2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Osiyo kubogi guruh bosqichi uchrashuvlarida maydon ortidagi hakamlar xizmatidan foydalaniladi. Chorak finaldan boshlab esa ular o‘rniga VAR tizimi ishlaydi.
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Qum ota buva» fermer xo‘jaligiga tegishli, umumiy qiymati 980.000 so‘mlik moshlarni o‘g‘irlagan Sh. Elbekov va F.Ubaydullayeva, shuningdek ayolni jazolagan shaxslarga nisbatan ma’muriy hukm o‘qildi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1708, jumladan Toshkentda 91 bola dunyoga keldi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 2019 yilda O‘zbekiston 34 ta nufuzli sport musobaqasi o‘tkazilishini bildirdi.
Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi So‘x-Shoximardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topildi.
Samarqandda haydovchilik guvohnomasisiz Lacetti avtomobilini boshqargan o‘smir Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi, uch yoshli bola halok bo‘ldi.
4 yanvar kuni juma namozi vaqtida Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imom xatibi sifatida tanishtirildi.
Bosh vazir o‘rinbosarlarining bir vaqtning o‘zida muayyan idoraga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilinib, ular soni optimallashtiriladi.
Avtotransport vositasidan foydalanishda yaqin qarindoshlar uchun ishonchnoma olish tizimini bekor qilish to‘g‘risidagi petitsiya 10 mingdan ortiq ovoz to‘pladi.
Moliya vazirligi paxta moyi, shulxa va chigit shroti narxining davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechishni taklif etmoqda.
15-yanvardan O‘zbekistonga sayohat maqsadida tashrif buyuruvchi Germaniya fuqarolari uchun 30 kunga vizasiz rejim joriy etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi lavozimiga kirishgan Vladimir Norovni qabul qildi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan turar-joy egalari o‘z uylarini qisqa muddatli ijara shartnomasiga asosan 30 kungacha bo‘lgan muhlatga ijaraga berishi mumkinligi tasdiqlandi.
Zangiota tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida besh nafar voyaga yetmagan bola vafot etdi. «Zangiotatumangaz» filiali mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
IIBB xodimlari bir kunda Toshkentdagi bosh archa yaqinida 24 yo‘qolgan bolani topdi.
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturi loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etildi.
Andijon viloyatida hayvonot bog‘ida sherlar qafasiga kirgan soqchi yirtqichlar hujumidan vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting