Arxiv

Crew Dragon kemasi Yerga qaytdi
3 avgust 2020, 12:06

Crew Dragon kemasi Yerga qaytdi

SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kosmik kemasi ikkita kosmonavt bilan birga ilk kosmik parvozidan keyin Yerga xavfsiz tarzda qaytib kelishdi. Missiya 64 kun davom etdi.

Koronavirus holatlari 25,8 mingdan oshdi
3 avgust 2020, 10:05

Koronavirus holatlari 25,8 mingdan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 bemorlari soni 275 nafarga ortib, jami 25828 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘istonda, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida qayd etildi. Shu bilan birga, ikki nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Belarusda eng yirik miting bo‘lib o‘tdi
1 avgust 2020, 18:10

Belarusda eng yirik miting bo‘lib o‘tdi

Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayani qo‘llab-quvvatlash uchun 30 iyul kuni Minskda o‘tkazilgan miting 63 mingga yaqin odamni to‘pladi (huquq himoyachilarining ma’lumotlariga ko‘ra). Bu mamlakatdagi eng yirik mitingga aylandi.

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi
1 avgust 2020, 17:57

Prezident Musa Yerniyazov vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida qatnashdi

Nukus shahrida Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga va xalqqa chuqur hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi
1 avgust 2020, 17:05

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi

«Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi. U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi». Shavkat Mirziyoyev Nukusga yetib keldi va Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatiladi
1 avgust 2020, 16:49

Qashqadaryoda karantin cheklovlari yumshatiladi

Qashqadaryo viloyati tumanlari va shaharlari hokimlariga 3 avgustdan boshlab karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yengillashtirish huquqi berildi. Qarshida 27 iyuldan boshlab ma’lum soatlarda transport qatnovi taqiqlangan edi. Endilikda bunga ruxsat beriladi, shuningdek, kiyim-kechak bozorlari, sartaroshxonalar, ovqatlanish korxonalari va boshqalar asta-sekin ochiladi.

Hayot uchun yordam
1 avgust 2020, 15:36

Hayot uchun yordam

Aholi uylarini aylanib chiqish orqali tuzilgan muhtoj oilalar ro‘yxatiga asosan hukumat naqd pul tarqatishni boshladi. Iqtisodchi Botir Qobilov kelajakda ehtiyojmand oilalarni aniqlash va mablag‘larni taqsimlashning zamonaviy mexanizmlaridan foydalanishni taklif qildi.

Hokimlar nega Toshkentda davolanmoqda
1 avgust 2020, 12:40

Hokimlar nega Toshkentda davolanmoqda

Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov nega COVID-19dan Toshkentda davolanayotganligi haqidagi savollarga javob berdi. Unga ko‘ra, bu hokimlar ro‘yxatda turadigan prezident Administratsiyasi qoshidagi Tibbiyot bosh boshqarmasining talabi.

16 avgustgacha 24 ta charter reys tashkil etiladi (jadval)
1 avgust 2020, 12:19

16 avgustgacha 24 ta charter reys tashkil etiladi (jadval)

2 avgustdan 16 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlardan 24 ta charter reys tashkil etiladi.

Antirekord yangilandi: kun davomida 738 kishida koronavirus qayd etildi
1 avgust 2020, 06:19

Antirekord yangilandi: kun davomida 738 kishida koronavirus qayd etildi

31 iyul kuni O‘zbekistonda 738 kishida koronavirus aniqlanib, antirekord yangilandi.

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi
31 iyul 2020, 20:07

Jo‘qorg‘i Kenges raisi Musa Yerniyazov vafot etdi

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov vafot etdi. Oldinroq unda koronavirus aniqlangan edi.

Foto: Qurbon hayit 2020 va oldingi yillarda
31 iyul 2020, 16:47

Foto: Qurbon hayit 2020 va oldingi yillarda

Fotojurnalist Husniddin Ato 2020-yil va oldingi yillar Qurbon hayiti kunida Hazrati Imom majmuasi qanday ko‘rinishda bo‘lganligi haqidagi suratlar jamlanmasini taqdim etadi.

Kun davomida 686 kishida koronavirus tasdiqlandi, 743 kishi sog‘aydi
30 iyul 2020, 23:57

Kun davomida 686 kishida koronavirus tasdiqlandi, 743 kishi sog‘aydi

30 iyul kuni O‘zbekistonda 686 kishida koronavirus tasdiqlangan bo‘lsa, sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi — 743 nafar. Umumiy ko‘rsatkich 23 271 taga yetdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasi kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
30 iyul 2020, 23:27

O‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro kimyo olimpiadasi kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Koronavirus pandemiyasi sababli masofaviy tarzda o‘tkazilgan 52-Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘zbekistonlik 4 nafar o‘quvchi kumush va bronza medallari hamda diplom sohiblariga aylandi. Ta’kidlanishicha, bu yilgi olimpiadada o‘quvchilar laboratoriya kimyoviy tajribalarisiz, faqat nazariy bosqichni o‘tkazishdi.

Tez yordam xodimlarini mukofotlashga 200 mlrd so‘m, jumladan, Alisher Usmonov mablag‘lari yo‘naltiriladi
30 iyul 2020, 22:19

Tez yordam xodimlarini mukofotlashga 200 mlrd so‘m, jumladan, Alisher Usmonov mablag‘lari yo‘naltiriladi

Tez tibbiy yordam brigadalari xodimlarini mukofotlashga davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m, Alisher Usmonov xayriya yordami mablag‘laridan — 100 mlrd so‘m ajratiladi.

Bayram kunlari havo salqinroq bo‘ladi
30 iyul 2020, 21:39

Bayram kunlari havo salqinroq bo‘ladi

Yakuniga yetayotgan iyul oyi avvalgi yillarga nisbatan unchalik ham issiq bo‘lmadi, tog‘li hududlarda esa yomg‘ir ko‘proq yog‘di. Iyulning oxirgi kunlari — avgust boshida mamlakat bo‘ylab harorat +30…+33 darajagacha pasayadi. Yozning oxirgi oyi qanday bo‘lishi to‘g‘risida — O‘zgidromet bosh sinoptigi sharhida.

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish Behzod Musayevga yuklatildi
30 iyul 2020, 21:19

Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish Behzod Musayevga yuklatildi

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini ham bajaradi. Avvalroq SSV rahbari Alisher Shodmonovning davolanishda ekani xabar qilingan edi.

400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi
30 iyul 2020, 20:50 2

400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi

O‘zbekistonda a’zolari 1,7 mln nafardan ortiq bo‘lgan 400 mingdan ko‘proq oilalarga bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Buning uchun 380 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shuningdek, Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan yana 150 ming oila 1 mln so‘mdan yordam oladi.

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab
30 iyul 2020, 20:26

Musa Yerniyazovning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda — shtab

Koronavirusdan davolanayotgan Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov og‘ir ahvolda, u O‘SV uskunasiga ulangan.

Buxoro viloyati hokimi COVID-19 dan davolanmoqda
30 iyul 2020, 18:59

Buxoro viloyati hokimi COVID-19 dan davolanmoqda

Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolovda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U Toshkentda davolanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting