AQSHdan O‘zbekistonga 200 ta o‘pka sun’iy shamollatish moslamasi yuborildi. Ular Donald Tramp ma’muriyati tomonidan e’lon qilingan insonparvarlik yordamining bir qismi sifatida taqdim qilinmoqda.
Samarqandda eri tomonidan shafqatsiz kaltaklangan ayol va uning ikki nafar farzandi Samarqand shahri IIO FMB tomonidan himoyaga olingan. Ayolini kaltaklagan erga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayolga «himoya orderi» berilgan.
O‘zbekistonda 119 ta yangi koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etildi. Hozirda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3803 kishini tashkil etib, ularning 249 nafari og‘ir ahvolda, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.
Bavariya Chempionlar ligasining finalida PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqa g‘olibiga aylandi. Myunxenliklar ushbu kubokni oltinchi marotaba qo‘lga kiritdi.
Yakshanba kuni O‘zbekistonda 414 ta koronavirus holati aniqlanib, umumiy ko‘rsatkich 39 mingtaga yaqinlashdi.
Koronavirus infeksiyasi keltirib chiqargan pnevmoniyadan so‘ng nafas mashqlari bemorning samarali tiklanishiga yordam beradi. Ftiziatr Nadejda Shklovets kasallik paytida va undan keyin nafas mashqlarini qanday bajarish kerakligi haqida gapirib berdi.
22 avgust kuni O‘zbekistonda 458 ta koronavirus holati aniqlandi va umumiy ko‘rsatkich 38,5 mingdan oshdi.
Oshayotgan nafaqalar, propiska bo‘yicha yangi tartiblar, jonli ijrodagi konsertlar uchun chegirmalar, undirilishi umidsiz soliqlarni hisobdan chiqarish tartiblari va boshqalar — 1 sentyabrdan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar.
Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov olamdan o‘tdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlanib, u Toshkentda davolanayotgan edi.
Toshkentning Yakkasaroy tumanida mast holatdagi Lacetti haydovchisi ko‘cha chirog‘i ustuniga borib urildi. 19 yoshli yo‘lovchi olamdan o‘tdi, yana ikki yosh yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
Germaniyalik tibbiyot mutaxassislari guruhi koronavirusga qarshi kurashishda yordamlashish uchun O‘zbekistonga keldi. Ular mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilib, o‘z tavsiyalarini beradidar.
Zira.uz ertalablari nonushta tayyorlashga vaqti yetmaydigan pazandalar uchun kechqurun tayyorlab qo‘ysa bo‘ladigan 7 ta nonushta retseptini taqdim etadi.
21 avgust kuni O‘zbekistonda 381 ta koronavirus holati ro‘yxatga olinib, 8 iyuldan beri eng past ko‘rsatkich qayd etildi. Jami holatlar soni 38 mingdan oshdi.
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi qonun loyihasida (yangi tahriri) asosiy tushunchalarga izoh berilgan, shuningdek, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari o‘zgartirilgan va rad etish uchun asoslar ko‘rsatib berilgan.
«Ha, men o‘sha odamman, oldim pulni». Qashqadaryoda mansabdor shaxslar, asosan MFY xodimlari «temir daftar» ro‘yxatida bo‘lgan ehtiyojmandlar o‘rniga o‘zlarining yoki qarindoshlarining telefon raqamlarini kiritgani aniqlandi. Hokim Zoyir Mirzayev bu holatni «katta xiyonat, katta jinoyat» deb atadi. Viloyat prokuraturasi tekshiruv o‘tkazmoqda.
Dehqonobod kaliy zavodi atrof-muhitga keltirgan zarari uchun qo‘shimcha 855,5 mln so‘m miqdorida kompensatsiya to‘laydigan bo‘ldi.
Poytaxtda elektr energiyasini hisobga olish tizimi ma’lumotlarini qayta ishlash markazi ochildi. Uning vazifasi — ko‘p tarifli abonentlar hisobini yuritish, qarzdor iste’molchilarni tarmoqdan avtomat ravishda uzish va ularni takror ulash kabilardan iborat.
Dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq oqim kirishi kuchayishi oqibatida ob-havo kam bulutli bo‘ladi. Yakshanba kuni harorat ko‘tarilib, kunduzi 37−39 darajagacha yetadi.
Afg‘onistonning Balx provinsiyasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» tarkibiga kiruvchi «So‘g‘diyona trans» sho‘’ba korxonasi vakillariga qurolli hujum uyushtirildi. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston hududidagi o‘zbek kompaniyalari xodimlari himoyasini kuchaytirishni so‘radi.
Ikki yil oldin Apple kompaniyasining bozor qiymati 1 trln dollarga yetgan edi. Hozirda uning kapitalizatsiyasi 2 trln dollardan oshgan bo‘lib, u ushbu natijaga erishgan AQSHdagi birinchi, dunyo tarixidagi ikkinchi kompaniyaga aylandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting