Mirobod tumanida erkak chaqiruvga kelgan «Tez yordam» xodimi va haydovchisini kaltaklagani aytilmoqda. U o‘sha paytda noadekvat holatda yon-atrofdagilarga tajovuz qilayotgani ma’lum bo‘lgan. Mirobod tuman IIB holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda.
Zangiota, Chinoz, Ohangaron, Angren, Parkent va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘laydigan «Toshkent viloyatining oltin halqasi» tashkil etilmoqda. Bu bo‘yicha bosh reja tuzilib, infratuzilma davlat tomonidan rivojlantiriladi.
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Sirojiddin Berdiqulov Nurobodga, favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Latifjonov Paxtaobodga va monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida raisi o‘rinbosari Bekzod Ummatov Asaka tumaniga hokim etib tayinlandi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 11,83 so‘mga qimmatlab, 11 143,28 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Hozirda islom moliyasi sektori yiliga 15% dan 25% gacha o‘sib bormoqda, bu yo‘nalishdagi institutlar esa jahonda $2,7 trlndan ortiq aktivlarni boshqarmoqda. Islom moliyasining O‘zbekistondagi o‘rni qanday? Foiz bo‘lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Javoblar — «Gazeta.uz» materialida.
Xvason shahri Savdo-sanoat palatasi O‘zbekistonga beg‘araz asosda uchta ijtimoiy avtomobilni taqdim qildi. Uni Koreya Respublikasining savdo va investitsiyalarni rivojlantirish agentligi (KOTRA) yetkazib berdi.
Hukumat qarori bilan davlat organlari va tashkilotlarining qorovullik xizmatlari huquqbuzarliklar kuzatilsa, IIB va Milliy gvardiya xodimlariga xabar beradi. Ular kelguncha, hodisa izlari saqlanishini ta’minlaydi. Ular xabar bergan jinoyat bartaraf etilsa, 1 martalik pul mukofoti olishi mumkin.
USAID tomonidan qo‘shimcha ajratilgan $5,35 mln grant Xalq ta’limi vazirligi bilan ingliz va o‘zbek tillari, matematika va IT fanlarni o‘qitishni takomillashtirish, shuningdek, 8−11-sinf o‘quvchilariga tadbirkorlik ko‘nikmalarini o‘rgatish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
O‘zbekiston hududida haftaning birinchi yarmida yomg‘irli ob-havo kuzatiladi. Payshanba va juma kunlari esa yog‘ingarchiliksiz o‘tadi. Harorat kunduzi +25 darajagacha iliq, kechasi +8 daraja atrofida bo‘ladi.
Qarshidagi manzil koloniyasidan mahkum ruxsatsiz chiqib ketdi. U 2015 yilda 14 yoshga kirmagan shaxsni zo‘rlagani uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2020 yilda esa yopiq turdagi qamoqxonadan manzil koloniyasiga o‘tkazilgan. U qo‘lga olindi va hozirda yopiq turdagi koloniyaga qaytarish masalasi ko‘rilmoqda.
Quyi Chirchiqda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 3 kishi taksi haydovchisini 14 mln so‘m uchun bo‘g‘ib o‘ldirgani aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Ular orasida maktab o‘quvchisi ham bor.
Ona tiliga ehtiyoj sezmagan ijtimoiy sharoit tirik tilni ham o‘ldirishi mumkin. Xulosa aniq: xato qilishdan qo‘rqmay ona tilini faol nutqiy vaziyatda charxlash lozim. E’tibor berishlarini kutish befoyda — hayqirish kerak!, deb yozgandi Irisali Toshaliyev 1991 yildagi maqolasida.
Hukumat qarori bilan Milliy paralimpiya qo‘mitasi huzurida Paraolimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash instituti tashkil etildi. Mutaxassislar «El-yurt umidi» jamg‘armasi yordamida xorijda malaka oshirib keladi.
Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Akmal Mirzayev Sardoba tumaniga, Hamidullo Inomov esa Farg‘ona tumaniga hokim bo‘ldi. Qolaversa, Qashqadaryo hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi. Hokimning yana bir o‘rinbosari va Chiroqchi hokimiga esa «hayfsan» berildi.
Quvaytda yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Farg‘ona shahrida 1150 dona «Tramadol», 14 dona «Regapen» va 141 dona «Tropikamid» kabi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarni xonadonida saqlab kelgan fuqaro va unga aloqador shaxs ushlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda qo‘lga olindi.
2022 yilning 9 oyida «103» xizmatiga jami 4 ming 452 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. SSVning ma’lum qilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning ayni shu davriga nisbatan ikki barobar kam.
Qashqadaryoda yuz bergan avariyada Spark beton to‘siqqa urilishi oqibatida haydovchi va uning yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Farg‘onada sodir bo‘lgan avtohalokatda esa 5 yoshli qizaloq vafot etdi.
Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan Dubay shahri hozirda ko‘pchilik tomonidan «kelajak shahri» deya tilga olinadi. Bir paytlar sahroning bir qismi bo‘lgan va undan «tortib olingan» ushbu shahar haqida sizga batafsil ma’lumot beramiz.
Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting