9 oktabrdan O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismi ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi. Havo haroratining 10−12 darajaga tushishi kutilmoqda. Shimolda kechasi -3 darajagacha soviydi.
Microsoft kompaniyasi Windows 11 operatsion tizimini taqdim etdi. Kompaniya Windows 11`ni turkumdagi «eng xavfsiz» operatsion tizim, deya e’tirof etgan. Windows 10 o‘rnatilgan, Windows 11`ga mos keluvchi barcha kompyuterlar taxminan 2022 yil o‘rtalarigacha yangi operatsion tizimga o‘tishi kutilmoqda.
Onlayn kimoshdi savdosiga yana 270 ta radar va kamera o‘rnatish joylari chiqarildi. Eng ko‘p uchastka Toshkent viloyatida, eng kami — Xorazmda.
Rossiya hukumati O‘zbekistondan 10 ming quruvchini mamlakatga jalb etish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda. Loyiha ishtirokchilari suhbat va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, shuningdek rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lishlari kerak.
Finlyandiya, Daniya va Shvetsiyaning 30 yoshgacha bo‘lgan aholini Moderna bilan emlashni to‘xtatgani, Latviya sog‘liqni saqlash tizimida favqulodda holat e’lon qilingani, Pokistonda zilzila oqibatida 20 kishining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning sirdaryolik saylovchilar bilan uchrashuvi,"Chorvoq oromgohi" yaxlit mulk sifatida sotuvga qo‘yilishi, O‘zbekiston va Tolibon hukumati TIV rahbarlari Kobulda uchrashuvi — “Gazeta.uz"ning 7 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
2021−2022 o‘quv yildan Prezident maktablarida «Maktab maslahatchisi» — «School Counselor» dasturi ishga tushirilmoqda. Dastur muvaffaqiyatli tajribadan o‘tgach, ijobiy tajriba umumta’lim maktablariga ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulga tashrifi davomida Afg‘onistonning muvaqqat hukumati mamlakat «zaminidan O‘zbekistonga qandaydir tahdid yoki xavf chiqishiga yo‘l qo‘ymasligi» bo‘yicha «kuchli va aniq kafolat» berganligini ma’lum qildi. Shuningdek, Kamilov o‘zbek tili va madaniyati «tolibon» hukumati davrida ham rivojlanishda davom etishini ta’kidladi. U yaqin orada Termizda ikkala davlatning ishchi guruhlari muzokaralari o‘tkazishini ham ma’lum qildi.
Prezident Gulistondagi Yangi hayot mahallasiga borib, u yerdagi yangi turar joylar qurilishi bilan tanishdi. «Kambag‘allikni qisqartirishning eng asosiy omillari boshpana va ish joyi», — dedi u. Shavkat Mirziyoyev xalqning uy-joyga bo‘lgan talabi o‘sib borayotgani va shunga munosib sharoit yaratish lozimligini qayd etdi.
Yaqin yillarda Toshkent markazidagi knyaz Romanovning saroyi va unga tutash bog‘ poytaxt aholisi va mehmonlari uchun ochiq bo‘ladi. U ko‘p yillardan buyon odamlar tashrifi uchun yopiq edi. Saroy intereri va fasadining ko‘rinishi — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
11 yillik qarovsizlikdan so‘ng Sadriddin Ayniy nomidagi Buxoro davlat musiqali drama va komediya teatrini ta’mirlashga 2022 yilda 64,5 mlrd so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Teatr jamoasi hozirda faoliyat yuritayotgan «Ko‘hna va boqiy Buxoro» majmuasidagi teatr binosi esa madaniyat saroyiga aylantiriladi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda raqobatbardosh moliyaviy bozorlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollarlik kreditni ma’qulladi. Kredit mablag‘lari mamlakatda moliyaviy bozorlar uchun qulay muhit yaratishda zarur bo‘lgan davlat siyosati, qonunchilik hamda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazoq Gurna adabiyot yo‘nalishida 2021 yilgi Nobel mukofotining sohibi bo‘ldi. U «kolonializm oqibatlari va qochqinlar taqdiriga murosasiz va rahmdillik bilan kirishgani» uchun taqdirlangan.
Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Ushbu vaksinaning III faza sinovlarida jami 4000 nafar ko‘ngilli ishtirok etgan va 92,92% foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.
Toshkent viloyati hokimligi mahalliy budjet hisobidan IIBBga jamoat tartibini saqlash va boshqa maqsadlar uchun 3 mlrd so‘m ajratadi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligi rahbari vazifasini bajaruvchi Amir Xon Mottakiy bilan uchrashuvda tranzit, energetika va savdo masalalarini muhokama qildi. Afg‘oniston tomoni Mozori-Sharifdagi aeroportni rekonstruksiya qilish va boshqa sohalardagi yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi.
Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 6,85 so‘mga ko‘tarilib, 10 677,89 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Afg‘onistonning energetika kompaniyasi elektr energiyasi haqini to‘lamagan sobiq hukumat amaldorlarining mol-mulkini sotuvga qo‘ymoqchi. Mamlakat aholisi kompaniyaning bu qarorini qo‘llab-quvvatlayotganligi aytilmoqda. Ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan elektr energiyasidan qarzlarning umumiy miqdori 5,5 mln dollardan ortiq.
Xalqaro moliya korporatsiyasi O‘zbekiston hukumatiga mamlakat viloyatlarida zamonaviy va energiya jihatidan tejamkor 15 tagacha maktablarni moliyalashtirish, loyihalashtirish, qurish va xizmat ko‘rsatish uchun xususiy operatorni tanlashda tender o‘tkazishga yordam beradi.
O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Guliston shahrining eski dehqon bozori o‘rnidagi 42 gektar maydonda “Guliston siti” barpo etilishini taklif qildi. Avvalroq, “Adolat” partiyasidan prezidentlikka nomzod Bahrom Abduhalimov shaharlarda “siti” qurishga ruju qo‘yilganligini tanqid qilgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting