Toshkentning Chilonzor tumanidagi yetti qavatli yangi uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Uyda yashovchilar jabrlanmadi, bir nechta kvartiraga zarar yetgan, deb xabar berdi FVV.
Toshkentning Yangihayot tumanida Damas avtomobili tezlikni oshirib, yo‘l chetida turgan to‘rt o‘quvchini urib yubordi. Ulardan biri shifoxona yo‘lida vafot etdi, qolganlari jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi taqdirlanishi, O‘zbekistonlik futbolchi Jasurbek Yaxshiboyev “Real” darvozasiga gol urishi, Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishi — “Gazeta.uz"ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
«Tolibon» vaqtinchalik hukumatda TIV rahbari etib tayinlagan Mavlavi Amir Xon Mottakiy O‘zbekiston elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonovni qabul qildi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi parvozlarni qayta tiklash, Mozori Sharif aeroportini rekonstruksiya qilish masalalarini muhokama qildilar.
Kelgusi yildan xorijdan o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali joriy yilgi kirish ballari bilan bir xil bo‘lishi ma’lum qilindi. Mazkur imtihonlar DTMda o‘tkaziladi. Ichki o‘qishni ko‘chirish xususida ham yangiliklar kutilmoqda.
Shanba kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida Lacetti avtomobiliga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
O‘zbekistonda emlanishi ko‘zda tutilgan 18 yoshdan katta aholining 53,6 foizi (qariyb 11,5 million nafar) birinchi doza vaksinalarini oldi. 4,5 million nafardan ziyod fuqarolar esa koronavirusga qarshi barcha boschiqlarda emlab bo‘lingan.
Poytaxtning Chilonzor tumanida qidiruvdagi Nexia haydovchisi yo‘l-patrul xizmatining ikki ekipajidan qochar ekan, YPX inspektori va bir piyodani urib yubordi.
Juma kuni ertalab Qarshidagi mebel ustaxonasida yong‘in kelib chiqdi, uch kishi halok bo‘ldi.
Toshkentda avtobloger Bobur G‘aniyev qamoqqa olindi. IIBB uning haydovchi hujjatlari tekshirilayotganda YHXB hodimlarini haqoratlab, janjal ko‘targanini ma’lum qildi. Uchastkada hujjatlar rasmiylashtirilayotgan vaqtda telefonidan taqiqlangan videomaterial va fotosuratlar aniqlandi, deya xabar qildi boshqarma.
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 4−5 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tom Yam sho‘rvasi, xitoycha go‘sht, uvra va frikadelkalar, achchiqqina tovuq — Zira.uz Osiyo oshxonasi taomlari retseptlarini taqdim etadi.
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida qo‘lga olindi, unga nisbatan bir nechta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Siyosatchi vataniga munitsipal saylovlar arafasiga qaytgandi.
Qirg‘iziston Milliy energoxoldingi mamlakatda energetika inqirozi kuzatilayotgani ortidan nomaishiy iste’molchilar, jumladan kafe va do‘konlarga kuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari va reklama yoritkichlarini yoqishni taqiqladi.
1 oktabr kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan “Afrosiyob” poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan temir yo‘l orqali olib kelindi.
Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida. “Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, — dedi u.
Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook`da O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. U odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan. Mazkur shaxsga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda internet tarmog‘idan 3 yilga cheklash jazosi tayinlandi.
30 sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 276 ming 625 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 539 ming 621 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 12,94 foizini tashkil qilmoqda.
Ekologiya qo‘mitasi Maqom markazi qurilishi uchun ajratilgan hududda reyd o‘tkazdi. Devor bilan o‘rab qo‘yilgan hududda 60 ga yaqin daraxtlarning qurigani, quruvchilar qo‘y va tovuq boqayotgani aniqlandi. Devorlar olib tashlanib, hudud chiqindilardan tozalandi.
UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson ushbu lavozimdagi vazifalari haqida gapirdi. «Men supermen emasman, lekin ular mendan yanada sifatli mahsulotlar, yangi modellar, jumladan, avtomobillar, qulayroq narxlarda va eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishimni xohlashyapti. Aksiyadorlarimiz ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishni xohlayapti. Bunga erishishning yagona yo‘li esa boshqaruv jamoasi bilan qattiq ishlash va qiymat yaratishdir», — dedi kompaniya bosh direktori.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting