Hukumat qarori bilan Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanishi belgilandi.
Toshkentda metroning Yunusobod yo‘nalishi qurilishining ochiq uchastkasida tuproq o‘pirilishi ro‘y berdi.
Senat yo‘l qoplamalarini sifatsiz ta’mirlaganlik va yo‘llarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun jarimalar joriy etishni ma’qulladi. Toshkentda yo‘l ishlariga 574 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, 254 ta holatda qoplamalar sifatsiz tiklangan yoki mutlaqo tiklanmagan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nagoyada tahsil olayotgan va fan bilan shug‘ullanayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyevga Nagoya universiteti faxriy doktori unvoni berildi. Prezident ilmiy-akademik almashuvlar va texnologiyalar transferi bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma fondini tashkil qilishni taklif etdi.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov O‘zbekistonning uchta viloyatida jahon talablariga javob beruvchi golf klublari ochilishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiyada Aichi prefekturasi gubernatori va Nagoya meri bilan uchrashdi. Uchrashuvlarda qator loyihalarni amalga oshirish, jumladan Toshkentda Nagoya Yuksak texnologiyalar parkini barpo etish masalalari muhokama qilindi.
AQSH prezident Shavkat Mirziyoyevning tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish shaklidagi jazoni bekor qilish haqidagi ko‘rsatmasini olqishladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning Nagoya shahriga yetib bordi. Tashrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boshlanadi.
Olimpiya o‘yinlari chempioni Ilias Iliadis O‘zbekiston dzyudo federatsiyasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
«Eski ToshMI» yaqinida Movarounnahr ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasiga qayrilib olish joyini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Pokistonning sobiq prezidenti Pervez Musharrafga nisbatan o‘lim jazosi tayinlandi. U davlat to‘ntarishida aybdor topildi.
Osiyo taraqqiyot banki Toshkentning Sergeli tumanida maktablar qurilishiga xususiy hamkorlarni jalb qilishda XTVga maslahatchisi sifatida yordam beradi.
2020 yilda O‘zbekistonda yapon tadqiqotchisi Kyudzo Kato nomidagi yodgorlik majmuasi va muzey ochiladi. Arxeolog, antropolog, tarixchi va etnograf umrining 25 yildan ko‘prog‘ini respublikadagi merosni o‘rganishga bag‘ishladi.
Reklama agentliklari — Toshkentdagi reklama konstruksiyalari egalariga — 26 dekabrga qadar bilbordlarni tartibga keltirish va ularni tashkilot nomi va aloqa raqamlari bilan ta’minlash topshirildi.
«Toshshahartransxizmat» raisi Mohir Valiyev lavozimidan ozod qilindi. Kompaniya rahbari vazifasini bajarish poytaxt transport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Jo‘rayevga yuklatildi.
Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Gulnor Sulaymonova va Abror Jabborov doping qabul qilgani uchun sportdan chetlatildi.
Prezident imzolagan qonun bilan, maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari AQSHda har yili an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan «Eng yaxshi jangchi» tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting