Mirzabek Toshboyev Ohangaron tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Toshkentning bosh rejasini 2020 yilda jamoatchilikka taqdim etish rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi poytaxt hokimining birinchi o‘rinbosari Davron Xidoyatov.
Senatning majlisida O‘zbekiston sudyalarining maxsus kiyimi tavsifi va namunasini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Hukumat qarori bilan Ravshan Umarov Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilash palatasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Yakkabog‘ tumani Jambul mahallasida yashovchi fuqaroning uyidan jami 807 million so‘mlik mol-mulkni o‘margan uch nafar shaxs ushlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tabiiy gaz quvurlari tizimi va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi ahvoli yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masalasi ma’qullandi.
Jerar Deparde ishtirokida O‘zbekiston haqida hujjatli film ishlanadi va kartina Fransiya hamda O‘zbekiston telekanallarida orqali namoyish etiladi.
Senat majlisida aksariyat viloyatlarda mehribonlik uyini tamomlagan yoshlarning ko‘pchiligi sanitariya talablariga javob bermaydigan turar joylarga joylashtirilgani ma’lum qilindi.
To‘rtko‘l tumanida o‘tkazilgan reyd davomida 106 mln so‘mlik aroq va mazkur mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan 19 turdagi anjomlar daliliy ashyo sifatida olindi.
Senat raisi daraxt va butalarni noqonuniy kesish bilan bog‘liq holatlarni faqatgina OAV xodimlari, blogerlar ko‘tarayotganini, bu bo‘yicha Ekologik partiyaning tashabbusi ko‘rinmayotganini bildirdi.
Toshkent shahar hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tashkil etilgan «Magic Tashkent» shou festivali bo‘lib o‘tdi.
Senatorlar Andijon viloyatining Bo‘z tumani nomini Bo‘ston tumani deb o‘zgartirish taklifi bo‘yicha masalani ko‘rib chiqdi va ma’qulladi.
Tadbirkorlar bilan tashkil etilgan uchrashuvlar va yaqindan yordam berilishi natijasida 6 000 dan ortiq tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklandi. Viloyatdagi tadbirkorlik sub’ektlarining soni 52 900 dan ortdi.
Senat yalpi majlisida Namangan va Andijon viloyatining ayrim shahar va tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yengil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov 23 noyabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan MMA turniri — GFC20da qatnashadi.
Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.
Bokuda Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston tashkilotning to‘la huquqli a’zosi deb e’lon qilinadi.
O‘zbekiston Grenada — Karib dengizidagi orol-davlat bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda MDH sammitida O‘zbekistonning 2020 yilda Hamdo‘stlikka raisligida e’tibor qaratiladigan ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi.
Samarqandda uchta maktabgacha ta’lim tashkilotining 12 nafar tarbiyalanuvchisi ovqatdan zaharlandi. Har uchoviga ham bitta autsor oziq-ovqat yetkazib bergan.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting