Dollarning rasmiy kursi 9 so‘mga arzonladi va jami 10 530 so‘m etib belgilandi. Yevro ham biroz pasaydi, rubl kursi esa qimmatladi.
Tashqi ishlar vazirligi Rossiyadagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarni Rossiya Federatsiyasi hududiga to‘sqinliklarsiz kirish huquqiga ega fuqarolar tasnifiga kirmasligi haqida ogohlantirdi va o‘qishga qaytish uchun turli soxta hujjatlar tayyorlayotgan shaxslarga murojaat qilmaslikka chaqirdi.
Sardor Umurzakov Islom taraqqiyot banki guruhi boshqaruvchilari kengashi — bankning oliy boshqaruv organining raisi etib saylandi.
«Gazlineftqazibchiqarish» boshqarmasi kapital qurilish va ta’mirlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Anvar Rajabov Buxoro tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Hindistonda muzlik ko‘chishi natijasida 14 kishining halok bo‘lgani tasdiqlandi, 170 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Toshkent shahrida 46 sonli yo‘nalishdagi MAN va 134 sonli yo‘nalishdagi Isuzu avtobuslari to‘qnashdi. Bir nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati oldi.
Andijon viloyati katta tergovchisi va vaqtincha aqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming AQSH dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi. Andijon viloyati IIB katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar olayotganda hibsga olingan. Ular suddagi tanishlari orqali shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun va bojxona qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan shaxsga nisbatan jazoni yengillashtirishni va’da bergan.
Nukusda Granit Montaj Stroy qurilish kompaniyasi Nukus city hududida asfalt yotqizish hamda suv tarmoqlarini ta’mirlashga ajratilgan 246,1 mln so‘mni talon-toroj qildi. Kompaniya ishlarni to‘liq bajarmasdan, hisob-fakturalarga soxta ma’lumotlarni kiritgan.
Buxorodagi markaziy bozor ma’muriyati vakillari «Bukhara News» nashri so‘rovnomasini videoga olayotgan xodimlarning ishiga to‘sqinlik qildi. Jurnalistning mikrofoni va telefoni olib qo‘yilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha AOKA tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va viloyat hokimligiga so‘rov yuborildi.
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Bag‘dod tumani hokimi boshqa lavozimga o‘tishi munosabati bilan o‘z vazifasidan ozod etildi.
Andijon viloyatida bank filialining bosh mutaxassisi o‘tgan yilning dekabr oyidan, shu yilning yanvar oyigacha bankomatlardan 345,5 mln so‘mni o‘zlashtirib oldi. Bundan tashqari, fuqaro o‘z ixtiyorida bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatida «MAN» yuk mashinasi svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan paytda, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib harakatlangan. Oqibatda 83 yoshli piyoda mashina tagida qolib, vafot etdi.
Yashnobod tumanida «YeQUINOX AT», «Kamaz» ga urilib, zarb natijasida yo‘l chetida turgan «Nexia» bilan to‘qnashuv sodir etdi. Bundan tashqari, «Kamaz» boshqaruvni yo‘qotib TMA-1 binosiga urilgan. YTHning barcha ishtirokchilari shifoxonaga yotqizildi.
Farg‘ona shahar hokimi, prokurori, ichki ishlar boshqarmasi va soliq inspeksiyasi rahbarlari prezidentning shahar mahallalaridan biriga rejasiz tashrifidan so‘ng o‘z vazifalaridan ozod etildi.
Halimjon Umarov Quva tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bundan avval viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.
UzAuto Motors Equinox hozirgi avlodi sotuvi to‘xtatilishini e’lon qildi. Shartnoma asosida rasmiylashtirgan xaridorlarga mashinalar yetkaziladi.
Buxoro shahrida portlagan uyning 7−8 qavatli etib qurilishi uchun tasdiqlangan konsepsiya loyihasi buzilib, o‘zboshimchalik bilan qavatlar soni oshirilganligi ma’lum bo‘ldi. Shaharsozlik hujjatlarini to‘liq rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini olib borayotganligi uchun inspeksiya xodimlari tomonidan ogohlantirish ham berilganligi aytilmoqda.
Zira.uz nonushta uchun tvorogdan tayyorlangan 7 ta mazali va foydali retseptlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Prezident qarori bilan adliya vaziriga o‘rinbosar etib Alisher Karimov tayinlandi. U bunga qadar vazirlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
AQSHning mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini oshirgani, YeOIIda Qozog‘iston tajribasi asosida ta’lim sohasida yagona portal yaratilishi, Germaniyada konslagerning 95 yoshli sobiq kotibasiga ayblov hukmi chiqarilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting