Elektron auksion savdolariga radarlar va kameralar o‘rnatish uchun yerlar joylashtirila boshlandi. Joylashtirilgan ilk lotdagi yer Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida joylashgan bo‘lib, u yerda 4 ta videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.
Jahon bankining prognoziga ko‘ra, 2021 yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi 4,8 foizni tashkil etadi. Markaziy Osiyo mintaqasida esa iqtisodiy o‘sishning 3,7 foizgacha tiklanishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy bog‘ hududida quriladigan kutubxona loyihasi bilan tanishdi. Kutubxona 3 qavatli bo‘lib, unda san’at va axborot texnologiyalari, tarix, filologiya va din hamda ijtimoiy fanlarga oid adabiyotlar jamlanadi. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘tkazgan taqdimotga ko‘ra, ushbu kutubxona prezident kutubxonasi maqomida ega bo‘ladi. Shuningdek, davlat rahbari Urganchda o‘rnatiladigan al-Xorazmiy haykali va Toshkentda o‘rnatiladigan Botir Zokirov haykali eskizlari bilan tanishdi.
Samarqandning ayrim mahallalari va Navoiy viloyatining Navbahor tumanida suv vaqtinchalik jadval asosida beriladi. Bu ichimlik suvi, yer osti suvlari zaxiralari kamaygani hamda suv iste’moli hajmining oshgani bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 ming 362 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 316 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Toshkentda reklama bannerlarini demontaj qilish ishlari odamlar xavfsizligini ta’minlash talablarini buzgan holda davom etmoqda. G‘afur G‘ulom bog‘i yonidan o‘tayotgan Spark avtomobili ustiga reklama banneri tushib ketdi. S1 da esa konstruksiya piyodalar o‘tish joyiga tashlab yuborildi.
Prezident farmoni bilan hokimliklarning yerni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish vakolati bekor qilindi. Shuningdek, ayni bir hujjat bilan yoki bir vaqtning o‘zida yerni olib qo‘yish, zaxiraga olish, boshqa shaxsga ajratish taqiqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida Dushanbedagi qator tadbirlarda ishtirok etadi, jamoatchilik vakillari bilan uchrashadi va So‘g‘d viloyatiga tashrif buyuradi. 30 dan ortiq hujjatlarni imzolash rejalashtirilmoqda.
Prezident Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Hujjat Konvensiyaning 12-moddasiga qo‘shimcha shart bilan ratifikatsiya qilindi. Mazkur qo‘shimcha shart davlat mental nogironligi bo‘lgan kishilarga huquq layoqatini berishga tayyor emasligini, mazkur modda ijrosiga o‘tish birmuncha vaqt olishini anglatadi.
Andijonda «GAZ-5327» yuk mashinasini mast holda boshqargan haydovchi Matiz va Spark bilan to‘qnashuv sodir etdi. Besh kishi, jumladan bir voyaga yetmagan bola jarohatlandi.
Hukumat davlat xaridlarida ishtiroki taqiqlangan 529 turdagi tovar ro‘yxatidan o‘simlik yog‘ini chiqardi. 2020 yilda O‘zbekistonda 450 ming tonna o‘simlik yog‘i sotilgan bo‘lsa, ularning yarmidan ko‘pi import qilingan.
Marmara dengizining shilimshiq modda bilan qoplangani, Pokistonning o‘z harbiy bazalarini AQShga berishdan bosh tortgani, Belarusda 470 dan ortiq kishining siyosiy ayblov bo‘yicha hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Navoiydagi ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in chiqishi, Effect.uz jurnalistlari Andijonda kaltaklanishi, Everestga chiqqan o‘zbekistonlikka prezident sovg‘asi topshirilishi, 15 iyundan umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul boshlanishi va “Gazeta.uz"da chiqqan maqolalar — “Gazeta.uz"ning 8 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev go‘shtning qimmatlashishi fonida narxlarni barqarorlashtirish tadbirkorlarni arzon narxda sotishga majbur qilishni anglatmasligini aytdi. Prezident bozorda taklif ortishi uchun sharoit yaratish zarurligini ta’kidladi. Shundan kelib chiqib, parrandachilik korxonalarining foyda, mol-mulk, yer va suv soliqlari 50 foizga kamaytiriladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshida Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi. Uning vazifalari samarali targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va internetdan foydalanish madaniyatini oshirishdan iborat.
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari may oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan bo‘lib, 1 iyun holatiga ko‘ra 35,5 mlrd dollardan ortiqni tashkil qilmoqda.
Dollarning rasmiy kursi 22,84 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 554,96 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham biroz ko‘tarilgan.
Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida tanasi 100% kuyib ketgani aytilgan shaxs tirik bo‘lib chiqdi. U aslida qarzini to‘lamaslik uchun o‘zini o‘ldiga chiqarib qo‘rsatish rejasini tuzib, Toshkent shahrida istiqomat qiladigan boshqa fuqaroni o‘ldirganligi ma’lum bo‘ldi.
«Parrandasanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Bahodir Isayev endi tashkilotga rahbarlik qiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev seshanba kungi videoselektorda ma’lum qilgan. Unga shuningdek, Veterinariya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajarish ham yuklatildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting