Arxiv

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi
5 fevral 2021, 17:24

Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasining sobiq raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov Konstitutsiyaviy sud raisi etib saylandi. U 2004−2005-yillarda ham mazkur lavozimda faoliyat yuritgan.

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi
5 fevral 2021, 17:15

San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 136-davlatga aylandi

3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino mamlakatlari o‘rtasida diplomatik aloqalari o‘rnatildi va ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish rejalari muhokama qilindi.

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi
5 fevral 2021, 17:15

Farg‘ona viloyatida 17 trln so‘mlik investitsiya loyihalari amalga oshiriladi

Farg‘ona viloyatidagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning boshqaruv ofislari tashkil etiladi. 2021−2022 yillarda 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bundan tashqari, 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinikalarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.

«Hozircha hammasi ish bermoqda». Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev haqida
5 fevral 2021, 16:43

«Hozircha hammasi ish bermoqda». Lukashenko — Shavkat Mirziyoyev haqida

4 fevral kuni Belarus prezidenti Minsk shahrida missiyasini yakunlayotgan O‘zbekiston elchisini qabul qildi. U O‘zbekiston rejalari to‘g‘risida Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashganda «ba’zan cho‘chishini» tan oldi.

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi
5 fevral 2021, 16:30

Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi

Markaziy saylov komissiyasi yig‘ilishida Zayniddin Nizamxodjayev Markaziy saylov komissiyasi raisi etib saylandi. Uning o‘rinbosari lavozimiga esa Baxrom Kuchkarov saylandi.

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi
5 fevral 2021, 16:16

Sobiq Jizzax shahar hokimi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi

Akbar Shukurov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. U bundan avval Jizzah shahri xokimi vazifasida faoliyat yuritib, yanvar oyida lavozimdan ozod etilgan.

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov
5 fevral 2021, 16:02

Raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun $2,5 mlrd jalb qilinadi — Abdulla Aripov

O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish uchun yaqin ikki yil ichida 2,5 mlrd dollar jalb etiladi, deya ma’lum qildi bosh vazir Abdulla Aripov Olmaota shahridagi forumda. Ushbu mablag‘lar mobil aloqani modernizatsiya qilish, elektron hukumatni rivojlantirish va boshqa vazifalarga sarflanadi.

«Bahonalar ketmaydi bu yerda» — Senat raisi davlat dasturi ijrosi haqida
5 fevral 2021, 15:38

«Bahonalar ketmaydi bu yerda» — Senat raisi davlat dasturi ijrosi haqida

Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisida 2020 yilgi davlat dasturi ijrosi bo‘yicha tanqidiy fikrlar bildirildi. «Kechirib bo‘lmaydigan har xil bahonalar qilgansizlar. Bahonalar ketmaydi bu yerda» — dedi Tanzila Narbayeva.

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
5 fevral 2021, 15:26

Navoiyda «Matiz» va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida «GAZ» rusumli yuk mashinasi «Matiz» ga urilib, YTHga sodir etdi. Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi tan jarohatlaridan vafot etdi.

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi
5 fevral 2021, 14:19

Rossiyadagi o‘zbekistonliklar namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirildi

Tashqi mehnat migratsiyasi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ushbu mamlakatdagi ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi.

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi
5 fevral 2021, 13:12

Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyati hokimi etib tayinlandi

Sentyabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi bo‘lgan Xayrullo Bozorov, viloyat hokimi lavozimiga tayinlandi. «Juda tajribali, hozirgi zamonga munosib, xalqparvar, kamtar inson», — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev bo‘lib o‘tgan kengash yig‘ilishida.

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida
5 fevral 2021, 12:45

«Samarqandda hokim bo‘lganimda, faqat Aripov kelib muammolarni so‘ragan» — prezident bosh vazir haqida

Farg‘ona viloyati Xalq deputatlari kengashi yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Abdulla Aripov faoliyati haqida fikr bildirdi. «Samarqandda hokim bo‘lganimda bitta shu vazir oldimga kelib, muammolarni so‘ragan. Boshqa birorta vazir kelmagan», — dedi davlat rahbari.

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi
5 fevral 2021, 12:41

Daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi

Prezident farmoni bilan daraxtlarni kesishga joriy etilgan moratoriy muddati 2021 yil yakunigacha uzaytirildi. Bundan tashqari, noqonuniy kesilgan har tup daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni 3 yil parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

Quva tumani rahbariyati ishdan olindi
5 fevral 2021, 12:39

Quva tumani rahbariyati ishdan olindi

Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyati Quva tumanining hokimi, prokurori, IIB va soliq inspeksiyasi boshliqlarini ishdan oldi. Shu bilan birga, O‘zbekiston va Yozyovon tumanlarining sektor rahbarlari ham vazifasidan chetlatildi.

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi
5 fevral 2021, 12:21

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

AQSH prezident Jo Bayden tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qilgan nutqida Rossiya hukumatidan Navalniyni ozod etishni talab qildi. Jo Baydenning ta’kidlashicha, Navalniy «korrupsiyani fosh qilayotgani uchun o‘ljaga aylangan».

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil etib saylandi
5 fevral 2021, 12:11

Feruza Eshmatova Inson huquqlari bo‘yicha vakil etib saylandi

Senatorlar Inson huquqlari bo‘yicha vakil lavozimiga Feruza Eshmatova nomzodini tasdiqlashdi. U mazkur lavozimda Ulug‘bek Muhammadiyev o‘rnini egalladi. Bundan tashqari, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisligiga esa Malika Kadirxanova saylandi.

«Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, achchiqroq talab qilish kerak» — Shavkat Mirziyoyev
5 fevral 2021, 12:01

«Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, achchiqroq talab qilish kerak» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashi yig‘ilishida deputatlar ijro hokimiyatidan yetarlicha talab qilmayotganligini ta’kidladi. «Ijro hokimiyatidan farg‘onacha emas, sal achchiqroq talab qilishlaringiz zarur», dedi davlat rahbari.

Buxoroda korxona rahbarlarini qo‘rqitib, 30 ming dollar talab qilgan ishchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
5 fevral 2021, 11:52

Buxoroda korxona rahbarlarini qo‘rqitib, 30 ming dollar talab qilgan ishchilarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Buxoro viloyatida bir necha fuqarolar AJ rahbari va bosh hisobchining turli video yozuvlarini internetga joylab, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish bilan qo‘rqitgan. Harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga 30 ming AQSH dollari talab qilgan.

«Shuhrat G‘aniyev bosh vazir bo‘lganimdan beri yonimda yuribdi» — prezident
5 fevral 2021, 11:47

«Shuhrat G‘aniyev bosh vazir bo‘lganimdan beri yonimda yuribdi» — prezident

Prezident Farg‘ona viloyatidagi safari davomida bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning faoliyatiga to‘xtalib, «u halol odam, toza odam, halovati yo‘q odam. Farg‘ona xalqini og‘ir sinov kunlarida nisbatan juda katta ish qildi, men undan roziman» dedi. Prezident Buxoroga tashrifi chog‘ida qishloq xo‘jaligi sohasini uni qoniqtirmayotganligini, tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmas, G‘aniyevni ishdan bo‘shatishini aytgan edi.

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisi o‘rinbosarligiga tasdiqladi
5 fevral 2021, 11:29

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sud raisi o‘rinbosarligiga tasdiqladi

Senatorlar Xalilillo To‘raxo‘jayevni Oliy sudi raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tasdiqladi. U bunga qadar Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting