Yashnobod tumanida “Lada 11184” avtomashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib vafot etdi.
Toshkent viloyatida qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuradan iborat jami 50 mln so‘mni 5 mln so‘mga sotayotganlar qo‘lga olindi. Ular bu qadar jami 210 mln so‘m miqdoridagi qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralar muomalaga chiqarib yuborilganligi aniqlandi.
Prezident qarori bilan 2022 yildan yakuniga qadar barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida esa yurak va o‘pka transplantatsiyasi joriy etiladi.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bir kunning o‘zida messenjerning foydalanuvchilari soni 70 mln ga ko‘payganini ma’lum qildi. U Shimoliy va Janubiy Amerikadagi foydalanuvchilar ommaviy ravishda Telegram`ga o‘ta boshlashganini ta’kidladi. “Boshqalar sizga pand berayotgan bir vaqtda biz sizni uyaltirib qo‘ymaymiz”, — deydi Durov.
Turkmanistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish haqidagi kelishuv yana bir yilga uzaytirildi. Umumiy hajmlar va narxlar oshkor qilinmadi, ammo ITSV rahbarining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratovning so‘zlariga ko‘ra, tariflar avvalgi darajada saqlanib qolgan.
Qidiruvga berilgan TDIU sobiq prorektori Nodir Idiyev 2 mln dollarni o‘zlashtirganlikda ayblanayotganligi ma’lum bo‘ldi.
Adliya vaziri seshanba kuni o‘tkazilgan anjumanda davlatning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga berishning ahamiyatiga to‘xtalib o‘tdi. «Ko‘p holatlarda xususiy sektor davlatga qaraganda yaxshi ishlaydi», — dedi Ruslanbek Davletov. Uning fikricha, buning uchun tartibga solish mexanizmlari va qonunlar bo‘lishi kerak. Shuningdek, vazir O‘zbekistondagi qamoqxonalar xususiy sektorga o‘tkazilmasligini ta’kidladi.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga tashrifi doirasida mamlakatlar avtomobillar va elektrotexnika yig‘ish hamda turizm sohasida klasterlar tuzish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishishdi. Turkmaniston tomoni 300 mln dollarga o‘zbek tovarlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda va «Turkmanboshi» dengiz porti infratuzilmasini taklif qilmoqda.
USAID Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoni rivojlantirish uchun 19 mln dollar yo‘naltiradi. Markaziy Osiyoda Savdo dasturi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshiriladi.
Hukumat qarori bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga haydovchilikka tayyorlash kurslarining xarajatlari kompensatsiya qilinadi. Bunda kompensatsiya miqdori BHMning 4 baravarigacha bo‘lishi mumkin. Shuningdek, safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni o‘tash badali ham qoplab beriladi.
O‘zbekiston xalqaro yuklarni tashishni soddalashtirishga mo‘ljallangan «Quruqlik portlari» to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimga qo‘shildi.
Dollarning jahon valyutasi maqomi tahdid ostida bo‘lishi mumkinligi, Facebook’dagi uzilishlar sababi, dunyo aviakompaniyalarining 2050 yilga kelib CO2 chiqindilarini nolga yetkazish majburiyatini olishgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Yangi e’lon qilingan qaror va farmonlar, Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi, TDIU sobiq prorektorining qidiruvga berilishi — “Gazeta.uz"ning 5 oktabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov prezident Shavkat Mirziyoyevning maslahatlari va tavsiyalari mamlakatda paxta yetishtirish hajmlarini sezilarli darajada oshirishga yordam berganligini ta’kidladi. U hamkasbining boshqa xususiyatlarini ham e’tirof etdi.
Profilaktika inspektorlari ko‘rib chiqishi mumkin bo‘lgan ma’muriy huquqbuzarliklar ro‘yxati kengaytirildi. Jumladan, endiklikda «uchastkavoylar» haydovchilarning to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi hamda voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishlari mumkin.
«O‘zavtosanoat» va «Turkmenistan-Motors» o‘rtasida imzolangan memorandumga ko‘ra, Turkmaniston hududida UzAuto Motors avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Turkmaniston tomoni o‘zbek tovarlarini 300 million dollarga sotib olishni rejalashtirmoqda.
Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Olim Hikmatov «Gazeta.uz»ga bergan intervyusida murabbiyning sportchi hayotidagi o‘rni, g‘alaba uchun muhim omillar, o‘z shogirdlariga nimalarni uqtirishi, Bekzod Abdurahmonovning sportdagi yo‘li va terma jamoaning keyingi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Farg‘onada xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirgan shaxs o‘zini ko‘rib qolgan ayolni pichoqladi. Oqibatda ayol shifoxonada vafot etdi. Gumonlanuvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi. Jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi.
Turkmaniston prezidentining Toshkentga tashrifi davomida 23 ta hujjat imzolandi. Ular orasida Transport, tranzit tashishlar, suvni tejovchi texnologiyalar, adliya, ijtimoiy himoya va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirishga doir hujjatlar imzolangan.
2021 yilgi fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Syukuro Manabe, Klaus Hasselman va Jorjio Pariziga «murakkab fizik tizimlar haqidagi tushunchamizga qo‘shgan hissasi» uchun berildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting