O‘zbekistonda kun davomida 192 nafar bemor koronavirusdan sog‘ayib, rekord ko‘rsatkich qayd etildi. Jami tuzalganlar soni 4877 nafarga yetdi.
Toshkentdagi bir qator xususiy klinikalar koronavirus uchun test o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar imzoladi. Ularning shu haftadan mazkur xizmatni ko‘rsatishni boshlashi kutilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi dunyo YAIM pasayishi avval prognoz qilingan 3 foizdan 4,9 foizigacha pasayishini ma’lum qildi. Koronavirus pandemiyasi jahon iqtisodiyotiga kutilganidan ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatgani bildirildi.
Yangiyo‘l tumanidagi Global Comsco Daewoo qog‘oz ishlab chiqarish zavodida yong‘in sodir bo‘ldi. Korxona ichidagi 5 ming kv. m maydonda yong‘in kelib chiqqan, jabrlangan va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot kelib tushgani yo‘q.
O‘zini o‘zi band qiluvchilarni ro‘yxatga olish osonlashadi, ko‘p qavatli bino quruvchilariga bojxona imtiyozlari beriladi, tug‘ilish va o‘lim haqidagi ma’lumotlarning elektron almashivi majburiy bo‘ladi, noshirlik uchun litsenziya bekor qilinadi — 1 iyuldan kuchga kiradigan o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda yana 97 kishida koronavirus aniqlanib, jami tasdiqlangan holatlar 7087 taga yetdi. Kasallanish holatlarining 65 tasi karantin markazlarida, 26 tasi Toshkentda aniqlandi.
Sergelida qurilayotgan metro ko‘prigidan tushgan beton bo‘lagi Afrosiyob oynasiga zarar yetkazdi. Maxsus nasos orqali quyilgan beton qotmagani sababli uning bir bo‘lagi poyezd ustiga tushgan.
Xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, xotin-qizlarga oliy ta’lim muassalariga tavsiyanoma asosida kirish uchun Respublika bo‘ylab qo‘shimcha 940 ta grant joyi ajratildi.
24 iyun kuni aholi orasida 31 kishida koronavirus tasdiqlanib, shundan 18 nafari Toshkentda aniqlandi. Jumladan, obodonlashtirish muassasasi xodimi, bojxonachi, uy bekasi va boshqalarning infeksiya yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.
FVV respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjudligini ma’lum qildi.
Barcha IIO hududiy bo‘linmalarida uzluksiz video va ovozni yozib oluvchi jami 497 ta so‘rov xonalari tashkil etilishi belgilandi.
Marg‘ilonda Cobalt qatnov qismini kesib o‘tayotgan velosipedchini urib yubordi. Fuqaro tan jarohati olib, shifoxonada vafot etdi.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha qarorni ma’qulladi. Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi va global inqirozning mamlakat iqtisodiyotiga bo‘lgan salbiy ta’sirini kamaytirish choralarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
Surxondaryo viloyati Denov shahrida vafot etgan bemorda koronavirus infeksiyasi bo‘lganligi tasdiklandi. Tuman hokimligi bemor koronavirusdan 20 iyun kuni vafot etganini ma’lum qilgandi, biroq keyinroq xabarni o‘chirib tashlagan. SSV bemorning koronavirus bilan og‘riganini faqat 5 kundan keyin tasdiqladi.
O‘zbekiston biofizikasining asoschilaridan biri, Fanlar akademiyasi akademigi Bekjon Toshmuhamedov 85 yoshida olamdan o‘tdi.
Qurilish vazirligi Qarshidagi binoning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar qulashi bo‘yicha munosabat bildirdi. Unga ko‘ra, “Nasaf-Travel” kompaniyasiga tegishli ob’ektidagi qurilish ishlari ro‘yxatga olinmasdan, noqonuniy olib borilgani ma’lum bo‘ldi.
Barselonada karantindan so‘ng opera teatrida ilk konsert bo‘lib o‘tdi. Konsert tinglovchilari sifatida 2292 ta xona o‘simliklari bo‘ldi. Konsertdan keyin o‘simliklar shifokorlarga sovg‘a qilindi.
Sentyabr oyida futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari o‘rtasida Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkaziladi. Jamoalar so‘nggi martda maydonda to‘qqiz yil avval to‘qnashgan.
Koronavirus bemorlari soni 89 nafarga ortib, jami 6990 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 40 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 38 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 2 nafar Jizzax viloyatida va 1 nafardan Andijon va Surxondaryo viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda kun davomida 239 kishida koronavirus aniqlangan bo‘lsa, 125 kishi ushbu kasallikdan to‘liq sog‘aydi. Hududlardagi holat.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting