Arxiv

Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi
4 avgust 2020, 13:48

Buxoro aeroporti direktori Tohir Bahronov vafot etdi

Buxoro xalqaro aeroporti direktori, sobiq senator Tohir Bahronov vafot etdi. Unga koronavirus tashhisi qo‘yilgan edi.

Gubernator ishi: Moskvadan Vladivostokkacha mitinglar bo‘lib o‘tmoqda
4 avgust 2020, 13:34

Gubernator ishi: Moskvadan Vladivostokkacha mitinglar bo‘lib o‘tmoqda

Rossiyada to‘rtinchi haftadirki, ommaviy norozilik namoyishlari davom etmoqda. Norozilik ishtirokchilari Xabarovsk viloyatining sobiq gubernatori Sergey Furgalni qo‘yib yuborish hamda uning o‘rniga tayinlangan Mixail Degtyarevni ishdanbo‘shatishni talab qilishmoqda.

Pandemiya sharoitida dafn marosimlari qanday o‘tkazilishi kerak?
4 avgust 2020, 11:22

Pandemiya sharoitida dafn marosimlari qanday o‘tkazilishi kerak?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi pandemiya davrida mayyitni, xususan koronavirusdan vafot etgan marhumlarni yuvish, kafanlash va dafn etish marosimlari qanday o‘tkazilishi borasida tushuntirish berdi.

Koronavirus holatlari 26,5 mingdan oshdi
4 avgust 2020, 10:16

Koronavirus holatlari 26,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 249 nafarga ortib, jami 26550 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Kun davomida 748 kishida koronavirus aniqlandi
4 avgust 2020, 01:02

Kun davomida 748 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda kun davomida 748 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 26,3 mingdan oshdi. 755 kishi kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, SSV ma’lumotlariga ko‘ra, vafot etganlar soni 159 nafarni tashkil etmoqda.

Toshkentda plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan shaxs hibsga olindi
3 avgust 2020, 19:29

Toshkentda plastik kartalardan pul o‘g‘irlagan shaxs hibsga olindi

Toshkentda bir nechta bank kartalaridan pul o‘g‘irlashda ayblanayotgan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. U fuqarolarga bankomatdan naqd pul olishda yordam berish orqali kartalardan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.

Xorijlik fuqarolar uchun vizalar muddati uzaytirildi
3 avgust 2020, 18:21

Xorijlik fuqarolar uchun vizalar muddati uzaytirildi

O‘zbekistonda xorijlik fuqarolar uchun vizalarning amal qilish muddati avtomatik ravishda 1 noyabrgacha uzaytirildi.

Suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishga subsidiya ajratiladi
3 avgust 2020, 17:25

Suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatishga subsidiya ajratiladi

Suv ta’minoti og‘ir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish vositalarini sotib olish va o‘rnatish uchun subsidiya ajratiladi.

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi bankni portlatib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda
3 avgust 2020, 17:20

Ukrainada O‘zbekiston fuqarosi bankni portlatib yuborish bilan tahdid qilgani aytilmoqda

Ukraina poytaxtidagi «Leonardo» biznes markazida joylashgan bankda xodimni garovga olgan va bankni oyog‘iga boylangan bomba yordamida portlatib yuborish bilan tahdid qilayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda. Ukraina xavfsizlik xizmatining tezkor guruhi tahdidchini qo‘lga olganini ma’lum qildi.

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga $100 mln ajratadi
3 avgust 2020, 16:49

OTB sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash uchun O‘zbekistonga $100 mln ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimining favqulodda vaziyatlarga chidamliligini mustahkamlash maqsadida 100 mln dollar ajratadi. Loyiha doirasida COVID-19ga qarshi samarali javob berish va test o‘tkazish tizimlarini takomillashtirish ko‘zda tutilgan.

Hafta davomida havoning issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda
3 avgust 2020, 16:24

Hafta davomida havoning issiq va quruq bo‘lishi kutilmoqda

Yomg‘irli va past haroratli qisqa muddatli davrdan so‘ng respublika hududida ob-havoning yana quruq va issiq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat 36−39 darajagacha ko‘tariladi.

Taniqli rejissyor Mahmud To‘ychiyev olamdan o‘tdi
3 avgust 2020, 16:13

Taniqli rejissyor Mahmud To‘ychiyev olamdan o‘tdi

«Temir xotin», «Shaytanat», «Ayollar saltanati» kabi filmlar ssenariy muallifi Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etdi.

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi
3 avgust 2020, 16:01

Ikki nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi

Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (ayol) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 asoratlaridan hayotdan ko‘z yumganlar soni 157 nafarga yetdi.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi
3 avgust 2020, 15:46

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 560 ming dollarlik insonparvarlik yordami ajratdi

O‘zbekiston Qirg‘izistonga 2 ming tonna un, 45 tonna xlor, 200 dona pirometr va shaxsiy himoya vositalari yetkazib berdi. Insonparvarlik yordamining umumiy qiymati 560 ming dollarga teng.

«Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi
3 avgust 2020, 15:27 2

«Temir daftar» nima va u qanday shakllantiriladi

«Temir daftar» o‘zi nima? Unga kimlar kiritiladi? U qanday shakllantiriladi? Ushbu savollarga Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva javob berdi.

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
3 avgust 2020, 15:23 1

Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali negizida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi. Shuningdek, agrar ta’limda bakalavriat yo‘nalishlarida kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tiladi va haftada 5 kunlik o‘qish tartibi o‘rnatiladi.

Koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar
3 avgust 2020, 15:00

Koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar

Karantin vaqtida aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirishda ma’muriy usullarga emas, tushuntirish ishlariga urg‘u berish kerak edi, deydi tibbiy psixolog Abdullajon Begmatov. Uning fikricha, pandemiyaning odamlar hayotidagi psixologik ta’siriga ham kam e’tibor qaratilmoqda. Tibbiy psixolog koronavirusga qarshi kurashdagi kamchiliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini «Gazeta.uz» bilan bo‘lishdi.

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi
3 avgust 2020, 14:56 1

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 13,2 foizni tashkil qildi

Yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 13,2% ni tashkil etdi. Ish bilan ta’minlanishga muhtojlar soni 1,94 mln kishigacha ortdi. Karantin choralari mehnat bozoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, deya ta’kidladi Mehnat vazirligi.

Masjidlarga bolalarning namoz uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligi eslatib o‘tildi
3 avgust 2020, 14:18

Masjidlarga bolalarning namoz uchun erkin kelib-ketishlari mumkinligi eslatib o‘tildi

IIV karantin choralari bekor qilinganidan so‘ng barcha masjidlarda fuqarolarning hech qanday cheklovlarsiz namozlarini jamoa bilan ado etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini ma’lum qildi. Shu bilan birga, vazirlik masjidda bolalar namoz o‘qishlari uchun hech qanday taqiqlar yo‘qligini eslatib o‘tdi.

Berlinda karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
3 avgust 2020, 13:31

Berlinda karantinga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Berlinda koronavirus pandemiyasi sababli qo‘yilgan cheklovlarga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tdi. To‘qnashuvlar natijasida 45 politsiya xodimi jarohatlandi, 133 ishtirokchi hibsga olindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting