Andijon davlat universitetining arxiv mudiri uch fuqarodan jami 12.000 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov O‘zbekistondagi buzilishlar va ularning OAVda yoritilishi masalalari bo‘yicha fikr bildirdi. U jiddiy qaralmasa, bu ketishda oqibati yomon bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belarusga jo‘nab ketdi.
Samarqand viloyatining Samarqand va Jomboy tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi. Avvalgi hokimlar prezidentning viloyatga tashrifi vaqtida ishdan bo‘shatilgan edi.
Mirzo Ulug‘bek kichik sanoat zonasidagi armatura ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ziyod vaqt kerak bo‘ldi. Yong‘in texnologik jarayon buzilishi sababli elektr tarmog‘ida zo‘riqish vujudga kelgani natijasida paydo bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
So‘nggi vaqtlarda uylar ommaviy buzilib, daraxtlar ayovsiz kesib tashlangan Rishton tumanida hokim o‘zgardi. Eski hokim o‘z xohishi bilan lavozimini tark etdi.
Elektr energiyasi iste’moli uchun bazaviy normani 250 kVt·soatgacha qisqartirish, me’yordan ortiqcha energiya iste’moli uchun oshiriluvchi koeffitsiyent qo‘llaniladi.
15 avgustdan tabiiy va suyultirilgan gaz, ko‘mir, elektr energiyasi, issiqliq ta’minoti, ichimlik suvi, shuningdek jamoat transportida yo‘l haqi tariflari oshiriladi.
Yangiyo‘lda 20,9 sotixli issiqxonasini tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan tadbirkorning 49,5 mln so‘mlik zarar yetkazgani hisoblab chiqildi. Tadbirkorga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan shakllantirilgan uchta guruh Rishtondagi hashar jarayonida majburiy mehnatga jalb qilish holatini o‘rganadi. Tekshiruv yakunlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qoraqalpog‘istonda olim va tadqiqotchilar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev rahbarlarning kalondimog‘ bo‘lib ketgani va xalqdan uzilganini tan oldi. Viloyat rahbari Yakkabog‘ tumanidagi hodisaga munosabat bildirdi.
Rishton tumanidagi obodonlashtirish va qurilish ishlariga Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlaridan 13562 nafar hasharchi jalb qilindi. Mehnat vazirligi buning noqonuniy ekanini ma’lum qildi.
Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga qarshi jinoyat ishi DXXning sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Toshkentning «Qo‘yliq» bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlab yubormoqchi bo‘lgan ayolni qutqarib qoldi.
Qozog‘iston bilan chegaradan yangi Sirdaryo davlatlararo tutashuv punkti ochildi. Uning O‘zbekiston mahsulotlarini Qozog‘istonning janubiy hududlarida eksport qilinishida qulay sharoitlar yaratishi kutilmoqda.
Qurol to‘g‘risidagi qonun imzolandi. Hujjat olti oydan so‘ng kuchga kiradi.
Paxtani ko‘proq sug‘orib yuborgani uchun fermerlarni jaziramada avtobusga qamab qo‘ygan Kasbi tuman IIB boshlig‘i ishdan bo‘shatildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 31- iyul — 1- avgust kunlari rasmiy tashrif bilan Belurusda bo‘ladi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqand va eshkak eshish kanalida tashkil etiladigan yangi turistik markaz o‘rtasida yengil osma metro qurish bo‘yicha topshiriq berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting