Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Sherzod Asadov prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — prezident matbuot kotibi etib tayinlandi.
Samarqandda deyarli 1700 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Bu viloyatdagi eng yirik maktab hisoblanadi. Maktabda 60 ta o‘quv xonasi, ikkita sport zali, shuningdek, futbol, voleybol maydonlari va tennis korti mavjud.
Buxoro va Jizzax neft bazalarida moliyaviy intizom buzilganligi — kamomad va xodimlarga asossiz to‘lovlar, shuningdek, debitorlik qarzlari (33 mlrd va 35 mlrd so‘mdan ortiq) aniqlandi.
Dollarning rasmi kursi 11,48 so‘mga ko‘tarildi va jami 10 507,68 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari esa biroz pasaydi.
Yangihayot tumanida 8 oylik chaqalog‘ini 10 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi.
Chirchiq shahrida yashovchi fuqaro Facebook saytida O‘zbekiston prezidentining soxta akkauntini ro‘yxatdan o‘tkazib, o‘zini prezident Administratsiyasi rahbari deb tanishtirgan. Shu bilan birga, odamlarga muammolarini ma’lum miqdordagi pul evaziga hal qilishda yordamni taklif qilgan.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Energetika vazirligining tadbirkorlarning elektr tarmog‘iga ulanishi uchun bir martalik 14,7 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovni joriy etish to‘g‘risidagi hujjat loyihasini kelishilmaganini ma’lum qildi. Loyihaning dastlabki versiyasida to‘lovlar kamroq miqdorda bo‘lgan, qolaversa, unda maishiy iste’molchilarning ham to‘lov qilishi nazar tutilgan edi.
Navro‘z kuni yarim-yalang‘och holda sumalak pishirgan olti ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Ulardan uch nafari 15 sutkaga qamaldi.
UzAuto Motors yangilangan Chevrolet Equinox va Chevrolet Tracker modellarini sotuvga chiqarishni boshladi.
Navoiy viloyatida ayol 3 nafar qiz farzandini temir yo‘l iziga olib chiqqan. Poyezd urilishi natijasida ayol olgan tan jarohatidan vafot etdi, 2016 yilda tug‘ilgan farzandi shifoxonada davolanmoqda.
Prezident «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini moliyalashtirish hajmini oshirish niyatida. Jumladan, qariyb 3 ming km ichki yo‘llarni ta’mirlash, 60 foiz mahallalarda elektr ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin koronavirusga qarshi emlandi. Davlat rahbarining aynan qaysi vaksina bilan emlangani ma’lum emas va vaksinatsiya jarayoni kameralar ostida tashkil etilmadi.
O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash tadbirlari 1 apreldan boshlanadi. Olib kelingan vaksina (AstraZeneca) bilan 330 ming aholini ikki marotaba emlash ko‘zda tutilgan.
Bosh prokuratura Xotin-qizlar va bolalar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga oid prezident qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda qasddan odam o‘ldirganlik uchun javobgarlikka tortish yoshini 13 yoshdan 14 yoshgacha uzaytirish taklif etilyapti. Bundan tashqari, Jinoyat kodeksiga samosud jinoyatiga oid normani kiritish, 128-, 129-moddalari sanksiyalarini oshirish maqsad qilingan.
Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazi tashkil etilishi mumkin. Bu borada prezidentning qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Hujjat bilan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan va shunga moyilligi bor shaxslarga ko‘maklashish tizimini qayta tashkil etish maqsad qilingan.
Prezident Xorazm viloyatida amalga oshirilishi reja qilingan 1,3 mlrd dollarlik 812 ta investitsiya loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko‘rsatish, 262 tasi qishloq xo‘jaligiga oid. Ularni hayotga tadbiq etish natijasida 23 mingdan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Respublika maxsus komissiyasi 1-apreldan ommaviy tadbirlar o‘tkazishga ayrim cheklovlarni o‘rnatmoqda. To‘y va oilaviy marosimlarni 100 kishidan ko‘p bo‘lmagan holda o‘tkazish belgilanmoqda. Bundan tashqari, teatr, kino, va konsert dasturlarini tashkil etishda bir qancha cheklovlar ham qo‘yilmoqda.
Avstraliyada toshqinlar oqibatida 18 kishining evakuatsiya qilingani, Janubiy Koreya prezidentining AstraZeneca vaksinasi bilan emlangani, Myanmada to‘qnashuvlar natijasida 164 nafar namoyishchining halok bo‘lgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari etib Shuxrat Xolmuhammedov tayinlandi. Unga prezident farmoni bilan general-mayor harbiy unvoni berildi. Bundan tashqari, Qurolli Kuchlari akademiyasiga boshliq ham tayinlandi.
1 iyundan 18 turdagi ma’lumot va hujjatning aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi. Shuningdek, 7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishni yashash joyidan boshqa hududlarda ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting