18 oktabr kuni tong soat 06:55 larda Farg‘ona xalqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan HOWO yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, aholi yashash uylaridan biriga borib urildi. YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan.
NovaStroy kompaniyasi yangi loyiha Livingood majmuasida sotuv jarayonini cheklangan muddatli maxsus chegirma bilan boshladi.
Toshkentda tezlik pasaytirilishi haqidagi xabar, kutilganidek, aksariyat aholining noroziligiga sabab bo‘ldi. Transport vazirligi vakili Murod Obidov haydovchilarning xavotiri nega asossiz ekanini tushuntirib berdi. Odamlarning hayotini saqlab qolish uchun «tezlikni pasaytirish birinchi va minimal choradir».
Ifloslangan Toshkent havosi, 20−21 oktabrda Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi, kaltaklangan Toshkentdagi «Tez yordam» xodimlari, vazirlar va qo‘mita rahbarlari o‘rinbosarlari tumanlarga hokim bo‘layotgani, yomg‘irli kunlar, 5 kunga yopiladigan ko‘chalar va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Rossiyaning Krasnodar o‘lkasi Yeysk shahridagi turar-joy binosi yaqiniga Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti qulab tushdi. Yong‘in binoning beshinchi qavatgacha qismini qamrab oldi.
Ko‘chalarda tirbandlik, katta qurilishlar, daraxtlarni kesish, magistral yo‘llar va maysazorlarga keng ko‘lamda suv sepilmasligi, shahardagi atmosfera bo‘shlig‘ining past shamollatilishi havoning yuqori darajada ifloslanishiga olib keladi. O‘zgidromet vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
1 dekabrdan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi. Subsidiyaga talabgorlarni tanlab olishda ma’lumotlar subsidiya.idm.uz dasturida yig‘iladi.
Toshkent shahrida Farhod ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 17−21 oktabr kunlari qisman yopiladi. Bu vaqtda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Hukumat karori bilan seysmik faol zonalarda quriladigan obyektlarga ilmiy xulosalar beriladi. Loyiha-smeta hujjatlari zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosa va ekspertizadan o‘tkazish uchun FAga yo‘naltiriladi. Shundan so‘ng, 3 oygacha tajriba-sinov natijalari asosida ilmiy xulosa qabul qilinadi.
O‘zgidromet dushanba kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha Toshkent shahrida atmosfera mayda chang zarrachalari bilan ifloslanishi kuchayishini ma’lum qildi. Poytaxt aholisi va mehmonlaridan imkon boricha uydan chiqmaslik va ko‘chada tibbiy niqob taqib yurish so‘ralmoqda.
Turkiyaning qurilish, energetika va infratuzilmaviy rivojlanish loyihalarini amalga oshiruvchi kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirishni reja qilmoqda. Tomonlar yil oxirigacha tegishli vazirlik va idoralar bilan o‘zaro hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashishga kelishib oldi.
Mirobod tumanida yuk mashinasi, avtobus va Nexia-3 avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Avtohalokatga yuk mashinasi tormoz tizimidagi nosozlik tufayli haydovchi transportni to‘xtata olmagani sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida tan jaroxat olganlar yo‘q.
Hukumat qarori bilan madaniyat va san’atni yuksaltirish, uning xalqaro nufuzini oshirishda katta hissa qo‘shganlar «Yangi O‘zbekiston yulduzlari» madaniyat va san’at milliy mukofoti bilan taqdirlanadi. Bunda 20 ta nominatsiya bo‘yicha har bir yo‘nalishda eng yaxshi 3 nafar nomzod tanlab olinadi va ovozga qo‘yiladi.
Shavkat Mirziyoyev 20−21-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Turkmanistonda bo‘ladi. Ikki mamlakat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari o‘tkaziladi. Shuningdek, prezident hafta davomida mahalla infratuzilmasi, ma’muriy islohotlar va qishloq xo‘jaligi borasida muhokamalar o‘tkazadi.
Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashi poytaxt kengashidan so‘ng viloyatdagi transport vositalarining harakat tezligini 70 km/soatdan 60 km/soatgacha kamaytirishni ma’qulladi. Bu tezlikni me’yoridan oshirish oqibatida avariyalar ko‘p sodir etilayotgan 52 ta ko‘chada amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisini kaltaklagani aytilmoqda. U o‘sha paytda noadekvat holatda yon-atrofdagilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan «Toshkent viloyatining oltin halqasi» tashkil etilmoqda. Bu bo‘yicha bosh reja tuzilib, infratuzilma davlat tomonidan rivojlantiriladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobodga, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobodga va monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,83 so‘mga qimmatlab, 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting