Arxiv

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi
11 dekabr 2020, 13:36

Andijon shahar Xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish holatlari aniqlandi

Andijon shahridagi xalq ta’limi bo‘limida 33,8 mlrd so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirilishganligi ma’lum bo‘ldi. Xodimlar tomonidan pullar bankdan ortiqcha olinib, markazlashgan buxgalteriya kassasiga kirim qilinmasdan o‘zlashtirib yuborilganligi aniqlandi.

Samarqandda so‘nggi ikki yilda 26 milliard so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan
11 dekabr 2020, 13:28

Samarqandda so‘nggi ikki yilda 26 milliard so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan

Samarqand viloyatida ikki yilda 26 mlrd so‘m byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlandi. Ushbu qilmishlar uchun 246 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan hamda 2 249 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilganligi ma’lum bo‘ldi.

Fransiya kompaniyasi bilan birgalikda 8 ta astrologistika markazi tashkil etiladi
11 dekabr 2020, 13:26

Fransiya kompaniyasi bilan birgalikda 8 ta astrologistika markazi tashkil etiladi

Fransiyaning Rungis Semmaris kompaniyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga mahsulotlarning ulgurji savdosi bo‘yicha O‘zbekistonda sakkizta yirik agrologik markazlar tarmog‘ini yaratish va boshqarishni yo‘lga qo‘yishda yordam beradi. Ular mamlakatning yirik shaharlari atrofida quriladi. Markazlar orasida eng ixchamining maydoni 10 gektarni tashkil qiladi.

Bir qator davlat xizmatlarida «propiskaga qaramlik» bekor qilinishi mumkin
11 dekabr 2020, 12:55

Bir qator davlat xizmatlarida «propiskaga qaramlik» bekor qilinishi mumkin

Nikohdan o‘tish, xorijga chiqish pasportini olish, transport vositasini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish va boshqalarda «propiska qaramligi»ni bekor qilish taklif etilmoqda.

Time jurnali «2020 yil odami»ni e’lon qildi
11 dekabr 2020, 12:23

Time jurnali «2020 yil odami»ni e’lon qildi

Time jurnali AQSHning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden va bo‘lajak vitse-prezident Kamala Xarrisni yil odami deb e’lon qildi.

««Snos»ga qarshi moratoriy eng to‘g‘ri yo‘l» — Rasul Kusherbayev
11 dekabr 2020, 11:48

««Snos»ga qarshi moratoriy eng to‘g‘ri yo‘l» — Rasul Kusherbayev

Deputat Rasul Kusherbayev «snos"larga qarshi moratoriy e’lon qilish taklifi bilan chiqdi. Uning aytishicha, asossiz va ruhsatsiz «snos"larga yo‘l qo‘yish bu zulm bilan barobardir.

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi
11 dekabr 2020, 11:27

«O‘zeltexsanoat» «Foton»ning davlat aksiyalari paketini Rossiya investorlariga taklif qildi

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Mansur Hoshimov rossiyalik investorlarga «Foton»ning 85,15 foiz aksiyalar paketini taklif qildi. Shuningdek, u O‘zbekistonda elektronika va elektrotexnika sohasida rivojlanish strategiyasini birgalikda ishlab chiqish, telekom-uskunalar, maishiy va sanoat robotlarini yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish taklifini ilgari surdi.

Rossiyaning taqiqlari JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatmoqda — deputat
10 dekabr 2020, 23:38

Rossiyaning taqiqlari JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatmoqda — deputat

«Yuksalish» UMH raisi, deputat Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan qo‘yilgan taqiqlar JSTga a’zolikni tezlashtirish lozimligini eslatayotganini ta’kidladi. «Bunday harakatlar tashqi bozorlarimizni diversifikatsiyalashga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini yana bir bor eslatmoqda», — dedi quyi palata deputati.

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi
10 dekabr 2020, 22:50

Prezident Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammitida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklida o‘tadigan sammitida qatnashadi. O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berilishi kutilmoqda.

Navoiyda hokimni sudga bergan fermerning jasadi ariqdan topildi
10 dekabr 2020, 22:25 1

Navoiyda hokimni sudga bergan fermerning jasadi ariqdan topildi

Navoiy viloyati Xatirchi tumanida fermer hokim qarori ustidan sudga murojaat qilgach, o‘zi yashovchi hududdagi ariqdan jasadi topilgan. Uning yaqinlari bu ishda tuman hokimining qo‘li borligini aytmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

1 yanvardan jamoat transportida to‘lov uslubini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda
10 dekabr 2020, 17:49

1 yanvardan jamoat transportida to‘lov uslubini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda

1 yanvardan boshlab, Toshkent shahar jamoat transportlaridan foydalanishda naqd pul orqali to‘lov qilish tizimi o‘rniga, yagona transport kartasi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari qog‘oz shaklidagi oylik yo‘l chiptalari ham bekor qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi videoanjumanda uchrashadi
10 dekabr 2020, 17:48

Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi videoanjumanda uchrashadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Unda turli sohalarda o‘zaro hamkorlik masalalari, qolaversa, jahon va Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashish kutilmoqda. Ikki davlat yetakchilari koronavirusga qarshi kurashishga ham ham e’tibor qaratishadi.

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi
10 dekabr 2020, 17:34

OTB rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotining o‘sish prognozini yaxshiladi

Osiyo taraqqiyot banki bu yil mintaqadagi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun iqtisodiy o‘sish prognozlarini -0,7% dan -0,4% gacha yaxshiladi. Markaziy Osiyo YAIMining prognozi 2020 yilda 2,1% darajasida saqlanib qolinadi.

Sudya lavozimiga nomzodlar psixologik testdan o‘tkaziladi
10 dekabr 2020, 17:24

Sudya lavozimiga nomzodlar psixologik testdan o‘tkaziladi

Sudya lavozimiga nomzodlar endilikda psixologik testlardan o‘tishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari ichkilik va korrupsiyaga moyilligi ham tekshirilishi ko‘zda tutilgan.

DEPO Mall — tubdan farq qiladigan savdo markazi
10 dekabr 2020, 17:00

DEPO Mall — tubdan farq qiladigan savdo markazi

The Tower Mall Management Group pandemiya paytida ham ishlashga qodir bo‘lgan savdo markazini o‘ylab topdi va DEPO Mall loyihasini ishlab chiqdi. DEPO Mall bu ko‘cha chakana savdosi uchun juda qulay savdo markazi bo‘lib, savdo do‘konlarining barchasi ochiq maydonda, lekin bir xil sayr joylari bilan birga yaratilgan. DEPO Mall xozirdanoq sizga binolarni ijaraga olish yoki sotib olish imkonini beradi.

Bolalar vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil ajratildi
10 dekabr 2020, 16:32

Bolalar vaqtida emlanganini monitoring qilish uchun 16 ta avtomobil ajratildi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga 16 ta zamonaviy avtomobil topshirildi. Ulardan butun mamlakat bo‘ylab bolalarning vaqtida emlangani monitoringini yuritish sifatini yanada yaxshilash uchun foydalaniladi.

Reper Morgenshtern Mercedes-Benz`ni yangi egasiga topshirish uchun Toshkentga keldi
10 dekabr 2020, 15:38

Reper Morgenshtern Mercedes-Benz`ni yangi egasiga topshirish uchun Toshkentga keldi

Reper Morgenshtern “Merin” nomli Mercedes-Benz mashinasini yangi egasiga topshirish maqsadida Toshkentga keldi. Instagramdagi tanlovda uning avtomobilini buxorolik Azim Abdullayev yutib olgan edi. Hozircha ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan masala — bojxona to‘lovi qanchaga tushgani ma’lum emas.

Turizm sohasiga berilgan imtiyozlar 2021-yil oxiriga qadar uzaytiriladi
10 dekabr 2020, 14:28

Turizm sohasiga berilgan imtiyozlar 2021-yil oxiriga qadar uzaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev pandemiya sababli turizm sohasi uchun 2020-yil oxirigacha berilgan imtiyoz va preferensiyalarni 2021-yil oxiriga qadar uzaytirish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, aholining bor-yo‘g‘i 19 foizi jismoniy tarbiya va sport bilan qamrab olingani aytildi. Cport infratuzilmasini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinalarining uchinchi bosqich sinovlari boshlandi
10 dekabr 2020, 14:05

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi Xitoy vaksinalarining uchinchi bosqich sinovlari boshlandi

Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariyatining 20 ta ko‘ngilli oila a’zolari Xitoydan olib kelingan rekombinant vaksina bilan birinchi dozada emlangan.

Andijonda ko‘p qavatli xonadonda gaz portlashi natijasida 3 kishi jabr ko‘rdi
10 dekabr 2020, 13:37

Andijonda ko‘p qavatli xonadonda gaz portlashi natijasida 3 kishi jabr ko‘rdi

Andijondagi ko‘p qavatli uylarning birida gaz portlashi oqibatida 30 kv. metr maydon yonib zararlangan. Xonadondagi uch kishi turli darajadagi kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting