Arxiv

Qirg‘izistonda elektr energiyasini tejash uchun ko‘cha chiroqlarini yoqish taqiqlandi
1 oktabr 2021, 19:13

Qirg‘izistonda elektr energiyasini tejash uchun ko‘cha chiroqlarini yoqish taqiqlandi

Qirg‘iziston Milliy energoxoldingi mamlakatda energetika inqirozi kuzatilayotgani ortidan nomaishiy iste’molchilar, jumladan kafe va do‘konlarga kuz-qish mavsumida ko‘cha chiroqlari va reklama yoritkichlarini yoqishni taqiqladi.

O‘zbekistonga Ispaniyadan yana bir “Afrosiyob” poyezdi olib kelindi
1 oktabr 2021, 12:37

O‘zbekistonga Ispaniyadan yana bir “Afrosiyob” poyezdi olib kelindi

1 oktabr kuni O‘zbekistonga Ispaniyaning Bilbao shahridan jo‘natilgan “Afrosiyob” poyezdi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan temir yo‘l orqali olib kelindi.

“Men faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”. Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi
1 oktabr 2021, 12:18

“Men faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”. Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi

Sport gimnastikachisi Oksana Chusovitina sportga qaytishini ma’lum qildi. U kelasi yil o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida qatnashish niyatida. “Men, shunchaki, faoliyatimni O‘zbekiston uchun medalsiz yakunlay olmayman”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev nomidan profil ochib, pul ishlagan shaxs 3 yilga qamaldi
1 oktabr 2021, 11:50

Shavkat Mirziyoyev nomidan profil ochib, pul ishlagan shaxs 3 yilga qamaldi

Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook`da O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. U odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan. Mazkur shaxsga nisbatan 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish hamda internet tarmog‘idan 3 yilga cheklash jazosi tayinlandi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4,5 mln nafardan oshdi
1 oktabr 2021, 10:59

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 4,5 mln nafardan oshdi

30 sentabrda O‘zbekiston hududlari bo‘ylab 276 ming 625 doza koronavirusga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 mln 539 ming 621 nafarni yoki O‘zbekiston aholisining 12,94 foizini tashkil qilmoqda.

Maqom markazi qurilayotgan hududda o‘nlab daraxtlarning qurib qolgani aniqlandi
30 sentabr 2021, 23:24

Maqom markazi qurilayotgan hududda o‘nlab daraxtlarning qurib qolgani aniqlandi

Ekologiya qo‘mitasi Maqom markazi qurilishi uchun ajratilgan hududda reyd o‘tkazdi. Devor bilan o‘rab qo‘yilgan hududda 60 ga yaqin daraxtlarning qurigani, quruvchilar qo‘y va tovuq boqayotgani aniqlandi. Devorlar olib tashlanib, hudud chiqindilardan tozalandi.

Bu Andersson — UzAuto Motors`dagi vazifalari haqida
30 sentabr 2021, 23:14

Bu Andersson — UzAuto Motors`dagi vazifalari haqida

UzAuto Motors bosh direktori Bu Andersson ushbu lavozimdagi vazifalari haqida gapirdi. «Men supermen emasman, lekin ular mendan yanada sifatli mahsulotlar, yangi modellar, jumladan, avtomobillar, qulayroq narxlarda va eng yaxshi xizmatlarni taqdim etishimni xohlashyapti. Aksiyadorlarimiz ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirishni xohlayapti. Bunga erishishning yagona yo‘li esa boshqaruv jamoasi bilan qattiq ishlash va qiymat yaratishdir», — dedi kompaniya bosh direktori.

30 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
30 sentabr 2021, 21:30

30 sentabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Jurabek Laboratories tomonidan ishlab chiqarilgan xitoy-o‘zbek vaksinasining ilk partiyasi topshirilishi, Uzcard bankomatlarida dollar ayirboshlash vaqtincha to‘xtatilishi, Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilishi — “Gazeta.uz"ning 30 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Davlat banklarini saqlab turish hukumatga qimmatga tushmoqda» — Timur Ishmetov
30 sentabr 2021, 20:52

«Davlat banklarini saqlab turish hukumatga qimmatga tushmoqda» — Timur Ishmetov

Moliya vaziri Timur Ishmetov taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida davlat banklarining bo‘lishi mantiqliroq ekani, biroq u har doim xususiy bank sektori tarafdoriligini ma’lum qildi. Hukumat davlat banklari yordamida tayanch bank xizmatlaridan teng foydalanishni ta’minlash, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvatlash imkoniga ega bo‘ladi. Biroq bu fiskal xatarlarni keltirib chiqarishi mumkin va davlatga qimmatga tushadi.

Jahon yangiliklari dayjesti
30 sentabr 2021, 20:13

Jahon yangiliklari dayjesti

Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozining bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingani, Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 100 dan ortiq kishining halok bo‘lgani, YouTube’ning COVID-19 vaksinalari haqida noto‘g‘ri ma’lumotga ega kontentni taqiqlayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

YeTTB va IFC TBC Bank Uzbekistan aksiyalarining bir qismini sotib oladi
30 sentabr 2021, 19:12

YeTTB va IFC TBC Bank Uzbekistan aksiyalarining bir qismini sotib oladi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining har biri TBC Bank Uzbekistan’ning 20% gacha bo‘lgan aksiyalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu 2017 yildan beri YeTTBning o‘zbek bank sektoriga kiritgan birinchi sarmoyasi hisoblanadi.

Senatorlar «uchastkavoy”lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar
30 sentabr 2021, 19:01

Senatorlar «uchastkavoy"lar vakolatlarini kengaytirishni ma’qulladilar

Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga profilaktika inspektorlari vakolatlarini kengaytirish, ularga ma’muriy huquqbuzarliklarni ko‘rib chiqish huquqni berishni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritilishini ma’qulladi. Murosaga erishilgan holatlarda javobgarlikdan ozod qilishni nazarda tutgan ma’muriy ishlar bo‘yicha yarashuv instituti ham joriy etilmoqda.

«Agrobank» xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etdi
30 sentabr 2021, 19:00

«Agrobank» xalqaro iqtisodiy forumda ishtirok etdi

Ushbu forum doirasida «Agrobank» ATB tomonidan Germaniyaning Landesbank Hessen-Thüringen, Rossiyaning «Sovkombank» hamda «MKB» banklari bilan o‘zaro manfaatli moliyaviy kelishuvlar imzolandi.

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi
30 sentabr 2021, 17:13

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket to‘rtinchi kun ko‘tarildi

Dollarning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 0,09 so‘mga ko‘tarilib, 10 692,00 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi pasaydi, rubl kursi esa ko‘tarildi.

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors shartnomalaridagi qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi
30 sentabr 2021, 17:09

Antimonopoliya qo‘mitasi UzAuto Motors shartnomalaridagi qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi

Antimonopoliya qo‘mita rahbari Shaxrux Sharaxmetovning aytishicha, qo‘mita UzAuto Motors shartnomalaridagi avtomobil variantlarining nomuvofiqligi bilan bog‘liq qo‘shimcha to‘lovlar bandini o‘rganadi.

VTB banki NKMKning investitsiya dasturini moliyalashtiradi
30 sentabr 2021, 16:41

VTB banki NKMKning investitsiya dasturini moliyalashtiradi

Rossiyaning VTB banki Navoiy kon-metallurgiya kombinatining investitsiya dasturini moliyalashtirish uchun 1 mlrd dollarlik kredit liniyasini taqdim etdi.

Oktabrning ilk kunlarida salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
30 sentabr 2021, 16:00

Oktabrning ilk kunlarida salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

1−2 oktabr kunlari sovuq atmosfera fronti o‘tishi bilan respublikaning ayrim hududlarida jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi.

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda
30 sentabr 2021, 15:59 10

Bola asrab olish tartiblari soddalashtirilmoqda

Farzandlikka olish tartiblari soddalashtirilmoqda. Jumladan, uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etib, jazo muddatini o‘taganlarga farzandlikka olish imkoniyati yaratiladi. Ushbu jarayonga monelik qiladigan kasalliklarga chalingan shaxslar ro‘yxati tasdiqlanadi.

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi
30 sentabr 2021, 14:09

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi boshqaruvi Veolia qo‘liga o‘tdi

Toshkent issiqlik ta’minoti tizimi 30 yil muddatga Fransiyaning Veolia kompaniyasi boshqaruviga topshirildi. Birinchi ikki yilda Bektemir va Sergeli tumanlarida isitish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha sinov loyihasi amalga oshiriladi, so‘ngra butun shaharni qamrab oluvchi «ulkan modernizatsiya dasturi»ni ishga tushirish kutilmoqda.

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
30 sentabr 2021, 13:32

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Mazkur qonun bilan mamlakatda hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi ta’minlanishi aytildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting