Prezident Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlarini xoinlar deb atadi. U Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevga buzishdan avval o‘z boshini buzishni tavsiya qildi.
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanovni Urganchdagi buzish ishlari bilan bog‘liq vaziyat uchun tanqid qilib, uni prezident siyosatining asosiy dushmani deb atadi.
Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi tugatiladi. Bu haqda prezident qarori imzolandi.
Yengil avtomobillar oynasini qoraytirish uchun yangi narxlar belgilandi.
Avtotest kompaniyasining yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish xizmatini ko‘rsatishdan asossiz ravishda bosh tortishi qonunga zid, deya ma’lum qildi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.
Mehnat vazirligi Buxoroda qabristonni obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlariga byudjet tashkilotlari xodimlari jalb etilgani haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda.
Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
O‘g‘rilik jinoyatiga qo‘l urgan beruniylik kollej o‘quvchisiga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.
Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi Amerikaning Project CURE xayriya tashkiloti bilan Orolbo‘yi tibbiyot muassasalari ehtiyojlarini o‘rganish va ularga zamonaviy uskunalar yetkazib berishga imkon beruvchi memorandumni imzolaydi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
UPAY va Payme elektr energiyasi uchun to‘lovlarni qabul qilishni tikladi. Avvalroq «Hududiy elektr tarmoqlari» korxonasi onlayn xizmatlar bilan shartnomani uni qayta ko‘rib chiqish uchun to‘xtatgan edi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ushbu tadbirni 15 avgustdan keyinga qoldirishga chaqirdi.
Dog‘istonda o‘tkazilayotgan Magomed-Salam Umaxanov xotira turnirida o‘zbekistonlik 7 bokschi yarim finalda ringga chiqdi.
Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Jo‘rabek Mirzamahmudov elektr energiyasi uchun bazaviy normani belgilashda oila a’zolari soni va turar joy maydoni hisobga olinishini ma’lum qildi.
O‘zbek harbiylari «REMBAT» — «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya bataloni» xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.
Samarqandda 24 nafar MTM mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi hamda 51 nafar rahbar va mas’ul xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.
«Hashar — ixtiyoriy ko‘maklashish va bayram. Majburiy mehnat — biror jazo qo‘llash tahdidi ostida ish bajarish». Mehnat vaziri hashar va majburiy mehnat o‘rtasidagi farqni tushuntirib berdi.
Kasbi tuman IIB boshlig‘i lavozimiga Chori Ko‘charov o‘rniga Farruh Ibragimov tayinlandi. Samarqand va Jomboy tumanlarida ham yangi IIB boshliqlari ish boshladi.
Pillachilik tarmog‘ida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Minskda muzokaralar o‘tkazdi. Prezidentlar savdo-sotiqni kengaytirish, mintaqaviy hamkorlik va boshqa masalalarda fikr almashdi.
«Avtotest» kompaniyasi yuridik shaxslar haydovchilarini o‘qitish faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi: «Biz tahqirlardan charchadik».
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting