Arxiv

Fevral oyi uchun 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi — DSQ
26 mart 2022, 22:12

Fevral oyi uchun 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi — DSQ

Davlat soliq qo‘mitasi fevral oyida xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazgan 183 mingdan ortiq iste’molchiga 18,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tgan harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi
26 mart 2022, 17:11

O‘zbekistonlik harbiylar AQShda o‘tgan harbiy musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Abdurasul Tuyg‘unov va Abdumalik Abdurahmonov AQShning Missisipi shtatida bo‘lib o‘tgan «Eng ilg‘or jangchi-2022» musobaqasida g‘olib bo‘ldi. Ular AQSh Milliy gvardiyasining Maxsus bo‘linmalari harbiy xizmatchilari bilan fitnes test, 15 kg yuk bilan 20 kmga marsh yugurish, artilleriya olovini boshqarish, o‘qotar qurollarni yoyish va yig‘ish, o‘q otish hamda kutilmagan mashqlar doirasida o‘zaro kuch sinashdi.

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi
26 mart 2022, 16:12

Qimmatbaho metallar mavjud yer uchastkalari auksion orqali sotiladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, qimmatbaho metallarni qazib olish uchun ruxsatnomalar Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan faqat O‘zbekiston rezidentlariga 3 yilga beriladi. Bunda 5 gektargacha bo‘lgan yer qa’ri uchastkasi har gektariga boshlang‘ich 9,4 mln so‘m narxida auksionga qo‘yiladi. Ruxsatnoma olganlar ish boshlashdan oldin hokimiyat, Ekologiya, hamda Sanoat xavfsizligi qo‘mitalarini xabardor qilishi lozim.

Toshkentda kuzatilayotgan shamol tufayli haydovchilardan mashinalarini daraxt tagida qoldirmaslik so‘raldi
26 mart 2022, 13:54

Toshkentda kuzatilayotgan shamol tufayli haydovchilardan mashinalarini daraxt tagida qoldirmaslik so‘raldi

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol sababli haydovchilardan avtomobillarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni so‘ramoqda. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, shamol tezligi 18−23 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi
26 mart 2022, 13:16

Xarid cheki sabab fuqarolarni «samosud» qilgan shaxslarga ma’muriy chora ko‘rildi

Toshkentning ikkita tumanida xarid cheki berilmaganligi uchun do‘konning QR-kodini skaner qilib, «Soliq» mobil ilovasi orqali murojaat yo‘llagan xaridorlar tadbirkorlar tomonidan «samosud» qilindi. Toshkent shahar IIBB huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganini ma’lum qildi.

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi
26 mart 2022, 12:46

Fermerlarga qishloq xo‘jaligi yerlarining har bir gektari uchun 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

Prezident qarori bilan 2022−2023 yillarda sinov tariqasida tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirgan, sug‘orishning yangi texnologiyalarini joriy etgan fermer va klasterlarga har bir gektar yer uchun 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Qolaversa, tuproq unumdorligini oshirganlik va eroziyadan muhofaza qilganlik uchun soliq imtiyozlari ham beriladi.

Farg‘ona viloyatida uchta shahar hududini kengaytirish taklifi bildirildi
26 mart 2022, 11:49

Farg‘ona viloyatida uchta shahar hududini kengaytirish taklifi bildirildi

Farg‘ona viloyatida tumanlar yerlari hisobidan shaharlar hududini kengaytirishga oid qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Farg‘ona, Qo‘shtepa, Toshloq, Dang‘ara, O‘zbekiston, Uchko‘prik, Farg‘ona tumanlaridan qishloq xo‘jaligi yer maydonlaridan bir qismini Marg‘ilon, Qo‘qon va Farg‘ona shahri tarkibiga o‘tkazish taklif etilmoqda.

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani aytilmoqda
26 mart 2022, 11:19

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani aytilmoqda

Ohangaronda itlar ommaviy tutilayotgani va o‘ldirilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, bu ayol kishi it tishlashi oqibatida vafot etganidan keyin sodir bo‘lmoqda. «Hayot» boshpanasi itlarni o‘ziga olib ketmoqda. IIV vaziyatni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Nima tayyorlaymiz: kekslar
26 mart 2022, 10:26

Nima tayyorlaymiz: kekslar

Shokoladli keks, keks-chizkeyk, smetanadan tayyorlangan «Zebra» keksi, turshak va apelsinli keks — Zira.uz kekslar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosari $12 ming pora olganlikda gumonlanmoqda
26 mart 2022, 09:56

Hazorasp tuman hokimi o‘rinbosari $12 ming pora olganlikda gumonlanmoqda

Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari fuqaroga yer ajratib berish hamda noqonuniy qurilgan binoni buzdirmaslik evaziga 12 ming dollar pora olayotganda qo‘lga tushgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
25 mart 2022, 22:00

25 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

O‘zbekistonga ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lgan IT-kompaniyalar uchun yaratilgan sharoitlar, sotuvga qo‘yilgan MOBIUZ va Tashkent City, 1 apreldan to‘liq ishga tushadigan Samarqand aeroporti, tugayotgan yomg‘ir mavsumi, Toshkent va Olmaota o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan poyezd qatnovi, 2030 yilgacha vazirlik va idoralar xizmat mashinalarini elektromobilga almashtirish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 24 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi
25 mart 2022, 21:29

Navruz Cup-2022: O‘zbekiston Qirg‘izistonni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi «Navruz Cup-2022» xalqaro o‘rtoqlik turniri yarim final bahsida Qirg‘iziston jamoasini 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Gollarga Eldor Shomurodov va dubl bilan Igor Sergeyev mualliflik qildi. Final o‘yini Ugandaga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi
25 mart 2022, 20:32

Rossiya Ukrainadagi urushda 1351 nafar harbiylari halok bo‘lganini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainadagi «maxsus operatsiya» davomida 1351 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘lganligini, 3825 nafari esa yaralanganini ma’lum qildi. Vazirlik harbiy operatsiyaning birinchi bosqichi asosiy vazifalari amalga oshirilganini aytdi. Ukraina va NATO Rossiya qo‘shinlarining yo‘qotishlari bundan bir necha barobar ko‘p bo‘lganligini aytmoqda.

Mahallalar va jamoalardagi keksalar faolligi yanada oshiriladi
25 mart 2022, 17:29

Mahallalar va jamoalardagi keksalar faolligi yanada oshiriladi

Prezident qaroriga muvofiq, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi keksalar bilan yanada faol hamkorlik qiladi. Bunda «tarbiyasi og‘ir» yoshlar bilan muloqotda bo‘lganlarga «Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul» tamoyiliga muvofiq moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Banklarning Uzcard va RFBdagi ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi
25 mart 2022, 17:06

Banklarning Uzcard va RFBdagi ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkaziladi

Prezident qarori bilan banklarning Uzcard va Toshkent fond birjasidagi ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilmoqda.

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi
25 mart 2022, 16:54

JCH-2022. Italiya Qatarga bormaydi, Portugaliya saralash finaliga chiqdi, Saloh Manega qarshi o‘ynaydi

2022 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga saralash o‘yinlarining navbatdagi bosqichi boshlandi. Italiya va Turkiya saralashdan chiqib ketdi, Portugaliya va Shvetsiya yo‘llanma uchun kurashni davom ettiradi. Shuningdek, Urugvay, Ekvador, Yaponiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish masalasini hal qildi. Afrikada Saloh va Mane qarama-qarshiligi kutilmoqda, Shimoliy va Markaziy Amerika mintaqasi uchun uchta yo‘llanmaga beshta terma jamoa da’vogarlik qilmoqda.

Elektromobilda taksichilik qiluvchilar 2040-yilgacha litsenziya to‘lovlaridan ozod qilinishi mumkin
25 mart 2022, 16:46

Elektromobilda taksichilik qiluvchilar 2040-yilgacha litsenziya to‘lovlaridan ozod qilinishi mumkin

Jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, elektromobilda taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanganlarni 2040 yilgacha litsenziya to‘lovlari va yig‘imlaridan ozod qilish taklif etilmoqda. Bundan tashqari, elektromobil haydovchilari munitsipal avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin. Avtoturargohlarga elektomobillarni tezkor quvvatlantiruvchi stansiyalar o‘rnatish taklifi ham bildirilmoqda.

Samarqandning yangi aeroporti 1-apreldan xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsata boshlaydi
25 mart 2022, 16:21

Samarqandning yangi aeroporti 1-apreldan xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsata boshlaydi

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayevaning xabar berishicha, Samarqandning yangi aeroporti 1-apreldan to‘liq quvvat bilan ishlay boshlaydi va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatadi. Hozirda aeroport majmuasini foydalanishga topshirish ishlari yakunlanmoqda.

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etiladi
25 mart 2022, 16:21

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» tashkil etiladi

Energetika vazirligi huzurida «Milliy dispetcherlik markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etiladi. Markazga yagona elektr energetika tizimini boshqarish, ushbu tizimning qo‘shni davlatlar energetika tizimlari bilan parallel ishlashini ta’minlash, avariya holatlari yuzaga kelishining oldini olish va ularni bartaraf etish kabi vazifalar topshiriladi.

Senat organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
25 mart 2022, 16:12

Senat organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

Senatorlar organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, hujjat bilan ishlab chiqarish jarayoniga ma’lum bir talablar, xususan qayta tiklanadigan tabiiy resurslar va ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha vazifalar qo‘yilmoqda. Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishda pestitsid, gormon, antibiotik va kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘llash taqiqlanmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting