Hukumat qarori bilan umumiy maydoni 21687,5 gektar bo‘lgan Xorazm milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi.
O‘zbekiston prezidenti tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Chorshanba kuni havo keskin o‘zgaradi, sinoptiklar shamol tezligi kuchayib, tuman tushishi, yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishini bashorat qilmoqda.
Andijon viloyatidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobil portladi, uning haydovchisi jarohatlandi.
Toshkentda birinchi Hilton mehmonxonasi ochildi. O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham ushbu brend ostidagi mehmonxonalar ochilishi mumkin.
Senator tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan bazadan xayriya uchun mablag‘lar ajratish imkoniyatini berishni taklif qildi. DSQ rahbari nazorat mexanizmi yo‘qligi uchun bu soliqqa tortiladigan bazaning qisqarishi va byudjetga tushumlar kamayishiga olib kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
Qozog‘istonning Karaganda viloyatida avtomobillar yuzma-yuz to‘qnashuvi natijasida bir o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi.
Senatorlar tomonidan ma’qullangan notariat tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun xususiy notariuslar faoliyatiga huquqiy jihatdan ijozat beradi va yangi turdagi notarial harakatlarni joriy etadi.
Toshkentda 1-Tibbiyot Akademiyasi, Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji, 2-Tibbiyot Akademiyasi hamda «Gulshan» bog‘i hududlarida 4 ta ko‘p tarmoqli klinika quriladi.
Qashqadaryoda UzGTL loyihasini amalga oshirishga jalb qilingan ishchilar ommaviy ovqatdan zaharlandi. 65 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Senat «Milliy gvardiya to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Unda bevosita prezidentga bo‘ysunadigan Milliy gvardiyaning vakolatlari va vazifalari belgilandi.
Prokurorlar va DXX harbiy xizmatchilari rahbariyat ruxsatisiz ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Senat qonunga kiritilgan tuzatishlarni ma’qulladi.
19 dekabrdan e’tiboran «Toshkent — Moskva — Toshkent» yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda qatnovlar Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi.
Senatorlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi. Iqtisodiyotga tushadigan soliq yuki kamaytiriladi, soliqlar soni esa maqbullashtiriladi.
«Davlat boji to‘g‘risida"gi qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. U avval Soliq kodeksiga kiritilgan davlat bojlarini umumlashtirdi.
Xiva, Namangan va Nukusda prezident maktablari ochildi. Mashg‘ulotlar ingliz tilida olib boriladi, pedagoglar Buyuk Britaniya va Afrika mamlakatlaridan taklif qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17−20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.
2020 yil 1 aprelidan fuqarolarni qo‘lga olish bo‘yicha harakatlar protsessual huquqlarini tushuntirgan holda majburiy videotasvirga olish hamda ularning qarindoshlarni bu haqda xabardor qilish joriy etiladi. Prezident bu haqdagi qarorni imzoladi.
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev avgust oyida uni majburiy so‘roqqa olib borish bo‘yicha amaliyot chog‘ida «Alfa» maxsus xizmati zobitini o‘ldirishda ayblanmoqda.
Bosh prokuratura yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga doir javobgarlik kuchaytirilganligiga qaramasdan, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar soni oshib borayotganini ma’lum qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting