.
Bulung‘ur tumanida yo‘l yoqasiga ekilgan, qariyb 50−55 yillik 9 tup qayrag‘och kesib tashlandi. Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744,6 mln so‘m zarar yetgan.
Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrog‘idan foydalanish bo‘yicha qo‘shimchalar kiritilgan qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Unda bayroqni xonadonlarga osib qo‘yish, kiyim-kechaklarga yopishtirish, oilaviy va boshqa tadbirlarda ishlatish mumkinligi belgilangan.
2023-yilning dastlabki 5 oyida 1,6 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqdi. Statistika agentligi fuqarolar asosan qarindoshlarini yo‘qlash va dam olish maqsadida safarga chiqayotganini ma’lum qildi.
Zangiota tumanida 14 yoshli qiz 9 metrlik quduqqa tushib ketdi. U FVV qutqaruvchilari tomonidan olib chiqildi va shifoxonaga yotqizildi.
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida Alisher Usmonovni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Shuningdek, ro‘yxatga tadbirkor Gennadiy Timchenko, Davlat dumasi deputati Sulaymon Kerimov va boshqa bir qator yirik tadbirkorlar ham kiritilgan.
Musulmonlar idorasi Qurbon hayiti namozi vaqtlarini e’lon qildi. Hayit namozi Toshkent shahrida soat 05:15 da, boshqa hududlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
Paxtaobod tumanida 2 kishini chaqmoq urib, 17 yoshli yigit vafot etdi. Voqea joyida bo‘lgan ayolning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, hodisa vaqtida u qizi va marhum bilan dalada chopiq qilayotgan bo‘lgan. 15 yoshli qiz shifoxonaga yotqizilgan va ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.
Farg‘ona viloyatida S va D toifali haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan shaxs qo‘lga olindi.
Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri 9000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘ldi, 16 000 ga yaqin kishi jarohatlandi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlar sodir bo‘lgan joylardan ma’lumot yig‘ish qiyinligi sababli haqiqiy raqamlar ancha yuqori bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonning 11 ta viloyatidagi 47 ta “sharoiti og‘ir” bo‘lgan tumanda tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer solig‘i stavkalarini pasaytirish rejalashtirilmoqda. Soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini deputatlar konseptual jihatdan qabul qildi.
Farg‘ona viloyatida mushukni yoqib yuborgan uch erkakning har biri BHMning 3 baravari miqdorida jarimaga tortildi. Holatda jinoyat ishlari bo‘yicha sud tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun asos bo‘lsada, unday bo‘lmadi. Hayvonlarni himoya qilish harakati prokuraturadan jazoni qayta ko‘rib chiqishni so‘radi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting