Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi direktori, Advance HE ijrochi direktori va tashkilot katta maslahatchisi bilan uchrashdi.
Prezident tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, muddatli harbiy xizmat muddati kalendar hisobida o‘n ikki oy qilib belgilandi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ochildi. Uning konsullik okrugiga Qozog‘istonning Aqto‘be, Atirau, Mang‘istau va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlari kiradi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi vayron bo‘lmoqda. Poytaxt hokimiyati tepalik ustini yopish va ob’ekt atrofida sayyohlik hududini tashkil etish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalari kuchlari bo‘linmalariga yaqinda qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Samarqanddagi qurilish kompaniyasi rahbariyati qamoq jazosiga hukm etildi. Ularga firibgarlik, hujjatlarni qalbakilashtirish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi ayblovlar qo‘yildi.
«Otel Oʻzbekiston» MCHJ qo‘shma korxonasi aksiyalar paketining qiymati 80,12 foizi 29,7 mln. dollardan 26,4 mln. dollarga tushirildi.
Muqaddam ikki bora sudlangan shaxs bir kishini ichki ishlar bo‘limiga ishga kiritib qo‘yish evaziga olti ming dollar talab qilib, pulni olayotgan vaqtida ushlandi.
Vitaliy Klichko Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimidan ozod qilindi.
Yashnobod tumanidagi maktabning yonida haydovchilarni e’tiborli, ehtiyot va ogoh bo‘lishga chaqiruvchi «Maktab!» deb nomlanuvchi nostandart yo‘lbelgisi o‘rnatildi.
Prezident farmoni bilan «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasi «Nukus» erkin iqtisodiy zonasiga aylantirildi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, xalqaro musobaqalarga tayyorgarlikni kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Bosh prokuratura do‘konni buzishga harakat qilgan Yakkabog‘ tumanining sobiq hokim o‘rinbosari xususiy mulk huquqini buzish va mansab vakolatidan chetga chiqishda ayblanmoqda.
Toshkentga Belarusdan sinovdan o‘tkazish uchun elektrobus yetkazib berildi. Uni 41-avtobus yo‘nalishida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Prezident mahkumlarga saylash huquqini beruvchi qonunni imzoladi.
Yil boshidan buyon 7439 yong‘inda 76 kishi vafot etdi, 208 kishi jarohatlandi. Yong‘inlarga asosiy sabab — olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va elektr uskunalarining nosozligi.
Asaka tuman dehqon bozorida qulupnay va nisholda sotuvchilari o‘rtasidagi mojaro ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ldi.
Samarqandda 22 mln so‘m, 100 dollar va 600 ming so‘mlik telefon uchun bir oilaning besh a’zosining joniga qasd qilgan shasxlar ustidan ochiq sud boshlandi.
Ekologik partiya hukumatdan daraxtlarning ayrim turlariga yarim yillik moratoriy e’lon qilishni so‘radi. U sanitar kesish va avariya holatidagi daraxtlarga taalluqli bo‘lmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting