Koronavirusli pnevmoniya oddiy pnevmoniyadan qanday farq qiladi, u qanday davolanadi, kompyuter tomografisining ahamiyati nimada, nafas olish bo‘yicha qanday mashqlar qilish mumkin? Anhor.uz nashrining koronavirus bemorlarini davolovchi ftiziatr Nadejda Shklovets bilan intervyusini taqdim etamiz.
Senatorlar yangi tahrirdagi «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida» gi qonunni ma’qullashdi. Unda, jumladan, odam savdosidan jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar maxfiyligi kafolatlandi. Shuningdek, odam savdosiga qarshi kurashda NNTlar vakolat va vazifalari belgilandi.
Shanba va yakshanba kunlari aksariyat viloyatlarda harorat biroz pasayib, kunduzi 33−38, kechasi 20−25 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi mumkin.
Twitter davlat bilan aloqador va davlat tomonidan boshqariladigan rasmiy akkauntlarga maxsus belgilar qo‘yishni boshladi. Hozirda maxsus belgilar, jumladan, TASS, Russia Today, Sputnik, China Xinhua News kabi OAVlar hamda Kremlning rasmiy akkauntlariga qo‘yilgan.
Prezident mutasaddilarga chekka hududlarni ham internet bilan ta’minlash hamda talabalar uchun arzonlashtirilgan internet trafiklarini ajratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sentabrdan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Oktabr oyida 1-kurslar ham qabul qilib olingach, pandemiyaning yumshashiga qarab an’anaviy tizimga yana qaytish ehtimoli bor.
«Karantin choralari bosqichma-bosqich bekor qilinadi. Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi keng targ‘ibot ishlarini kuchaytirishimiz, kasallikka chalinganlarni ishlab chiqilgan protokollar asosida davolash bilan birga normal hayotga qaytarishimiz, ya’ni iqtisodiyotimizni rivojlantirishimiz zarur», — deya ta’kidladi Senat raisi Tanzila Norbayeva.
Senat raisi «temir daftar»ni shakllantirish va yuritish tizimi ayrim hududlarda aholi noroziligiga olib kelayotganini aytib o‘tdi. «Temir daftar» tizimi ochiq, shaffof bo‘lishi va ajratilgan mablag‘larni taqsimlash jarayonida inson omilini maksimal darajada kisqartirishi kerakligi bildirildi. Buning uchun tizimga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish muhimligi qayd etildi.
Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan viloyatlaridagi Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutasaddilari tomonidan Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasining 1 mlrd 750 mln so‘mdan ziyod mablag‘i talon-taroj qilingan, deya ma’lum qildi senat raisi Tanzila Norbayeva. U shuningdek «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi qonun ishlamayotganiga e’tibor qaratdi.
Senatorlar Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Musa Yerniyazov va koronavirusdan vafot etgan boshqa fuqarolarning xotirasiga bir daqiqa sukut saqlashdi.
Bosh prokuratura Namangan viloyatida bog‘chani ta’mirlash jarayonida haqiqatda bajarilmagan 173,2 mln so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganini aniqladi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ko‘zg‘atilgan.
Chilonzor tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi inspektori til biriktirib, ishsizlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan 36,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan jinoyat ishini ko‘zg‘atdi.
Transport vaziri Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etildi. U Transport vazirligini 2020 yilning yanvar oyidan boshqarib kelayotgan edi.
COVID-19 bemorlari soni 274 nafarga ortib, jami 28809 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarning 36 nafari Toshkent shahrida, 130 nafari Toshkent viloyatida hamda 8 nafari Qoraqalpog‘istonda qayd etildi. Shu yuilan birga, ikki nafar COVID-19 bemori vafot etdi.
Yil oxiriga qadar Rossiyadagi yirik qurilish maydonchalarida 4200 nafar o‘zbekistonlik mutaxassis rasman ish joyiga ega bo‘ladi.
Toshkentning Olmazor tumanida ayol kishi o‘zini voltli elektruzatish tarmog‘i ustuni tashlamoqchi bo‘ldi. IIBB va yong‘in-qutqarish qismi xodimlari uni pastga tushirishdi.
O‘zbekiston yaqin kunlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida yig‘ilib qolgan qariyb 2000 o‘zbekistonlik ikkita poyezd bilan qaytarilmoqda.
2020/2021 o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlaridagi stadionlarda kuniga ikki marta — havo salqin vaqtlarda o‘tkazilishi belgilandi.
O‘zbekiston Jahon banki qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ajratgan 500 mln dollardan 87 mln dollarini agrosektorda ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish, 70 mln dollarini esa fitosanitariya va sertifikatlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi agromarkazlarga yo‘naltiradi. Yana 200 mln dollar hududlar o‘rtasida taqsimlanib, kooperativlar va klasterlarni rivojlantirishga sarflanadi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi Farg‘ona vodiysida loyihalarni amalga oshirishga $47 mln ajratadi. Ushbu loyiha hududdagi 375 mingdan ortiq aholi daromadlarining o‘sishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting