Arxiv

Prezident davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi
11 sentabr 2024, 10:21

Prezident davlat tibbiy sug‘urtasini joriy etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyevning davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tizim 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish rejalashtirilayotgandi.

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari etib tayinlandi
11 sentabr 2024, 09:07

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari etib tayinlandi

Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan.

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi
11 sentabr 2024, 02:33

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi

Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda
11 sentabr 2024, 01:51

Avstraliyada bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlash rejalashtirilmoqda

Avstraliya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qildi. Minimal yosh chegarasi hali aniqlanmagan, ammo bu 14−16 yosh bo‘lishi mumkin.

“Xottabich” muzqaymoqlarida ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi
11 sentabr 2024, 01:22

“Xottabich” muzqaymoqlarida ortiqcha shakar va bakteriyalar aniqlandi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi qadoqlarida shakar yo‘qligi ko‘rsatilgan “Xottabich” muzqaymoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Mahsulotning ba’zi turlarida ortiqcha saxaroza va ichak tayoqchasi bakteriyalari topildi.

Prezident Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (+foto)
10 sentabr 2024, 22:25

Prezident Toshkentda qurilayotgan Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi (+foto)

Prezident 2025-yilda yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasi qurilishini yana borib ko‘rdi. O‘yinlardan so‘ng majmua milliy sport turlari va aholi salomatligini muhofaza qilish markazi sifatida xizmat qiladi.

10-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
10 sentabr 2024, 22:05

10-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Markaziy Osiyo YETga qo‘shiladigan Rossiya, O‘zbekistonda o‘qitiladigan 160 nafar afg‘onistonlik ayol, o‘quv yili boshida Toshkentda qimmatlashgan ijara narxlari, haydovchilarga joyida jarima qo‘llashning bekor qilinishi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etdi
10 sentabr 2024, 21:21

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston mehmonda Qirg‘izistonni minimal hisobda mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2026 saralashi ikkinchi o‘yinida Qirg‘iziston mehmoni bo‘ldi. Og‘ir kechgan o‘yinda o‘zbekistonliklar ikki bor kambek amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi — 2:3 (video, foto, statistika).

MMTV pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan 10 nafar o‘qituvchiga maktabda ishlashga ruxsat berdi. Bu nega yomon emas?
10 sentabr 2024, 20:54

MMTV pedagogik ma’lumoti bo‘lmagan 10 nafar o‘qituvchiga maktabda ishlashga ruxsat berdi. Bu nega yomon emas?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Teach for Uzbekistan NNT bilan memorandum imzoladi. Bir necha oy davomida loyiha, jumladan, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan, lekin o‘qitishga qobiliyatli mutaxassislarni maktablarda ko‘ngilli sifatida ishlash uchun tanlab oldi va o‘qitdi.

“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida
10 sentabr 2024, 20:47

“Ahvol yaxshi emas”. Boysunliklar — gaz konidagi portlashdan keyingi vaziyat haqida

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” koniga qarashli quduqda 1-sentabr kuni avariya bo‘lib, atrofga oltingugurt gazi tarqalishi boshlangan edi. Ma’lum bo‘lishicha, gaz hidi anqishi hali to‘xtamagan va odamlar salomatligiga ta’sir qilyapti. Aholi vaziyat borasida rasmiy va aniq axborot berilishini so‘rayapti.

Madridda elektr samokatlar ijarasi taqiqlandi
10 sentabr 2024, 20:22

Madridda elektr samokatlar ijarasi taqiqlandi

Madrid hukumati elektr samokatlarni ijaraga beruvchi kompaniyalarning litsenziyalarini bekor qildi, endi shaharda bu transport ijarasi mavjud emas. Hokimlik qarorni xizmatlar piyodalar xavfsizligini ta’minlash shartlarini bajarmagani bilan izohladi.

Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin
10 sentabr 2024, 19:49

Rossiya Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shilishi mumkin

Rossiyaning “Tizim operatori” Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimiga qo‘shiladi, dedi RF Energovazirligi rahbari. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu qarorni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar o‘rtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bog‘liq, deya tushuntirdi u.

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi
10 sentabr 2024, 19:20

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish ishlarini borib ko‘rdi

Prezident Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi qurilish loyihalarini borib ko‘rdi. Ko‘chada milliy ruhdagi zamonaviy uylar, mehmonxona, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari quriladi. Favvoralar, yo‘lakchalar, sayilgoh bo‘ladi. Davlat rahbari ko‘chada ekologiya, sifat va madaniyat uyg‘unlashishi kerakligini ta’kidladi.

Zangiotadagi bo‘yoq sexida yong‘in sodir bo‘ldi
10 sentabr 2024, 19:17

Zangiotadagi bo‘yoq sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatidagi bo‘yoq ishlab chiqarish sexida yong‘in yuzaga keldi. Uni o‘chirish uchun 4 soatdan ortiq vaqt ketdi. Yong‘inda hech kim jarohat olmadi. Hozirda zarar miqdori aniqlanmoqda.

O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi
10 sentabr 2024, 18:39

O‘zbekiston ilk bor sumo bo‘yicha jahon chempionatida medal oldi

Durdona Abdujabborova sumo bo‘yicha jahon chempionatida bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekistonning ushbu sport turi bo‘yicha xalqaro maydondagi ilk yutug‘i bo‘ldi. Turnirda 33 davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi
10 sentabr 2024, 17:59

O‘zbekistonda kichik quvvatli AES loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi

“O‘zatom” huzuridagi AES qurilishi direksiyasi, “Rosatom” hamda “Atomstroyeksport” o‘rtasida O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha ishlarni boshlash to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. Bu qurilish maydonchasida tayyorgarlik ishlarining faollashuvi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish demakdir.

O‘zbekistonda yuk mashinalarning chetki chap qatorda harakatlangani uchun jarima joriy etiladi
10 sentabr 2024, 17:41

O‘zbekistonda yuk mashinalarning chetki chap qatorda harakatlangani uchun jarima joriy etiladi

O‘zbekistonda yuk mashinalari haydovchilariga yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangani uchun ma’muriy javobgarlik joriy etish rejalashtirilmoqda. O‘tgan 7 oyda yuk avtotransport vositalari bilan bog‘liq 303 ta YTHda 108 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 227 nafar fuqaro jarohat olgan.

Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi
10 sentabr 2024, 17:15

Akmal Burxanov korrupsionerlar reyestrining ishga tushirilishi kechiktirilganiga izoh berdi

O‘zbekistonda korrupsiya uchun sudlangan 566 nafar shaxs davlat xizmatiga qayta qabul qilinib, yana shu jinoyatni sodir etgan. Antikorrupsiya agentligi rahbari 2021-yildan buyon muhokamada bo‘lgan korrupsionerlar reyestrini joriy etish haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishga kiritish reja qilinganini bildirdi.

YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda
10 sentabr 2024, 16:59

YPX xodimlaridan qoidabuzarga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati olib qo‘yilmoqda

Senat ko‘rib chiqishi kutilayotgan qonun bilan YPX xodimlarining yo‘l harakati qoidabuzarligini aniqlagan taqdirda haydovchiga joyning o‘zida jarima qo‘llash vakolati bekor qilinmoqda. Shuningdek, skuter, individual harakatlanish vositalari yordamida huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi
10 sentabr 2024, 14:57

O‘quv yili boshlanishi arafasida Toshkentdagi ijara narxlari oshdi

Avgust oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar uchun 1,9 foizga, to‘liq ta’mirlanganlari uchun esa 0,3 foizga oshdi, deya xabar berdi MHTI. Narxlarning ko‘tarilishiga universitetlarda yangi o‘quv yili boshlanishi bo‘yicha kutilmalar asosiy sabab bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting