«Namangan-Nanay» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt avtomobili to‘xtatilganda, salon qismida 200 ming AQSh dollari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi. Fuqaro pullarni noqonuniy ravishda Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lgani aytilmoqda.
Jeymi Oliver retseptidagi kish, sabzavotli, tovuq va pomidorli kish, pishloq-qo‘ziqorinli usti ochiq pirog, tunets balig‘i va ismaloq solib pishirilgan kish va boshqalar — Zira.uz noodatiy taomlarni xush ko‘ruvchilar uchun mazali ochiq piroglar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon MDH sammitida RF rahbari Vladimir Putinga uning mamlakati Rossiya manfaatlariga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lgani hamda o‘zaro hurmatni xohlashini aytdi. U RFdan Markaziy Osiyo mamlakatlariga sobiq Ittifoq vaqtida bo‘lganidek munosabat qilmasligini so‘radi.
Sho‘rchi tumanida 14 yoshli voyaga yetmagan fuqaro Nexia avtomashinasi bilan YTH sodir etdi. Oqibatda mashinadagi 2008 yilda tug‘ilgan o‘smir halok bo‘ldi.
Davlatobod tumanidagi 58-maktabda «Geografiya» fani o‘qituvchisi o‘zi rahbarlik qilayotgan 5-«v» sinfdagi o‘quvchini xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, kaltakladi. Holat bo‘yicha sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi. XTV matbuot kotibi o‘qituvchilardan har qanday holatda og‘ir va vazminlik saqlashni so‘radi.
MDH davlatlarini savdodagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etishga chaqirgan O‘zbekiston, narxi oshgan turar-joylar, Volkswagen urib yuborishi natijasida vafot etgan 64 yoshli ayol, ajralishlar soni ko‘paygani, bir nechta elektron raqamli imzoga ega bo‘lish imkoniyati va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.
Yangi tahrirdagi Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Unga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar bir nechta elektron imzoga ega bo‘lishi mumkin, faqat u 2 yilga beriladi. Har bir kalitning sertifikati alohida ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘istondagi namoyishlarda ishtirok etganlikda gumonlangan yana 38 kishi oilalari bag‘riga qaytarildi. Ular Jo‘qorg‘i Kenges raisining so‘rovi va deputatlik kafolatlari asosida hibsxonadan chiqarildi. Avvalroq 34 nafar gumondor ham ozodlikka chiqarilgandi.
Samarqandda Volkswagen piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda voqea joyida vafot etdi. Haydovchi esa piyodani ko‘rmay qolganini aytdi.
2022 yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nikohlar soni 4,7 foizga kamaygan, ajralishlar esa 18,7 foizga oshgan.
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari sammitidagi nutqida o‘zaro savdo yo‘lidagi to‘siqlarni tezkor bartaraf etish va yangi logistika yo‘laklarini hamkorlikda rivojlantirishga chaqirdi. Davlat rahbari MDH mamlakatlari yosh olimlarining I kongressini kelasi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni ham taklif qildi.
Quvaytda o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik 15 yoshli Sharifa Davronova uzunlikka sakrashda 6,06 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Samarqandda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti yo‘lni ajratib turuvchi temir to‘siqqa urildi, buning oqibatida konstruksiya mashinaning o‘rtasidan teshib o‘tdi. Ikki erkak va uch ayol voqea joyida vafot etdi.
Markaziy bank 14-oktabr uchun o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 11 108,25 so‘m etib belgiladi. Tijorat banklari ham dollarning sotish va sotib olish bo‘yicha yangi qiymatini e’lon qildi.
Samarqandning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida avtobus haydovchilari janjallashib qoldi. Haydovchilardan biri harakatni boshlagan avtobus yon oynasiga osilib oldi. Oqibatda u avtobus tagiga yiqilib, vafot etdi.
Alibek Rustamov 1990 yildagi maqolasida iboralarning noto‘g‘ri qo‘llanishini tanqid qilib, o‘ynab gapirsa ham, o‘ylab gapirish zarurligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «shohmotchi bellashmaydi — dona suradi», bundan Farg‘onacha bel ushlashib ko‘rishdilar, degan mazmun chiqadi. Maqolada bu kabi misollar talaygina.
O‘zbekistonda dam olish kunlari havo iliq va quruq bo‘ladi. Harorat +29 darajagacha yetishi mumkin. Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Joriy yilning III choragida ikkilamchi bozorda turar-joy narxlari 5,2%ga, yil boshidan buyon esa 18,1%ga qimmatlashdi. Ko‘chmas mulk ijarasi esa 14% ga oshgan. Narxlarning o‘sishiga talabning ortishi, transchegaraviy pul o‘tkazmalarining ko‘payishi, qishloq xo‘jaligi pul tushumlarining oshishi ta’sir ko‘rsatdi.
Xitoyning Exeed avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda. Kompaniya 2023 yil boshida mashinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Toshkent viloyatida uch nafar shaxs tadbirkorga «Angren» EIZ hududidan 16 gektar yer olib berishni va’da qilib, buning evaziga $1,4 mln so‘ragan. Ular kelishilgan summadan $300 mingni olayotganda ushlandi. Gumonlanuvchilarga holat bo‘yicha tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting