DXXga ishga kiritib qo‘yaman deb pul olgan qamashilik va o‘zini DXX xodimi deb tanishtirib, odamlardan pul olgan xivalik shaxs qo‘lga olindi.
Senat tomonidan energetik ichimliklarni o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga sotish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilandi.
Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi «Sulton tex group» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Professional bokschi Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini Rossiyaning Krasnodar shahrida argentinalik Nazareno Gaston Ruizga qarshi jang o‘tkazadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Mehnat kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi natijasida ishga qabul qilishda endilikda propiska talab qilinmaydigan bo‘ldi.
Prezident Qarshidagi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya hamda Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallariga tashrif buyurdi.
Fransiya taraqqiyot agentligi O‘zbekiston byudjetini qo‘llab-quvvatlashga 150 mln yevrolik zayom ajratdi.
Davlat organlari, tashkilotlari, mahalliy hokimiyatlar xodimlari uchun hukumat mobil aloqasi tizimi ishga tushiriladi.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston prezidenti Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida ilgari surgan «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» maxsus rezolyutsiyasini qabul qildi.
Vazirlar Mahkamasining Farg‘ona viloyatida qo‘shimcha kichik sanoat zonalari tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
«Bekobod avto» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan paypoqlari ichiga yashirgan holda 20 ming AQSH dollarini respublikadan olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs fosh qilindi.
Ichki ishlar organlari tomonidan Toshkent shahrida oxirgi bir yil davomida 5 mingdan ortiq shaxs tilanchilik qilish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.
Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasi tashkil etildi, shu bilan birga 2019 yil 1 yanvardan xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumanida yashovchi M.U. tabiiy gazning chala yonishi oqibatida zaharlanib, kasalxonada vafot etdi.
2019-yildan boshlab 635 ta maktablarda tashkil etilgan va minimum darajada jihozlangan o‘quv-ishlab chiqarish majmualariga mavjud kasblar bo‘yicha 2,1 mlrd. so‘mlik xom-ashyo yetkazib berish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev Muborak tumanidagi zamonaviy issiqxona bilan tanishdi va bunday issiqxonalar tarmog‘ini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.
2019 yilda xalq ta’limi tizimi uchun ajratiladigan 17,1 trillion so‘mning 90 foiz soha xodimlarining oylik maoshlariga yo‘naltiriladi.
Yangi turar joylar majburiy tarzda qo‘riqlash-yong‘in tashvishgohlari va gazoanalizatorlar bilan jihozlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanida «Sag agro Yakkabog'» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong‘oqzor vabodomzorni borib ko‘rdi.
Maktab o‘qituvchilari yuritadigan hujjatlar soni 7 tadan 3 taga qisqartirildi. Shu bilan birga maktablarning tekshirish soni 26 baravar kamaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting