2020 yildan hokimiyatlarning ayrim vakolatlari boshqa organlarga o‘tkaziladi, ayrimlari butunlay bekor qilinadi.
Davlat organlariga 1 yanvardan boshlab fuqarolardan qariyb 30 turdagi ma’lumotnomalarni talab qilishi taqiqlandi. Yashash joyidan ma’lumotnoma, ishsizligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shular jumlasidan.
Senat 25- yalpi majlisda Soliq to‘g‘risidagi, investitsiyalar to‘g‘risidagi, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi, maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manjaga O‘zbekistonga kirishga ruxsat berilmadi. Amaldagi qonunchilikda chet el advokatlarining O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatishi nazarda tutilmagan, deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.
Banklar ayrim filiallari, mini bank va operatsion kassalarini yopmoqda. Yirik filiallar zarar bilan ishlayotgani sababli ular o‘rniga bank xizmatlari ofislari tashkil etilmoqda.
Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tadbirkorlarga murojaatida yer ajratish va qurilish sohasidagi muammolarni sanab o‘tdi. U adolatli sharoitlarni yaratish va poytaxt bosh rejasini ishlab chiqishni tezlashtirishga va’da berdi.
2020 yil 1 iyuldan O‘zbekistonga 30 kungacha muddatga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibini bekor qilish taklif qilinmoqda.
Prezident davlat organlarida eskirgan byurokratik ish uslublari, qog‘ozbozlik hamda amaliy foydasi yo‘q majlis va yig‘ilishlarni yo‘qotishga qaratilgan qarorni imzoladi.
Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi 9 dekabr kuni Tehron-Toshkent-Tehron yo‘nalishida birinchi parvozni amalga oshirdi. Qatnovlar hozircha haftada bir marta amalga oshiriladi.
Bosh prokuratura bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishdagi majburiyatlarni bajarmaganlik uchun jarimalarni oshirishni taklif qildi. Yil davomida bunday qonunbuzarliklar ikki barobarga ko‘paydi.
Jahon antidoping agentligi (WADA) Rossiyani to‘rt yil muddatga Olimpiadalar va jahon chempionatlaridan chetlashtirdi.
Oliy Majlis deputatlari yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qishki ta’til 28 dekabrdan boshlanadi.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 17 yoshli o‘smir hovlisidagi turnikka osilgan holatda topildi.
Toshkentda aholiga bepul huquqiy yordam ko‘rsatuvchi «Madad» NNTning markaziy ofisi ochildi. Shu nomdagi bepul yuridik maslahat byurolari barcha viloyatlarda faoliyat ko‘rsatmoqda.
10−14 dekabr kunlari ob-havoning sovishi va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzgi harorat asta-sekin +8… +11 darajagacha tushadi.
Yamalo-Nenetsk avtonom okrugidagi (Rossiya) kon hududida sodir bo‘lgan yong‘inda uch o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana biri jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov, Zaynilobiddin Nizomiddinov, Abdusalom Azizov va boshqa rasmiy shaxslar — O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdan «Gazeta.uz» fotoreportaji.
Prezident fuqarolarni qo‘lga olish jarayonini majburiy videotasvirga olish hamda qo‘lga olinganlarning qarindoshlarini majburiy xabardor qilishni joriy etishni taklif qildi. 2020 yildan sudda prokuror qaroridan shikoyat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent IIBB xodimlari mast holda mashina boshqargan va xodimlarga pichoq bilan tahdid qilgan haydovchini qo‘lga olish uchun quroldan foydalanishga majbur bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting