Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining shaharlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 3 mlrd yevrolik dasturiga kirgan O‘zbekistonning birinchi shahri bo‘ldi. Shaharga elektrobuslar sotib olinib, ekologiyani yaxshilash bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi.
Dollarning rasmiy kursi 8 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 547 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl kursi ham ko‘tarildi, yevro esa arzonladi.
1 iyuldan jismoniy shaxslarga STIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti bekor qilinadi. Davlat organ va tashkilotlari STIRni soliq organidan mustaqil ravishda so‘rab oladi.
Chekishdan voz kechish qiyin bo‘lishi mumkin. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti chekishni tashlashning 100 dan ortiq sabablarini keltirdi.
BMT 2021−2030 yillarga mo‘ljallangan Ekotizimni tiklash o‘nyilligi boshlanganligini e’lon qildi. Favqulodda tiklash talab qilinadigan ekotizimlarga o‘rmonlar, tog‘lar, chuchuk suv havzalari, okeanlar va boshqalar kiradi, deya xabar berdi BMT.
Hafta davomida O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8−9 iyun kunlarida shamolli ob-havo saqlanib turadi, respublika bo‘yicha shamol 17−22 m/s gacha, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan kuchayishi mumkin.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov UzAuto Motors masalasida: «Muammo avtomobil qimmatligida emas, balki odamlar kam pul ishlab topishida», — deya ta’kidladi. Uning fikricha, «odamlar halol ishlab topgan pullariga sifatli avtomobil sotib olishga haqli». Biroq, deputat hozircha bojxona boji bekor qilinishi tarafdori emas. «Biz o‘zimizni odamlarni avtomobil sanoatini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilayapmiz», — dedi u.
Yadro infratuzilmasini nazorat qilish bo‘yicha XAEA missiyasining xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilish loyihasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatlarga erishgan, ammo shunday bo‘lsa-da, yadro xavfsizligi bo‘yicha yana bir qator xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi kerak.
Milliy tiklanish partiyasi rahbari Alisher Qodirov turli mavzularda qilgan munosabatlari «mutlaqo boshqacha talqin qilinishi»ni ta’kidladi. Deputatning fikriga ko‘ra, «o‘zbek segmenti bilan rus segmentiga qaraganda dialog qilish osonroq». «Men rusiyzabon auditoriya bilan oxirigacha kelisha olmayapman. Menda dialog o‘xshamayapti. Men buning ustida ishlamoqdaman», — deydi u.
Qo‘l jangi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida sakkizta medalni qo‘lga kiritdi.
Prezidnet shu hafta chorvachilikni rivojlantirish hamda ozuqa bazasini ko‘paytirish masalalari bo‘yicha videselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. Davlat rahbari 10−11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
Pokistonning Gotki shahrida poyezdlardan biri relsdan chiqib ketib, ikkinchi yo‘lovchi poyezdiga urildi. 36 nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bir necha odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.
Kecha O‘zbekistonning 13 ta hududida 242 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 147 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Coca-cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd MCHJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish to‘g‘risidagi e’longa muvofiq, sotish jarayonining uchinchi bosqichi yakunlandi. Bugungi kunda, talabgorlardan Kompaniyani sotib olish bo‘yicha qat’iy narx takliflari va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga qo‘shimcha taklif hamda izohlari olindi.
O‘zbekiston va Tojikiston huqumat vakillari Toshkent, Samarqand, Termiz, Dushanbe, Xo‘jand, Penjikent va boshqa shaharlar o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Tabiat hodisalari va hayvonot dunyosi suratlari ishtirok etadigan «Nature Photographer of the Year 2021» foto-tanlovining natijalari e’lon qilindi. Bu yilgi tanlovda optik illyuziyadagi orangutan surati g‘olib bo‘ldi.
Toshkentning ayrim hududlarida bir necha kundan buyon elektr energiyasi va suv yo‘qligi haqida ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar bildirilmoqda. Ulardan eng qiziqarlilarini «Gazeta.uz» yig‘ib chiqdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahri aeroportidada video lavhalar tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha, parvoz Rossiyaning “Royal Flight” aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Yo‘lovchilar bortga chiqarilgandan so‘ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga havo haroratining 44°dan yuqori bo‘lishi sabab bo‘lgan.
Amerika kubogi musobaqasining mezboni aniq bo‘lishi, o‘zbekistonlik bokschilarning Osiyo chempionatidagi g‘alabasi, O‘zbekiston futzal terma jamoasning Jahon chempionatidagi raqiblari, O‘FAning navbatdan tashqari kongressi — “Gazeta.uz” ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting