Energovazirlik tadbirkorlar quyosh panellari o‘rnatishga majburlanayotgani, bu ishni qilmaganlar esa elektrdan uzish bilan qo‘rqitilayotgani haqidagi xabarlarga javoban “quyosh paneli o‘rnatishga majburlash yo‘q”ligini aytdi. O‘zLiDeP esa holatlar tasdiqlansa, vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovlari yubormoqchi.
2003-yilda yopilgan Shahrisabz mahalliy aeroporti fuqaro aviatsiyasi parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. Toshkentdan L410 rusumli samolyotdagi ilk parvoz 1 soat 30 daqiqada yetib bordi. Aerodrom hozirda to‘rt turdagi samolyot va barcha turdagi vertolyotlarni sig‘dira oladi.
Rahbarlar kambag‘al oilalar xonadoniga kirib, sharoitni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsagina natija bo‘ladi, dedi prezident. Endi viloyatdagi 2 ming va tumandagi 12 ming rahbarning har biriga 5 tadan sharoiti eng og‘ir oila biriktirilishi ma’lum qilindi.
Prezident O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanishi va bu borada “juda katta” “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi tayyorlanayotganini aytdi. Jamshid Qo‘chqorovning tizimi oilalarni kambag‘allikdan olib chiqishga mas’ul etib belgilandi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Toyvo Klaar o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. Uni mamlakat tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qutladi. So‘nggi yetti yilda u Yevropa Ittifoqining Janubiy Kavkaz va Gruziyadagi inqiroz bo‘yicha maxsus vakili bo‘lib ishlagan.
FVV vakili Samandar Hikmatullayev Boysundagi vodorod sulfid chiqqan “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konini jilovlash ishlari yaqin kunlarda amalga oshirilishini bildirdi. U gazdan ommaviy zaharlanish holatlari yo‘qligi, ammo odamlar orasida yengil zaharlanish holatlari uchrayotganini tan oldi.
Bosh prokuratura yanvar-iyul oylarida 764 723 ta yangi ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ish haqi va nafaqa pullari bo‘yicha 4,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlanib, 52 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Uning taekvondochi bo‘lishiga oilasi qarshi edi. Akalari: “Senga to‘g‘ri kelmaydi”, deb uni avaylamoqchi bo‘lgan. Chunki u chap qo‘l pleksiti bilan dunyoga kelgan. Ammo u o‘z bilganidan qolmadi va yakunda ikki karra Paralimpiya sovrindoriga aylandi. “Iroda” loyihasida — parataekvondochi Guljanoy Naimova hikoyasi.
Sadir Japarov Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qirg‘izistonlik bokschiga sekundantlik qilgan o‘zbekistonlik murabbiy Akmal Hasanovga Tracker avtomobilini sovg‘a qildi. Avvalroq u “Chingiz Aytmatov” medali bilan taqdirlangandi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi “Kutubxona” loyihasini davom ettiradi. Bu galgi mehmon — adabiyotshunos olim, pedagogika fanlari doktori, professor Qozoqboy Yo‘ldoshev. “Millatning hozirgi ahvoliga kutubxonalar kerak emas, degan o‘y bor. Lekin… o‘qimagan millat kuchli bo‘lmaydi”, deydi u.
Sentabr oyida “Ipak yo‘li durdonasi” XVI Toshkent xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tadi. Dasturdan Raj Kapur yubileyiga bag‘ishlangan tadbir, Alen Delon filmlarining retrospektivi hamda xorijiy rejissyor va aktyorlarning mahorat darslari o‘rin olgan.
Amerikalik 20 nafar o‘qituvchi O‘zbekistonga 10 ta hududdagi maktab va universitetda ingliz tilidan dars berish uchun keldi. Mamlakatda 2019-yildan buyon 98 nafar amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi 21 ta davlat maktabi va 30 dan ortiq universitetda ishlamoqda.
Termiz shahri va Termiz tumanida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga gaz quvurida o‘rnatilgan gaz bosimini nazorat qiluvchi qurilmadagi nosozlik sabab ekani ma’lum qilindi.
AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.
Toshkent shahrida Spark haydovchisi 363 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgan va uning jarima summasi 240 mln so‘mdan oshib ketgan. MIB avtomobilni sotishga urinish chog‘ida xatlovga oldi. U qarz qoplanishi uchun auksion savdolariga chiqariladi.
Shavkat Mirziyoyevning davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Tizim 1-oktabrdan boshlab Toshkent shahri va Sirdaryo viloyatida, 2025-yil 1-yanvardan Qoraqalpog‘iston Respublikasida joriy etish rejalashtirilayotgandi.
Izzat Shukurov Yandex Uzbekistan rahbari bo‘ldi. U bungacha Payze`ning Markaziy Osiyo mintaqasiga rahbarlik qilgan va Newmax Technologies kompaniyasi direktori bo‘lgan.
Firibgarlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan 32 yoshli erkak Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. U 2 yil davomida fuqarolarning umumiy hisobda 60 ming dollar miqdoridagi pulini o‘zlashtirganlikda gumonlanmoqda. Undan jabr ko‘rgan fuqarolardan konsullik yoki IIVga murojaat qilish so‘raldi.
Avstraliya hukumati bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlovchi qonun tayyorlayotganini ma’lum qildi. Minimal yosh chegarasi hali aniqlanmagan, ammo bu 14−16 yosh bo‘lishi mumkin.
Raqobat qo‘mitasi qadoqlarida shakar yo‘qligi ko‘rsatilgan “Xottabich” muzqaymoqlarini sinovdan o‘tkazdi. Mahsulotning ba’zi turlarida ortiqcha saxaroza va ichak tayoqchasi bakteriyalari topildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting