29-noyabr kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi kafelarning birida mast holatda bo‘lgan ikki kishi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi. Oqibatda ulardan biri oradan bir kun o‘tib olgan tan jarohati sabab vafot etdi. Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zbekistonda 2019 yilda zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar uchun «himoya orderi» instituti joriy etildi. Ekspertlar uning afzalliklarini e’tirof etsa-da, amalda u haqiqiy himoyachiga aylanolmaganini ta’kidlamoqda. Sabablari ko‘p, ulardan biri — zo‘ravonga nisbatan jazoning yengilligidir, deydi ular.
O‘zgidromet 6−8 dekabr kunlari yog‘ingarchilik hamda o‘zgaruvchan ob-havo sababli respublikaning 6 ta viloyatidagi tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi borligini e’lon qildi.
IIV YHXX boshlig‘i Olim Saidov “Gazeta.uz"ga hududlarda ruxsat etilgan harakatlanish tezligini pasaytirish masalasi dekabr oyida uzil-kesil hal bo‘lishini ma’lum qildi. Mamlakatning barcha hududlarida tezlikni pasaytirish bo‘yicha kengashlar qarorlari Respublika komissiyasiga taqdim etildi.
4 dekabrda havo haroratining keskin pasayishi va qor yog‘ishi ortidan 14 ming iste’molchi gazsiz qoldi, 516 ta mahallada esa gaz bosimining pasayishi kuzatildi. «Hududgazta’minot» aholini gazdan oqilona foydalanishni, uydan chiqayotganda isitish moslamalari haroratini pasaytirishni iltimos qildi.
Toshkent viloyati Chinoz tumanida er-xotin va ularning 3 oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi. Xonadon bir kun avval qarzdorlik sabab gazdan uzilgan, biroq uy egasi o‘zboshimchalik bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Endilikda Toshkent shahri aholisi maxsus veb-sayt orqali geografik obyektlarni nomlash va ularni o‘zgartirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishi mumkin. Hozirda sayt yer usti metro liniyasidagi bekatlarga nom berish bo‘yicha takliflarni yig‘moqda.
Dushanba kuni Nukus voqealari bo‘yicha sud o‘z ishini davom ettirmoqda. Oliy sud xabariga ko‘ra, sud ishining 6-kunida 1−2 iyuldagi voqealar oqibatida jabrlanganlar, qolaversa, fuqaroviy da’vogarlar so‘roq qilinmoqda.
Samarqand aeroportida dushanba kuni soat 13:00 ga qadar ob-havoning yomonlashuvi munosabati bilan havo kemalarini qabul qilish va qo‘yib yuborishga cheklov joriy etildi.
Poytaxt bu yilgi qish mavsumida ilk bor oppoq choyshab bilan qoplandi. Bolalar xursandchiligidan tashqari qor piyodalar va mashinalar harakati, shuningdek, gaz va issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolarga sabab bo‘ldi. «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkentning qor bo‘ronidagi manzaralarini fotosuratlarga muhrladi.
Bugungi kunda Semurg Insurance kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga bog‘ va uzumzorlarni sug‘urtalashning o‘ziga xos dasturini taklif qilib, xalqaro sug‘urta amaliyotini joriy etmoqda.
Seshanba kunidan O‘zbekistonning aksariyat hududlarida qor yog‘ishi to‘xtaydi, ammo sovuq ob-havo butun hafta davomida saqlanib qoladi. Kunduzi havo harorati −3…+2 daraja, kechasi −3…−8, shimolda ba’zi joylarda −20 darajagacha bo‘ladi. Joylarda tuman tushib, yo‘llarda yaxmalak hodisalari kuzatiladi.
Eng past daromadga ega aholi guruhining umumiy daromadlardagi ulushi yildan-yilga qisqarib bormoqda. Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev daromadlar tengsizligiga bag‘ishlangan maqolasining ikkinchi qismida sohalar va turli daromad guruhlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligining sabablarini haqida fikr yuritadi.
Dauletmurat Tajimuratov ko‘rsatuvining yakuniy qismi va so‘roq vaqtida Nukusda tazyiqqa uchragani, Urganchda esa qiynoqqa solinmagani, tanqid «uning yo‘nalishi» ekani hamda O‘zbekiston uchun yuragi og‘riyotganini aytdi.
Talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun 2022 yilning 26 dekabridan 2023 yilning 9 yanvariga qadar qishki ta’til beriladi. Mazkur belgilangan tartib nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.
O‘zbekistonda 4 dekabr, yakshanba kuni rasman 153 kishi (shanba kuni — 162 kishi)da koronavirus aniqlandi. Eng ko‘p bemorlar, doimgidek, poytaxtda qayd etildi.
Tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida 13-maktab stadioni buzilayotgani aytilgan xabar tarqaldi. «O‘zbekistonda maktabning yeriga ko‘z olaytirish — jinoyatku!», deyiladi xabarda. Keyinchalik viloyat hokimligi sud qaroriga asosan stadiondagi qurilishi tugallanmagan bino buzilishini ma’lum qildi.
JCH-2022`ning 15-kunida nimchorak finali doirasida Fransiya — Polsha hamda Angliya — Senegal uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu bahslarda Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘z raqiblaridan ustun kelib, chorak finalda o‘zaro kuch sinashadigan bo‘lishdi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov tavalludining 75 yilligi keng nishonlanadi. Dekabrda uning xotira kechasi o‘tkaziladi, hayoti va faoliyati haqida hujjatli film yaratiladi, kitob-albom ham chop etiladi. Qolaversa, Musa Yerniyazov yashagan xonadonda yodgorlik lavhasi o‘rnatiladi.
Poytaxtda havo sovuq, qor yog‘ib, avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lgan. «Toshshahartransxizmat» AJ haydovchilardan zarur bo‘lmasa shaxsiy mashinada yurmaslikni so‘radi. Piyodalar yo‘ldan kesib o‘tayotganda ehtiyot bo‘lishi aytildi. Ayrim avtobuslarning kelish vaqti ham cho‘zilishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting