Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oliygohning qurilishi tugallanmagan faollar zalidan kelib chiqqani aytilmoqda. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Tel-Avivdan Samarqand va Toshkentga uchishi rejalashtirilgan reysi Eronning Isroil hududini o‘qqa tutgani sabab kechiktirildi. Taxminan ikki soatlik kechikishdan so‘ng samolyot O‘zbekistonga yetib keldi.
Seshanba kuni kechqurun Eron Isroilga 181 ta ballistik raketa uchirdi. 3 kishi yaralangani xabar qilingan. O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarni raketa otishmalari vaqtida bomba boshpanalariga kirish va har doim o‘zlari bilan hujjatlarini olib yurishga chaqirdi.
“Humo Arena"ga yig‘ilgan salkam 9 ming muxlis tomonidan xuddi “o‘z uyidagidek” muhit hosil qilinganiga qaramay, Qozog‘iston futzalchilari JCH-2024 yarim finaliga chiqa olmadi: Argentinaga qarshi chorak final o‘yini yirik — 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan tugadi.
Xitoy − Qirg‘iziston − O‘zbekiston temiryo‘lini qurish kompaniyasi ofisi Bishkekda tashkil etildi. Qirg‘iziston bosh vaziri Aqilbek Japarov loyihani “asr qurilishi” deb atadi.
Sentabrda O‘zbekistonda inflyatsiya 1,23 foizni tashkil etdi. Yillik inflyatsiya biroz pasayib, 10,46 foiz bo‘ldi. Propan narxi yuqori sur’atlarda — 15,7 foizga (yil davomida — 52,1 foizga) o‘sishda davom etmoqda. Mol va qo‘y go‘shti yil boshidan buyon 11,3 — 11,9 foizga, dorilar esa qariyb 25 foizga qimmatlashdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi Eron va BAAga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi.
Bir qator ommaviy axborot vositalari Isroil Livan janubida harbiy operatsiya boshlaganini ma’lum qildi. Isroilning o‘zi esa bu “Hizbulloh” infratuzilmasiga qaratilgan cheklangan operatsiya ekanini ta’kidlamoqda. Reuters Livandagi qochqinlar lageriga zarba berilganini yozdi.
Toshkent davlat agrar universiteti 30-sentabr kuni universitet hududida kelib chiqqan yong‘in O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Agentlik buni rad etib, yong‘in asli qayerdan boshlangani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi.
Prezident administratsiyasidan ketgan Komil Allamjonov, Agrar universitetida yuz bergan yong‘in, o‘qituvchilarni kasb bayrami bilan tabriklagan davlat rahbari, ota-onalik huquqidan mahrum qilish holatlari haqida gapirgan bolalar ombudsmani va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.
Navoiy viloyatida Zarafshon daryosidan elektr qarmoq yordamida baliq ovlab, tabiatga 6,3 mlrd so‘m zarar yetkazgan shaxslar ushlandi. Ular jami 400 ga yaqin, jumladan, Qizil kitobga kiritilgan baliqni tutgan.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbarligidan ketgan Komil Allamjonov xususiy sektorga qaytishini ma’lum qildi. 2022-yilda u administratsiya rahbari o‘rinbosari bo‘lgach, kompaniyalarini boshqa egalariga o‘tkazishini aytgandi: “Chunki men manfaatlar to‘qnashuviga mutlaqo qarshiman”.
Qibraydagi Toshkent davlat agrar universiteti binosida kelib chiqqan kuchli yong‘in 2 soatga yaqin muddatga to‘liq o‘chirildi. Uni o‘chirishga 15 dan ortiq ekipaj jalb qilindi. “Gazeta.uz” muxbirlari hodisa joyidan kadrlar oldi.
O‘zbekistonni erkin va farovon mamlakatga aylantirishda ta’lim sohasini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish har qiluvchi ahamiyat kasb etadi, dedi prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrigida.
Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda.
Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.
Aprelda Xatirchi tumanidagi mahallalardan birida o‘qituvchi Cobalt mashinasini haydab ketayotib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ulardan biri YTH joyida, ikkinchisi ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Haydovchi sudda chalg‘igani va boshqaruvni yo‘qotganini aytdi. U 5 yil qamoq jazosini oldi.
Prezident Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi. Uning binosi ta’mirlanib, ikkita yangi bino qurilgan. Institut yangi jihozlar bilan ta’minlangan, STEM laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyasi va muzey tashkil etilgan.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan yollanma ishchini elektr toki urdi. Andijon viloyati FVBga ko‘ra, qutqaruvchilar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting