«O‘zeltexsanoat» uyushmasiga avval Artel Engineering and Management kompaniyasida faoliyat ko‘rsatgan Mirziyod Yunusov rahbar bo‘ldi.
DXX to‘rt bola — O‘zbekiston fuqarolari farzandlarini Afg‘onistondan qaytardi. Ularning ota-onalari terroristik tashkilot safida bo‘lgan va vafot etgan: otasi — janglarda, onasi — kasallikdan.
Prezident yashirin ish o‘rinlarini legallashtirish, bo‘sh turgan obyektlarda yangi korxonalar tashkil etish kabi choralar orqali byudjetga qo‘shimcha milliardlab mablag‘lar tushirilishi mumkinligini ma’lum qildi.
Energoresurslar tariflari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda optimallashtiriladi. Tarif islohotlari og‘riqsiz kechishi uchun eng kam ish haqini oshirish rejalashtirilmoqda.
Surxondaryoning Sherobod tumanida qarzdorlik sababli elektr energiyasini uzishga harakat qilgan MIB inspektorini kaltaklagan fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
WebMoney Transfer tizimi O‘zbekiston bozorida ish boshladi. So‘mdagi WMY-karmonchalarini UzCard, Paynet va Oson orqali to‘ldirish mumkin.
Qashqadaryo iqtisodiy sudlari tomonidan Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmalarining tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab kiritgan arizalarining 170 tasi rad etilgan.
Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan nizomga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlarini halok bo‘lgan yoki nogiron bo‘lib qolgan deb topish maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasida O‘zbekistonda dastlabki innovatsion virtual tergov poligoni Rossiya texnologiyalari asosida bunyod etildi.
Dildora Rustamova ta’lim, amaliyot va ilm-fan integratsiyasini ta’minlashga ixtisoslashgan Ko‘p tarmoqli klinika direktori etib tayinlandi.
2019/2020 o‘quv yilidan harbiy tavsiyanomalarga ega fuqarolar faqat oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha imtiyozga ega bo‘ladilar.
Savitskiy muzeyi direktori lavozimiga xalqaro tanlovda Moskvaning Rerixov muzeyi direktori Tigran Mkrtichev g‘olib bo‘ldi.
IIV Yo‘l harakati qoidalari buzilgani haqidagi videoyozuvlarni jo‘natish uchun maxsus saytni ishga tushirdi. Qoidabuzardan jarima undirilganda, videoni jo‘natganga eng kam ish haqining 5 foizi beriladi.
Adliya vazirligi Gulnora Karimova jazo o‘tayotgan ayollar koloniyasidagi sharoitlarni batafsil o‘rgandi. Vazirlik noqonuniy sotib olingan boyliklarni qaytarish bo‘yicha tadbirlar davom etayotganini qayd etdi.
O‘zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqidagi qaror davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Yakkabog‘ tumani Oqtosh MFY hududidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lida piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan holda voqea joyidan qochib ketgan haydovchi ushlandi.
Qutqaruvchilar Samarqand viloyatida Zarafshon daryosining suv bosgan orolchasida qolib ketgan 24 dehqonni evakuatsiya qildi.
Jizzax viloyatida joylashgan «Forish» tog‘ poligonida zamonaviy uslubda barpo etilgan «Xalqaro armiya o‘yinlari maydoni"da musobaqa boshlandi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dzyudochi Muhammadkarim Xurramov Neapolda o‘tkazilayotgan yozgi Universiadaning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting