Bosh prokuratura yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olishga doir javobgarlik kuchaytirilganligiga qaramasdan, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar soni oshib borayotganini ma’lum qildi.
Shanba kuni havo sovib, yog‘ingarchilik kutilmoqda — yomg‘ir qorga aylanadi. Yakshanba kechasi sovuq bo‘ladi.
Britaniyadagi parlament saylovlarida bosh vazir Boris Jonson boshchiligidagi konservatorlar g‘alaba qozondi. Ular Brexit shartnomasini darhol ratifikatsiya qilmoqchi.
YUNESKO Xorazm lazgi raqsini Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritdi. Baxshichilik va etnik sport turlarini ushbu ro‘yxatga kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Prezident tajribasizlik O‘zbekistonning eng nozik joyi ekanini ta’kidladi va davlat ishtirokidagi korxonalar «o‘z oyoqlari ostidagi» imkoniyatlardan foydalanmayotganini ma’lum qildi.
Xalq ta’limi vazirligi maktablarda besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish va yozgi ta’til evaziga qishgi ta’til muddatini uzaytirishni qo‘llab-quvvatlamadi. XTV bunday qarorga kelishdan avval javob berish kerak bo‘lgan sakkiz savolni sanab o‘tdi.
2020 yildan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun daromad solig‘ining qat’ay belgilangan miqdori hozirgidan 25−50 foizgacha pasaytiriladi.
Ichki ishlar vazirligi IIV nomidan pornosaytlarga kirganlardan «jarima» undirayotgan kiberfiribgarlar haqida ogohlantirdi.
Andijon viloyatidagi temir yo‘l stansiyasida ikkita bo‘sh vagonning relslardan chiqib ketishiga g‘ildiraklari ostiga tormoz tirgaklari qo‘yilmagani sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobil yoqilg‘isi, alkogol va sigaretlar aksiz solig‘i 2020 yildan oshirilmoqda.
Buxoro viloyatining Peshku tumanida «Moliyaviy piramida» tashkil etgan shaxs fuqarolarning 577,4 ming dollari va 22,5 mln so‘mini qo‘lga kiritgani aniqlandi.
Deputatlar saylovida muddatidan oldin ovoz berish O‘zbekiston va chet eldagi saylov uchastkalarida 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Madaniyat vazirligi Xivadagi Tosh hovli majmuasiga alyumin romlar o‘rnatilganini xabar qildi. Hujjatlar prokuraturaga taqdim etiladi.
Turizm qo‘mitasi barcha ta’lim muassasalarida besh kunlik o‘quv haftasiga o‘tish hamda yozgi ta’til muddatini qisqartirish hisobiga qishgi ta’tilni uzaytirishni taklif qildi.
«O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan bir hafta ichida 7 mlrd so‘m miqdoridagi gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
«Davlat ishtirokini hech zarurat bo‘lmagan sohalarda ham saqlab turibmiz», — dedi prezident davlat ishtirokidagi korxonalar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda.
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan uchta pulli avtoyo‘l va ikkita pulli tunel qurish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Sankt-Peterburgda sud 11 kishiga nisbatan hukm o‘qidi. Ular 2017 yilda metroda terakt uyushtirishda ayblanmoqda. Hech kim aybiga iqror bo‘lmadi.
Mahalliy kengashlarga avtotransportga egalik qilish uchun yillik yig‘im hamda yoqilg‘i uchun (yoqilg‘i birligi uchun 25 so‘mgacha) maxsus yig‘im joriy etishga ruxsat berildi. Ushbu yig‘imlar mintaqaviy yo‘llarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
O‘zbekistonda 2020 yildan boshlab 29 ta idoralararo komissiya va kengashlar, jumladan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l xo‘jaligi kengashi, bojxona tartib-taomillari va eksport-import operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh va boshqalar tugatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting