«Agar ijobiy natijaga erishilsa, siz tarixda qolasiz, muxlislarimizning orzusi ushaladi». Futbol assotsiatsiyasi prezidenti, DXX raisi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga murojaat bilan chiqdi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi.
Samarqand va Qarshida bayram munosabati bilan o‘tkazilgan mushakbozliklar davrida ochiq maydondagi qurigan o‘tlar yongani xabar qilindi.
Mudofaa vazirligi oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari harbiy qasamyod qabul qildi.
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi hujjat bo‘ladi. Soliqlar soni qisqarib, maxsus soliq rejimlari bekor qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev klinik o‘lim holatidagi go‘dakning hayotini saqlab qolgan shifokor Sergey Tobiasni medal bilan taqdirladi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi. Tizimli ravishda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va olimlarning yangi avlodini tayyorlash — uning asosiy vazifalaridan.
Prezident Vazirlar Mahkamasi huzurida Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi («O‘zkosmos») agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Farg‘onada «Rishton» chegara bojxona posti barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalarni harakatlanishlari uchun ishga tushdi.
Chet ellik sarmoyadorlar Jizzax viloyatida 1,1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risidagi biimlarni imzoladi.
Samarqandda quturgani taxmin qilinayotgan it 15 kishi, jumladan bir militsiya xodimini tishladi.
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida Damas avtomobili va Isuzu yuk mashinasi to‘qnashuvi natijasida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentda og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi ochildi. U bir vaqtda 50 nafar ayolni qabul qilib, ularga yuridik, psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati hokimini faxriy unvon, Andijon, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari hokimlari hamda moliya vazirini ordenlar bilan mukofotladi. Boshqa davlat xizmatchilari ham taqdirlandi.
Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier xalqaro nashriyot uyi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida ishlagan Sherzod Kudbiyev prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
Qahramon Quronboyev Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi lavozimini tark etdi. Alisher Sa’dullayev ittifoq rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
TDYUUning sobiq rektori Yesemurat Kanyazov Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Hindistonning Minerva world of knowledge kompaniyasi poytaxtning Sergeli tumanida uy-joylar, yangi universitet va boshqa obyektlar qurilishiga 500 mln dollarlik sarmoya kiritadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting