Toshkent hokimi G‘afur G‘ulom bog‘i rekonstruksiyadan keyin ham bepulligicha qolishi, tadbirkorlar faoliyatini davom ettirishi va birorta ham daraxt kesilmasligini ma’lum qildi.
Musulmonlar idorasida bezorilik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan blogerlar Rustam Karim va To‘lqin Astanov ustidan ochiq sud boshlandi.
Yangi o‘quv yilidan texnikumlar bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘ladi.
Alisher Sa’dullayev O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi lavozimiga rasman saylandi.
Prezident dori vositalari savdosi ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Savdo-sotiq jarayonini videoga yozib olish, 2021 yildan esa retseptlarni elektron shaklda berish majburiy bo‘ladi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbarining sobiq o‘rinbosari, podpolkovnik Nurimon Abulxasan IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Qo‘mitaga esa DXX Surxondaryo boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ofur Ahmedov rahbar bo‘ldi.
Oliy Majlis deputatlari qonunchilikka transport vositalari uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etishni ko‘zda tutuvchi qo‘shimchalarni kiritishni birinchi o‘qishda qabul qildi.
Vena yana bir marta yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi. Eng yomon shahar esa — Damashq.
Botir Zokirov qurilish vaziri etib tayinlandi. Tashkent City qurilishi direksiyasiga rahbarlik qilgan Sherzod Xidoyatov uning o‘rinbosari bo‘ldi.
Adliya vazirligining taklifiga asosan Aholiga huquqiy axborotni yetkazish vayuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Yangi haftada harorat 3−6 daraja pasayadi, mamlakatning markaziy va sharqiy hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Zangiota tumanidagi Xo‘jalik mollari va hunarmandlar savdo kompleksida «My5» telekanali ijodkorlari hamda Zangiota tumani hokimi o‘rinbosari ishtirokida yuzaga kelgan voqea do‘stona hal etildi.
20−22 sentyabr kunlari Toshkent dzyudo bo‘yicha navbatdagi Tokio olimpiadasiga reyting ochkolarini beruvchi Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi.
Amerikalik rejissyor Devid Grem Ichan-qal’ada yangi qisqa metrajli «Olovuddin» filmini tasvirga oldi.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Afg‘onistonda yashovchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «Tinchlik uchun» xalqaro xayriya aksiyasini amalga oshirishni boshladi.
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasi shaklida tashkil etildi.
Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe 96 yoshda vafot etdi. Ikki yil avval u hokimiyatdan chetlashirilgan va uy qamog‘iga joylashtirilgan edi.
Afg‘onistondan O‘zbekiston hududi orqali yarim qayta ishlangan talk mineral toshi ortilgan ilk konteyner poyezdi Xitoyga yo‘l oldi.
Ikkinchi chorakda aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining inflyatsion kutilmalari yuqori darajada qolayotgani so‘mning kuchsizlangani hamda ish haqlari va kommunal to‘lovlarning oshirilishi bilan izohlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting