Arxiv

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘ldi
5 fevral 2021, 11:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘ldi

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga tasdiqlandi. U bunga qadar qariyb 16 yil davomida Markaziy saylov komissiyani boshqargan.

Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi
5 fevral 2021, 11:15

Abdulla Aripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi

4 fevral kuni Olma Ota shahrida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashdi. Hukumat rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyevning mart-aprel oylarida Moskva shahrida bo‘lib o‘tadigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlikni muhokama qilishdi.

Alisher Navoiy xalqaro jamoat fondi tashkil etildi
5 fevral 2021, 11:05

Alisher Navoiy xalqaro jamoat fondi tashkil etildi

Prezident qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondi tashkil etildi. Jamg‘arma Alisher Navoiy hayoti, g‘oyalari va ilmiy-adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.

Fuqarolarni Yevropaga ishga yuborish bilan aldab yurgan to‘daga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 fevral 2021, 10:47

Fuqarolarni Yevropaga ishga yuborish bilan aldab yurgan to‘daga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 14 kishini Yevropaga ishga jo‘natishga ishontirib, ularni Rossiya, Ukraina va Belorussiyada qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslarga firibgarlik va odam savdosi ayblovi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Dam olish kunlari havo salqinlashadi
5 fevral 2021, 10:24

Dam olish kunlari havo salqinlashadi

6−8 fevral kunlari Kavkazdan nam va salqin havo massasining kirib kelishi, shuningdek, respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Turistlarga tezkor yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz ishga tushirildi
5 fevral 2021, 09:47

Turistlarga tezkor yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz ishga tushirildi

Sayyohlarga 24 soat yordam ko‘rsatuvchi Call-markaz o‘z faoliyatini boshladi. Xizmatlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida ko‘rsatiladi. Call-markaz respublikaning barcha hududlaridagi IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari bilan bog‘langan.

Buxorodagi portlashda 12 kishi jarohatlangan
4 fevral 2021, 22:50

Buxorodagi portlashda 12 kishi jarohatlangan

Buxorodagi ko‘p qavatli uyning 3-qavatida yuz bergan gaz portlashi oqibatida jarohatlanganlar soni 12 kishiga yetdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jahon yangiliklari dayjesti
4 fevral 2021, 21:35

Jahon yangiliklari dayjesti

Myanma harbiy hukumatining Facebook’ni bloklagani, Isroilning Suriyaga havodan hujumi, BMTning oziq-ovqat mahsulotlarining jahon narxlarida keskin o‘sishini qayd etgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.

Transport prokuraturasi: 2020 yilda yo‘l qurilishida 11,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
4 fevral 2021, 20:40

Transport prokuraturasi: 2020 yilda yo‘l qurilishida 11,5 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

2020 yilda yo‘l va ko‘prik qurilish sohasida byudjetdan ajratilgan pullarni o‘zlashtirish holati bo‘yicha 40ga yaqin jinoyat ishi ochilgani va ularda 11,5 mlrd so‘mlik davlat mulki talon-toroj qilingani fosh etildi. Shuningdek, yo‘l qurilishlari haligacha SSSR standartlari asosida olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi
4 fevral 2021, 18:54 1

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

2021 yilgi davlat dasturiga fuqaro taklifi bilan Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish bo‘yicha alohida band kiritildi. Ushbu darvozalar XVIII asrda Toshkentni bosqinchilardan himoya qilish maqsadida uning atrofida bunyod etilgan 8−20 metrlik devor ichiga kirish vazifasini o‘tagan. Uning 12 ta kaliti ham bo‘lgan.

Buxorodagi yangi qurilayotgan uylarning birida portlash ro‘y berdi
4 fevral 2021, 18:49

Buxorodagi yangi qurilayotgan uylarning birida portlash ro‘y berdi

Buxoroda qurilishi tugallanmagan 8 qavatli binoda portlash yuz berdi. Hodisa natijasida 3 kishi jarohatlandi.

Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi
4 fevral 2021, 18:17

Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshiradi

Ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida erishilgan bitimga ko‘ra, Misrning «Fly Egypt» aviakompaniyasi O‘zbekistonga doimiy reyslarni amalga oshira boshlaydi. Qatnovlar Qohira va Toshkent, Sharm al-Shayx va Toshkent o‘rtasida ikkitomonlama yo‘lga qo‘yiladi.

Ezgu Amal fondi onkologik yordam sifatini yaxshilashni so‘rab, prezidentga murojaat qildi
4 fevral 2021, 17:34

Ezgu Amal fondi onkologik yordam sifatini yaxshilashni so‘rab, prezidentga murojaat qildi

«Tibbiyotimiz darajasini tubdan yaxshilash va saraton kasalligiga chalingan bolalarga yashash imkonini berish zarur». Ezgu Amal jamoat fondi prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilib, bolalar onkologiyasi va gematologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash siftaini yaxshilashni so‘radi.

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda
4 fevral 2021, 16:24

Azon.uz ta’sischisi Mubashshir Ahmad Din qo‘mitasidan tahdid bo‘lganligini ta’kidlamoqda

Mubashshir Ahmad 3 fevral kuni Din ishlari qo‘mitasi xodimi tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lganini aytdi. Aytilishicha, suhbatda qo‘mita raisining o‘rinbosari Mubashshir Ahmadga aloqador bo‘lmagan, axborot resurslarida e’lon qilingan maqolalar yuzasidan haqoratli so‘zlar bilan tahdid qilgan.

Yangiyo‘lda 8 yoshli qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi
4 fevral 2021, 16:04

Yangiyo‘lda 8 yoshli qizaloqni olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Yangiyo‘l shahrida 8 yoshli maktab o‘quvchisini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan erkak Milliy gvardiya xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Fuqaro bundan avval qasddan odam o‘ldirish va bosqinchilik uchun sudlangani ma’lum bo‘ldi.

«Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident turibdi» — Shavkat Mirziyoyev
4 fevral 2021, 15:15

«Qo‘rqmanglar, ortingizda prezident turibdi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan suhbatda «adolatni yetkazishdan to‘xtamaslik» lozimligini aytdi. «Qo‘rqmanglar. Ortingizda Prezident turibdi», — dedi prezident.

Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida 2 nafar o‘quvchi jarohatlandi
4 fevral 2021, 13:35

Yangiyo‘ldagi maktabda shift ko‘chib tushishi oqibatida 2 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Yangiyo‘ldagi maktab sinfxonasida shift ko‘chib tushib, ikki nafar 6 sinf o‘quvchilarini jarohatladi. Maktabning ta’mirlash ishlari 2019 yilda Toshkent viloyatiga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m evaziga amalga oshirilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda
4 fevral 2021, 13:01

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Azon.uz tahririyatiga bosim o‘tkazmaganini aytmoqda

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati Azon.uz saytidagi maqolalarni o‘chirish bo‘yicha topshiriq berilmaganini ta’kidladi.

Ōsten elektron gaz hisoblagichini qayta yoqish
4 fevral 2021, 13:00 1

Ōsten elektron gaz hisoblagichini qayta yoqish

TEXNOPARK qarzdorlik to‘langanidan so‘ng Ōsten elektron gaz hisoblagichlarini qayta yoqish bo‘yicha qisqa yo‘riqnomani taqdim etadi (reklama huquqlari asosida).

Yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi — ITIM
4 fevral 2021, 12:54

Yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi — ITIM

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi so‘rovining natijalariga ko‘ra, yanvar oyida ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi yaxshilangan. Eng sezilarli o‘sish qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida kuzatilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting