Iyun oyining o‘rtalarida Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilmoqda. Ikki davlat yetakchilari respublikalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qilishadi. Qolaversa, 25 dan ortiq kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiya Tatariston-O‘zbekiston biznes forumida ham qatnashadi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 892 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 331 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
“Bek baraka” bozorida savdo qiluvchilardan shu joyda ishlashi uchun har oyda 100 dollar miqdorida tovon puli talab qilib, shu yo‘l bilan savdo qiluvchilardan jami 9 mln so‘m miqdorda pul olganlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular savdo qiluvchilarga talab bajarilmagan taqdirda savdo rastasi faoliyatini cheklash bilan tahdid qilishgan.
Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.
Mikaela Meredit o‘tgan yili ochilgan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori bo‘ldi.
Jeneva aholisidan Rossiya-AQSh sammiti kuni uydan turib ishlash so‘ralgani, KXDR sobiq yetakchilarining siyosati partiya ustavidan olib tashlangani, Albaniya parlamentining mamlakat prezidentiga impichment e’lon qilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha «Turkish Airlines» aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi. Endilikda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni bo‘lishini rejalashtirilgan.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urildi. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining birinchi kuni yakunida, Tojikistonning yuksak mukofoti — I darajali «Zarrintoj» ordeni bilan mukofotlandi. Ordenni unga hamkasbi Emomali Rahmon topshirdi.
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, avtobuslar ishtirokidagi YTHlar statistikasi, Jasur Umirovning ozod etilishi, 15 mln so‘mga ruchka xarid qilinishi — “Gazeta.uz"ning 10 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
O‘zbekiston Xatlon viloyatida 250 o‘rinli zamonaviy shifoxona, Tojikiston esa Samarqand viloyatida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurib berdi. Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga tashrifi davomida hamkasbi Emomali Rahmon bilan ramziy tugmani bosib, ularning faoliyatiga start berdi.
Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mlik ikkita oltin ruchka xaridi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, vazirlikning kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan. «Xalqaro tadbirlarda qo‘llaniladigan ashyolar xalqaro nufuzga loyiq darajada bo‘lishi shart, deya hisoblanadi», deyiladi vazirlik xabarida. Bunga qadar, vazirlik vakili anglashilmovchilik bo‘lgani va vazirlik 15 mln so‘mga tilla ruchka olishday dabdabaga o‘ch emasligini aytgandi.
O‘zbekiston va Tojikiston Zarafshon daryosida ikkita GES qurish loyihasi bo‘yicha qo‘shma aksiyadorlik jamiyati tashkil etish to‘g‘risida, qolaversa, o‘zbek-tojik investitsiya kompaniyasi tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasida, tog‘-kon sanoatida hamkorlik to‘g‘risida jami 35 ta hujjatni imzoladi.
Xonanda Jasur Umirovga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi. U 2 fevral kuni voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani sabab 5 yilga qamalgan edi.
O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonning Botken va Leylek tumanlarida 400 va 300 o‘rinli maktablar quriladi. Ular 2021 yilda — yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Viloyat sudlari raislari uchun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu avtomobillari xarid qilindi. Avtomobillar narxi 10,1 mlrd so‘mga teng deya baholanmoqda. Oliy sudning izohlashicha, oldingi xizmat avtomobillarining «yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek ular ma’naviy va jismoniy jihatdan ham eskirgan».
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari kengaytirilgan tarkibda muzokaralarni davom ettirdi. «Istiqbolga mo‘ljallangan aniq rejalarimiz bor», — dedi Shavkat Mirziyoyev. O‘zbekiston tomoni avtomobillarini yig‘ishni tashkil etish, aviaqatnovni kengaytirish va avtobus yo‘nalishlarini tiklash, shuningdek, diplomatik munosabatlarning 30 yilligiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlarni o‘tkazish taklifini ilgari surdi.
Shavkat Mirziyoyev yerga bo‘lgan huquqni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etiladi. Yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 dan 3 gacha qisqartiriladi. Yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. «Gazeta.uz» ushbu farmon bo‘yicha barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.
2020 yilda 16 ta Osiyo fillari Xitoy janubidagi qo‘riqxonadan qochib ketgan edi. Kuni kecha uxlab yotgan hayvonlar Sian yaqinidagi o‘rmon qo‘nimida topildi.
Markaziy bank Boshqaruvining oraliq yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ma’lum qilinishicha, may oyida yillik inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etib, aprel (10,7 foiz) oyiga nisbatan biroz tezlashgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting