Fors ko‘rfazi bo‘yida joylashgan Dubay shahri hozirda ko‘pchilik tomonidan «kelajak shahri» deya tilga olinadi. Bir paytlar sahroning bir qismi bo‘lgan va undan «tortib olingan» ushbu shahar haqida sizga batafsil ma’lumot beramiz.
Rossiyaning Belgorod viloyatidagi harbiy poligonda safarbar qilingan askarlarga ommaviy o‘q uzildi. RF Mudofaa vazirligi hodisani terakt deb atab, «MDH davlatlaridan biri»ning ikki fuqarosi o‘t ochganini ma’lum qildi. 11 kishi halok bo‘lgani va 15 kishi yaralangani aytilmoqda, qurbonlar ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Davlat tili haqidagi qonun sustkashlik bilan amalga oshirilayotganining sababi muttasil nazoratning yo‘qligidir… Xullas davlat tili haqidagi qonunni amalga oshirish avvalo rahbariy tashkilotlarning harakatiga bog‘liqdir, deb yozgandi G‘anijon Abdurahmonov bundan 30 yillarcha muqaddam.
Sharof Rashidov tumanida joylashgan Paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 2 ta g‘aramning ustki qismi yonib ketdi. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
G‘uzor tumanida Gentra haydovchisi boshqaruvni yuqotishi natijasida yo‘lning chap tomoniga chiqib ketib YTH sodir etdi. Oqibatda u tan jaroxati bilan shifoxonaga yotqizildi, mashinada bo‘lgan yo‘lovchi esa vafot etdi.
O‘zbekiston MDH doirasida erkin savdodagi cheklovlarni to‘liq bekor qilishga tayyor, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi sammitda. Uning ta’kidlashicha, dunyodagi yangi xatarlar sharoitida hamkorlikda yangi — «Termiz-Peshovar» va «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» logistika yo‘laklarini rivojlantirish muhim.
Tong Jahoni va “Rus sidyashaya” huquqni himoya qilish tashkilotlari rahbarlari Valentina Chupik va Olga Romanova “Gazeta.uz"ga Rossiyada mehnat qilayotgan va hibsdagi O‘zbekiston fuqarolari Ukrainaga urushga qanday jalb qilinayotgani haqida so‘zlab berishdi. Ushbu tashkilotlar aloqa raqamlarini ham taqdim etamiz.
Yangihayot tumanida Veolia Energy Tashkent xorijiy kompaniyasi xodimi $600 pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. U shu yo‘l bilan abonentning qarzini so‘ndirishga va’da bergan.
YUNISEF o‘smirlarning ruhiy salomatligini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston tarixidagi ilk tadqiqot natijalarini taqdim etdi. Unga ko‘ra, o‘quvchilarning katta qismi (15,4%) o‘rtacha va o‘ta og‘ir bezovtalik va depressiyadan (9,8%) aziyat chekmoqda. Tadqiqot xulosasi va tavsiyalari — «Gazeta.uz» materialida.
Og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida -102 kg vazn toifasida qatnashgan o‘zbekistonlik Sharofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Avvalroq Adhamjon Ergashev terma jamoa hisobiga 3 ta oltin medal keltirgandi.
Uchko‘prik tuman hokimligi binosida bir vaqtning o‘zida 16 nafar fermer o‘z yerlaridan «ixtiyoriy» voz kechish uchun ariza rasmiylashtirgani ma’lum bo‘ldi. Buning uchun notarius ham hokimlikka chaqirilgan. Adliya vazirligi buni prezident farmoniga zid deb topdi va arizalarni bekor qilish bo‘yicha choralarni boshladi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi texnikasi va yengil avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha shartnomani tayyorlaydi. Tomonlar dori vositalari va tibbiyot buyumlari muomalasi sohasida ham hamkorlik qilishga kelishib oldi.
O‘zbekiston prezidenti Turkiya shimolidagi shaxtada yuzaga kelgan portlashda insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘ldi.
YeTTB hamda SmartGov konsalting byurosi hamkorlikda O‘zbekistonda tadbirkor ayollar uchun mentoring dasturini ishga tushirdi. Unda tajribali tadbirkorlar biznesga endi kirib kelayotgan xotin-qizlarga ko‘maklashadi. Loyiha ayollar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan, dedi Aziza Umarova.
Tanzila Narbayeva «Better Cotton Initiative» (BCI) nodavlat notijorat tashkiloti menejeri Reychel Bekket bilan uchrashdi. Unda BCI`ning Toshkentdagi vakolatxonasini tez kunlarda ta’sis etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yakshanba kuni «Business Run» marafoni o‘tkazilishi sabab Islom Karimov, Afrosiyob hamda Sharof Rashidov ko‘chalari soat 06:00 dan soat 11:00 gacha yopiladi.
Quvaytda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ko‘pkurash bahslarida Nodir Norboyev, balandlikka sakrash dasturida Barnoxon Sayfullayeva oltin medal oldi. Avvalroq, 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrash bahsida oltin medalga ega chiqqandi.
Toshkent viloyatida 3 nafar harbiy xizmatchi bankomatlarni buzishga uringani xabar qilingandi. Mudofaa vazirligi qo‘lga olinganlar vazirlikka aloqasi yo‘qligini, ular IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ekanini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan «Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlandi. Hujjat pensiya bilan bog‘liq barcha yuridik masalalarni tartibga soladi.
Ona tilimiz tarixining yechimini kutayotgan nazariy va amaliy muammolari talaygina. Ularni ilmiy asosda hal etish o‘zbek adabiy tili rivojida yangi bosqichni boshlab beradi, deb yozgandi Umarali Normatov va Nasimxon Rahmon 2007 yilda. «Gazeta.uz» «O‘zbek tili oyligi» doirasida maqolani qayta e’lon qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting