Arxiv

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
6 dekabr 2024, 00:03

Noyabrda O‘zbekiston bo‘ylab jami 97 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlarda 2,9 mingta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Ularda 97,1 mlrd so‘mlik gaz qayta hisob-kitob qilindi. “Hududgazta'minot” xodimlari, shuningdek, 23 ta gaz ballonlari “bunker"i faoliyatiga chek qo‘ydi.

5-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
5 dekabr 2024, 23:44

5-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Atom energiyasi muqobil yechim ekanini aytgan prezident, BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish rejasi, yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmagan O‘zbekiston hukumati, tarixiy rekord darajaga ko‘tarilgan bitkoin narxi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Toshkentda mualliflik qo‘g‘irchoqlari va o‘yinchoqlarining “Qo‘g‘irchoqlar uyi” qishki festivali o‘tkaziladi
5 dekabr 2024, 23:37

Toshkentda mualliflik qo‘g‘irchoqlari va o‘yinchoqlarining “Qo‘g‘irchoqlar uyi” qishki festivali o‘tkaziladi

7−8-dekabrda Toshkentdagi Xamar san’at galereyasida kolleksiya qo‘g‘irchoqlari va mualliflik o‘yinchoqlarining qishki festivali bo‘lib o‘tadi. Ustalar “Karnaval” mavzusidagi 500 dan ortiq qo‘lbola qo‘g‘irchoqlarni taqdim etadi. Dasturda Venetsiya niqoblari va zanjabilli pryaniklar bo‘yash mahorat darslari ham mavjud.

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
5 dekabr 2024, 23:14

Samarqandda mayning ferma qariyb 30 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqandning Ishtixon tumanida yerto‘lada joylashgan 89 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanishi oqibatida qariyb 30 mlrd so‘m zarar yetkazildi.

Kuz mavsumi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ldi — O‘zgidromet
5 dekabr 2024, 22:54

Kuz mavsumi odatdagidan biroz iliqroq bo‘ldi — O‘zgidromet

O‘tgan noyabr oyi odatdagidan issiqroq, lekin avvalgi yilning noyabridan sovuqroq bo‘ldi. Oy davomida yomg‘ir kam, ammo jadal yog‘di. Umuman olganda, 2024-yilning kuz fasli normadan biroz iliqroq bo‘ldi, deya qayd etdi O‘zgidromet.

Muzaffar Komilov yana Islom akademiyasiga rahbar bo‘ldi
5 dekabr 2024, 22:38

Muzaffar Komilov yana Islom akademiyasiga rahbar bo‘ldi

Prezidentning sobiq maslahatchisi Muzaffar Komilov yana O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi.

Termizda qalin tuman tufayli ikkita reys bekor qilindi
5 dekabr 2024, 22:24

Termizda qalin tuman tufayli ikkita reys bekor qilindi

Termiz xalqaro aeroporti hududidagi noqulay ob-havo va qalin tuman sababli Toshkent — Termiz va Termiz — Sankt-Peterburg reyslari bekor qilindi. Uzbekistan Airways holat juma kuni ham davom etishi mumkinligini ta’kidladi.

BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish hisobiga tannarxni pasaytirish rejalashtirilmoqda
5 dekabr 2024, 18:20

BYD elektromobillari detallarini mahalliylashtirish hisobiga tannarxni pasaytirish rejalashtirilmoqda

Prezidentga avtomobil sanoatining 2025-yilgi rejalari taqdim qilindi. Unda BYD avtomobillarining 60 ta detalini mahalliylashtirish hisobiga elektromobil tannarxini pasaytirish mumkinligi qayd etildi.

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi
5 dekabr 2024, 17:56

Deputatlar tashqi qarzlar limitini oshirishni ma’qulladi, hukumat yana xarajatlar chegarasidan chiqib ketdi

O‘zbekiston hukumati yana xarajatlar chegarasiga amal qilolmadi, shuning uchun Qonunchilik palatasi tashqi qarz limitini ko‘tardi. Yil boshida qonun bilan davlat kafolati ostida 5 mlrd dollardan ortiq mablag‘ jalb qilish taqiqlangan bo‘lsa, endi bu chegara 7,3 mlrd dollargacha oshirildi.

Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi
5 dekabr 2024, 17:00

Artel va Klimasan hamkorligi: sovitkichlar ishlab chiqarish sanoatida yangi davrning boshlanishi

Turkiyaning Klimasan kompaniyasi Artel bilan strategik kelishuv imzoladi. Hamkorlik doirasida sovitkichlarning uchta yangi modellari ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.

Odil Temirov yana «O‘zkimyosanoat» rahbari etib tayinlandi
5 dekabr 2024, 16:43

Odil Temirov yana «O‘zkimyosanoat» rahbari etib tayinlandi

«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi boshqaruv raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» AJ rahbari etib tayinlandi.

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?
5 dekabr 2024, 16:19

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi
5 dekabr 2024, 16:12

Janubiy Koreyada prezidentga nisbatan tergov boshlandi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziri harbiy holat e’lon qilganlikda ayblanmoqda, politsiya surishtiruv boshladi. Avvalroq muxolifat va faollar huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgandi.

Prezident: Tinch atom — hozirgi sharoitda muhim muqobil yechim
5 dekabr 2024, 16:05

Prezident: Tinch atom — hozirgi sharoitda muhim muqobil yechim

Prezident Shavkat Mirziyoyev hozirgi sharoitda atom energiyasini tinchlik maqsadlarida foydalanish hayot sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini amalga oshirishda muhim muqobil yechim hisoblanadi, deya ta’kidladi.

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda
5 dekabr 2024, 15:00

UZTELECOM O‘zbekiston bo‘ylab tarmoqni takomillashtirishni davom ettirmoqda

Kompaniya mobil aloqa sifatini yaxshilash va uzluksiz ma’lumot uzatishni ta’minlash imkonini beradigan ikkita muhim loyihani amalga oshirdi.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi
5 dekabr 2024, 14:56

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi

Prezident farmoni bilan Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya vazifalari qaytadan belgilandi. Hujjat bilan respublika komissiyasining yangilangan tarkibi va hududiy komissiyalarning namunaviy tarkiblari ham tasdiqlandi.

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi
5 dekabr 2024, 14:45

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlari taklifi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi.

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ
5 dekabr 2024, 13:49

Ukraina «tinchlikka tayyorligini ma’lum qilishni rejalashtirmoqda» — WSJ

Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak Donald Tramp jamoasi vakillari bilan uchrashdi. «Ukraina tinchlikka tayyorligini ma’lum qilmoqchi, ammo bu uzoq muddatli va barqaror tinchlik bo‘lishi kerak», — deb yozmoqda WSJ.

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi
5 dekabr 2024, 12:47

O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi halok bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portladi. Hodisa oqibatida 1 kishi vafot etdi, 6 kishi jarohatlandi. Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri yetib bordi.

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi
5 dekabr 2024, 11:27

Bitkoin kursi ilk marta 100 ming dollardan oshdi

Binance birjasida bitkoin kursi 100 ming dollardan ko‘tarildi. Ekspertlar kriptovalyutalarga himoya aktivi sifatida qiziqish ortganini qayd etdi. Bitkoin kursi Tramp g‘alabasidan beri sezilarli ko‘tarilib bormoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting