Arxiv

Chimyon tog‘larida harakatlanish vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi
23 yanvar 2021, 12:24

Chimyon tog‘larida harakatlanish vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi

Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda qatnovlar bo‘layotganligi sababli Bo‘stonliq tumanidagi 4R-6 avtomobil yo‘lida (G‘azalkent shahridan «Yusufxona» aholi yashash joyiga qadar) avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi.

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi
23 yanvar 2021, 11:38

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi

Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi portali ishga tushdi. Portalda qurilish tashkilotlari STIR raqamini kiritish orqali ularning reytingini ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Nima tayyorlaymiz: issiqqina pishiriqlar
23 yanvar 2021, 10:11

Nima tayyorlaymiz: issiqqina pishiriqlar

Pirojka, kurnik, pishloqli naychalar va boshqa issiq pishiriqlar retseptlarini Zira.uz tayyorlab qo‘ygan ro‘yxatdan topishingiz mumkin.

Yangi-Angren IES qurbonlari oilalariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya to‘landi
22 yanvar 2021, 22:32

Yangi-Angren IES qurbonlari oilalariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya to‘landi

Yangi-Angren IES portlash oqibatida vafot etgan uch ishchining oila a’zolariga 105 mln so‘mdan kompensatsiya hamda dafn marosimi uchun 4,8 mln so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatdi. Qurbonlar ikki nafar ayol hamda bir nafar erkakdan iborat.

Jahon yangiliklari dayjesti
22 yanvar 2021, 21:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Niderlandlarga Ikkinchi Jahon Urushidan beri birinchi marta komendantlik soatining joriy etilgani, Yaponiyada o‘z joniga qasd qilish sonining pandemiya paytida oshgani, Buyuk Britaniyada o‘zini yakkalaganlarga pul to‘lanishi mumkinligi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikkita qaror loyihasida qonunbuzarliklarni aniqladi
22 yanvar 2021, 19:06

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ikkita qaror loyihasida qonunbuzarliklarni aniqladi

Uy-joy kommunal xizmati mamlakat bo‘ylab ko‘p qavatli uylarda liftlarni ta’mirlash va yangilash ishlarini bosh pudratchi sifatida «Texnopark» kompaniyasiga topshirishni taklif qildi. Lekin hukumat qaroriga ko‘ra, ijrochilar tender va tanlovlar asosida tanlanishi lozim ekanligi ta’kidlangan. Shuningdek, yerlar elektron auksionlar asosida berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa-da, «Andijon viloyati sanoat markazi» uchun yerlar qaror asosida berilgan.

Shavkat Mirziyoyev buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon bo‘ldi
22 yanvar 2021, 18:32

Shavkat Mirziyoyev buxorolik mehnat faxriysi xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezident buxorolik mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadonida mehmon bo‘ldi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilgandi. Shu bilan davlat rahbarining safariga yakuniga yetib, Toshkentga qaytib keldi.

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi
22 yanvar 2021, 18:05

Tojikistonda Millat yetakchisi muzeyi ochildi

Tojikiston milliy universitetida Prezident Emomali Rahmon sharafiga «uning xalq va davlat oldidagi xizmatlarini abadiylashtirish uchun» muzey ochildi.

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi
22 yanvar 2021, 17:28

Toshkentda 4 ta avtomashina ishtirokida YTH ro‘y berdi

Toshkentning Yashnobod tumanidagi Ashxabod bog‘i yaqinida to‘rtta mashina to‘qnashib, besh kishi, jumladan, bir bola jarohatlandi.

O‘zbekiston bo‘ylab 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi
22 yanvar 2021, 17:18

O‘zbekiston bo‘ylab 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi

Noqulay ob-havo sharoiti sababli 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6−10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan, trasformator punktlariga shikast yetkazilgan. 550 mingdan ortiq iste’molchi elektrsiz qoldi. Hozirda ularning deyarli 60% tarmoqqa qayta ulangan.

Toshkentda avtobus va maxsus transport uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi
22 yanvar 2021, 16:32

Toshkentda avtobus va maxsus transport uchun alohida yo‘laklar tashkil etiladi

Poytaxtning bir nechta ko‘chalarida avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Yangi-Angren IESdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
22 yanvar 2021, 16:28

Yangi-Angren IESdagi portlash bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Yangi-Angren issiqlik elektr stansiyasidagi portlash natijasida uch kishi vafot etgan edi, yana uch nafari kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.

Kanadaning general-gubernatori iste’foga chiqdi
22 yanvar 2021, 16:26

Kanadaning general-gubernatori iste’foga chiqdi

Kanada ijrochi hukumati boshqaruvchisi Juli Peyett ish joyida «zaharli muhit» yaratganlikda ayblanganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi. Uning idorasidagi xodimlar jamoat oldida haqorat qilishlar va kamsitilishlar bo‘lganidan shikoyat qilishgan.

170 dan ortiq madaniyat ob’ektlari xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi
22 yanvar 2021, 15:46

170 dan ortiq madaniyat ob’ektlari xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi

Madaniyat va san’at sohasidagi 170 dan ortiq davlat ob’ekti faoliyat turini saqlab qolish sharti bilan xususiy boshqaruvga o‘tkaziladi.

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi
22 yanvar 2021, 15:27

Prezident: Shuhrat G‘aniyev va Jamshid Xo‘jayev tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa, ishdan ketadi

Prezident Buxoroda Xalq deputatlari viloyat kengashining yig‘ilishida qishloq xo‘jaligi juda orqada qolayotganini ta’kidladi. Tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ymasa bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev hamda qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni ishdan bo‘shatishini aytdi.

Dam olish kunlari sovuq havo saqlanib turadi
22 yanvar 2021, 14:55

Dam olish kunlari sovuq havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari sovuq ob-havo davom etadi. Kechasi havo harorati 10 darajagacha sovuq bo‘ladi, kunduzi esa noldan yuqori bo‘lmaydi, faqat yakshanba kuni havo biroz isiydi.

«Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti» — prezident
22 yanvar 2021, 14:51

«Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi tashrifi doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. «Buxoroning bugungi rivoji ma’qulmi, degan savolga mening javobim: yo‘q. Korrupsiya, poraxo‘rlik barham topmayapti», — dedi davlat rahbari. Prezident muammolarni bartaraf etishda mahallaning roli oshirilishiga to‘xtaldi.

Sirdaryo, Andijon va Buxoroda ham elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
22 yanvar 2021, 13:28

Sirdaryo, Andijon va Buxoroda ham elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Sirdaryo, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi bir qancha hududlar ham elektr ta’minotidan uzildi. Viloyatlardagi Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari va Hududiy elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan tezkor ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22 yanvar 2021, 12:55

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jizzax viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Akram Rahmonqulov, tender komissiyasi mansabdorlari va qurilish kompaniyalari rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ular o‘zlashtirish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansab soxtakorligida ayblanmoqda.

Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev
22 yanvar 2021, 12:40

Kollejlar tizimi to‘lig‘icha Mehnat vazirligiga o‘tkaziladi — Shavkat Mirziyoyev

Hozirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasarrufida bo‘lgan kollejlar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga o‘tkaziladi. «Kollejlarning joyi shu vazirlikda, oliy ta’limda emas», — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting