Arxiv

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada Bayden va Poroshenkoga qarshi ikkita jinoiy ish ochilgani, Italiyada mafiyadan 124 mln yevrolik mol-mulkning musodara qilingani, Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Prezident tumanlarga korrupsiya bo‘yicha «tashxis qo‘yishni» buyurdi
27 yanvar 2021, 20:13

Prezident tumanlarga korrupsiya bo‘yicha «tashxis qo‘yishni» buyurdi

Shavkat Mirziyoyev bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga tumanlar bo‘ylab korrupsiya sabablarini o‘rganishni buyurdi. «Suvga, svetga shuncha qarz olindi. Hamma joyda o‘g‘irlik. Maktab, kollejlar qurilishida ham. Hamma joyda korrupsiya», — ta’kidladi davlat rahbari.

«Keraksiz majlis o‘tkazadiganlar ishdan haydaladi» — prezident
27 yanvar 2021, 19:29

«Keraksiz majlis o‘tkazadiganlar ishdan haydaladi» — prezident

«Keraksiz majlislarni o‘tkazishni tugatish kerak» — dedi prezident videoselektor yig‘ilishida. Davlat rahbari 40 daqiqadan ko‘proq yig‘ilish o‘tkazadigan davlat organlari rahbarlari ishdan ketishini aytdi.

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident
27 yanvar 2021, 19:09

Yoshlar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 18 million kishidan ortiq bo‘lgan 18−30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz yoki 844 ming nafarni tashkil etishini ma’lum qildi. Yoshlar muammolarini hal etish uchun hududlarda sektor rahbarlari mas’ul bo‘ladi. 2021 yilda 500 ming nafar yoshlar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitiladi.

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?
27 yanvar 2021, 19:05

1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

Oshayotgan ish haqi va aksiz soliqlari, qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvining to‘xtatilayotgani va boshqalar — 1 fevraldan O‘zbekiston qonunchiligida qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Deputat saylovlar oktyabr oyiga ko‘chirilishining sabablari haqida
27 yanvar 2021, 18:08

Deputat saylovlar oktyabr oyiga ko‘chirilishining sabablari haqida

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Akshagul Tulegenovaning ma’lum qilishicha, saylovlarning dekabrda o‘tkazilishi saylovlardan keyingi siyosiy tadbirlar yangi yilning birinchi choragi oxiriga qadar cho‘zilishiga olib kelib, natijada Davlat dasturini qabul qilish va boshqa islohotlar kechiktirilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Prezident o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin bo‘ladi
27 yanvar 2021, 17:45

Prezident o‘z ixtiyoriga ko‘ra mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etishi mumkin bo‘ladi

26 yanvar kuni imzolangan farmon bilan prezidentga o‘z tashabbusi bilan istalgan mahkumni yoki jazoni o‘tab bo‘lgan shaxsni afv etish huquqi berildi. Bunda afv etilayotgan shaxsning iltimosnomasi bo‘lishi talab etilmaydi.

O‘zbekistonda tizimli majburiy va bolalar mehnati yo‘q — Tanzila Narbayeva
27 yanvar 2021, 17:35

O‘zbekistonda tizimli majburiy va bolalar mehnati yo‘q — Tanzila Narbayeva

Xalqaro mehnat tashkilotining 2020 yilgi «Uchinchi tomon monitoringi» natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekistonda o‘tgan yili tizimli majburiy va bolalar mehnati qayd etilmagani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, hisobot davomida 46 ta majburiy mehnat holati aniqlangani, 42 nafar mansabdor javobgarlikka tortilgani aytildi.

Samarqandda «Spark» yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi
27 yanvar 2021, 17:04

Samarqandda «Spark» yo‘l chetida turgan ayolni urib yubordi

Samarqand viloyatida «Spark» va «Nexia-3» to‘qnashuv zarbidan yo‘lning chetida turgan piyoda urib yuborildi. Fuqaro tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
27 yanvar 2021, 16:35

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qarshida fuqaroni pul evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs 4500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi
27 yanvar 2021, 16:01

Toshkentda fuqarolardan 600 dan ortiq sovuq qurollar topildi

Toshkent shahrida o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida jamoat joylarida fuqarolardan 567 ta pichok, bir qancha bolta, kastet va bitalar topildi. Sovuq qurollar o‘quv dargohlaridagi o‘smirlarda borligi ham aniqlandi.

AQSH Senati yangi davlat kotibini tasdiqladi
27 yanvar 2021, 15:34

AQSH Senati yangi davlat kotibini tasdiqladi

AQSH davlat kotibi lavozimiga Senat 58 yoshli Entoni Blinken nomzodini tasdiqladi. Uning nomzodini Senatning 78 nafar a’zosi tasdiqladi

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan
27 yanvar 2021, 13:58

2020 yilda aholi 11,5 million marta «tez yordam» chaqirgan

2020 yilda «tez yordam» xizmatlariga 11,5 milliondan ko‘proq murojaat kelib tushgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 million marotaba ko‘proq. Eng ko‘p chaqiriqlar Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahrida kuzatilgan.

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi
27 yanvar 2021, 13:49

30 iyul — «Xalqlar do‘stligi kuni» etib belgilanadi

Qonunchilik palatasi 30 iyulni Xalqlar do‘stligi kuni sifatida belgilaydigan qonunni qabul qildi. 2011 yilda BMT ushbu canani Xalqaro do‘stlik kuni deb e’lon qilgan.

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
27 yanvar 2021, 13:18

Shavkat Mirziyoyev yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev chorshanba kuni yoshlar masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi. Yig‘ilishda ilk bor rasmiy statistikada hisobga olinmagan yoshlar orasidagi ishsizlik ko‘rsatkichlari e’lon qilinishi kutilmoqda.

Tilni mensimaslik uchun jarima oshirilishi kutilmoqda
27 yanvar 2021, 12:47

Tilni mensimaslik uchun jarima oshirilishi kutilmoqda

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish haqidagi moddaga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Unga ko‘ra, ta’limda tilni erkin tanlash huquqlarini buzish, davlat tilini mensimaslik uchun jarima miqdori oshiriladi.

Avtofura haydovchilaridan chegarada pul undirib kelgan jinoiy guruh ushlandi
27 yanvar 2021, 12:18

Avtofura haydovchilaridan chegarada pul undirib kelgan jinoiy guruh ushlandi

DXX, Antikorrupsiya agentligi va DBQ tomonidan Toshkent viloyatidagi «Yallama» postida bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish evaziga pul undirib kelgan guruh qo‘lga olindi.

Marhum olim Andrey Kubatin va uning oilasiga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha sud boshlandi
27 yanvar 2021, 11:41

Marhum olim Andrey Kubatin va uning oilasiga yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha sud boshlandi

25 yanvar kuni marhum olim Andrey Kubatinning nohaq qamalgani va uning oila a’zolariga yetkazilgan ma’naviy zararni qoplash yuzasidan Uchtepa tumanlararo sudida sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Ma’naviy zarar undirish bo‘yicha da’voni marhumning opasi Klara Saxarova kiritgan. Javobgar sifatida Toshkent shahar Moliya boshqarmasi sudga jalb etilgan va yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,5 mlrd so‘m mablag‘ undirish so‘ralgan.

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
27 yanvar 2021, 11:33

YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan haydovchiga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Qashqadaryoda haydovchi hujjatlari yo‘qligi sababli YPX xodimlariga qarshilik ko‘rsatib, o‘zaro janjalni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, mashina davlat raqamisiz bo‘lgani ma’lum qilingan. Fuqaroga nisbatan 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

YPX xodimlari piyoda xizmat olib borishdan voz kechadi
27 yanvar 2021, 11:24

YPX xodimlari piyoda xizmat olib borishdan voz kechadi

YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechishi rejalashtirilmoqda. Qoidabuzarliklarni faqat patrul avtomobillari orqali aniqlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting