Ko‘rish darajasi pastligi sababli Olma Ota-Toshkent-Termiz avtomagistralida 80 kishi, jumladan 36 nafar avtobus yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda havoning isishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +10… +15 darajagacha ko‘tariladi.
O‘zbekiston 2020-yil bahoriga qadar Ozarbayjon va Gruziyaga tranzit poyezdlari harakatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov kunida qonunbuzarliklar, jumladan soxta bayonnomalar va kuzatuvchilar faoliyatiga to‘sqinliklar haqida xabar qildi. MSK va Bosh prokuratura ushbu xabarlarni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, yana Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi.
MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovida 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi.
Saylov kampaniyasi vaqtida Bosh prokuratura tomonidan shakllantirilgan shtabga saylovlar bilan bog‘liq 65 ta murojaat kelib tushdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 162- saylov uchastkasida saylovda ovoz berib, fuqarolar, xorijlik kuzatuvchilar va OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining fotoreportaji.
Qamchiq dovonida transport harakati vaqtinchalik to‘xtatilgani bois Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga buyurtma avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Bojxonachilar O‘zbekiston orqali o‘z tanalarida jami 5,7 kg dan ziyod geroinni olib o‘tmoqchi bo‘lgan olti nafar narkokurerni qo‘lga oldi.
«UZBAT A.O» kompaniyasi va yakka tartibdagi tadbirkor Toshkentda tarkibida nikotin bo‘lgan mahsulotni noqonuniy ravishda reklama qilgani aniqlandi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgda MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
«Qamchiq» dovonida qor ko‘chkisi xavfsi borligi uchun «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘xtatildi.
Oliy sud 19 nafar mahkuma ayolning qilmishiga iqror va pushaymon bo‘lganini hisobga olgan holda ularning jazo muddatlarini qisqartirdi. Jazo muddatlari qisqargani sababli ayollar ozod qilindi va oilalari bag‘riga qaytdi.
Janubiy Koreya kompaniyasi birlan hamkorlikda neft-gaz sohasida quvurlar sifatini putur yetkazmasdan nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekistonda yagona laboratoriya tashkil etildi.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning qariyb barcha viloyatlarida sezildi.
Dam olish kunlari O‘zbekistonda sovuq ob-havo saqlanib qoladi, tuman tushishi, shamol tezligi kuchayishi va yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Yakshanba kuni kechqurun harorat −5…0 darajagacha tushadi.
Davlat test markazi sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish hamda 200 mln so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirish maqsadida «Gazeta.uz» va uning muallifi Komil Jalilovni sudga berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioda Yaponiya imperatori Naruxito bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting