YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta saylov uchastkalarida jiddiy qonunbuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
Harbiy xizmatchilar «Forish» tog‘ dala-o‘quv maydonida murakkab va harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘li hududlarda jangovor vazifani bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirdilar.
Elektron mehnat daftarchasi, avtomatlashtirilgan yo‘l haqi to‘lash tizimi, «yagona milliy mehnat tizimi», bekor qilinayotgan talablar va boshqalar. 1 yanvardan nimalar o‘zgaradi?
YeXHT DIIHB missiyasi 25 noyabridan 25 dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to‘g‘risidagi dastlabki hisoboti e’lon qilindi.
Davlat komissiyasi 2020/2021 o‘quv yili qabulidan bakalavriat uchun test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasini tasdiqladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 280,5 ball.
2017−2019 ovqatdan zaharlanish oqibatida 1700 nafar fuqaro, shu jumladan 665 nafar bola jabrlangan. 15 kishi vafot etgan.
O‘tgan hafta Qozog‘istonda qor bo‘roni va yaxmalak sababli 104 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 39 kishi vafot etdi.
2020 yil 1 yanvardan tajriba tariqasida ayrim davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va hududlarda davlat xizmatiga qabul ochiq mustaqil tanlov asosida amalga oshiriladi.
Sharof Rashidov tumanida zamonaviy agrologistika kompleksini barpo etish maqsadida MCHJ shaklidagi «BMB-NRC Agrologistics» O‘zbekiston-Rossiya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.
Videokonferensaloqa rejimida o‘tkazilgan Oliy sudi Plenumining majlisida bir qator qarorlar loyihasi muhokama qilindi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov UFC reytingida TOP-15 ga kirgan sportchining shartnomaga imzo chekishini kutayotganini bildirdi.
Qisqarayotgan hujjatlar va vakolatlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirishga o‘tayotgan OTMlar, hokimliklarning boshqa davlat organlariga o‘tayotgan vakolatlari va boshqa o‘zgarishlar — 1 yanvardan qisqarayotgan hujjatlar va vakolatlar.
Xitoy kompaniyasidan 6193 ta bodikamera xarid qilindi. Ulardan 2020-yilning 1-yanvaridan boshlab foydalaniladi.
Mudofaa vazirligining «Yirik kalibr» Oliy liga QVZ o‘yinlarining finalida 19,3 ball bilan 2019 yil chempioniga aylandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi shaxs mast holda o‘zi bilan yashab kelayotgan ayolning voyaga yetmagan qizini 4-qavatdan tashlab yuborib, o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ayblanuvchi qo‘lga olingan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov 2019 yilda Osiyoning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurash olib boradi. Nomzodlar orasida «Liverpul», «Tottenxem», «Guanchjou Evergrand» futbolchilari ham bor.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. U ovoz berishning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Janubiy Koreyaning Kobea Group kompaniyasiga O‘zbekistondagi birinchi kripto-birjani ochishga litsenziya berildi.
Ko‘rish darajasi pastligi sababli Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralida 80 kishi, jumladan 36 nafar avtobus yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda havoning isishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +10… +15 darajagacha ko‘tariladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting