Prezident Qashqadaryoda GTL zavodi qurilishini tezlashtirish bo‘yicha topshiriq berib, majmuada yoqilg‘i ishlab chiqarish boshlanib, benzin tannarxi tushirilgacha, odamlar benzin narxi tushganini sezishi kerakligini ta’kidladi.
«Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Prezidentning «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Toshkent shahrining turizm brendi sifatida Toshkent shahri yozuvi hamda manzarasi aks etgan logotip qabul qilindi.
Yuqorichirchiq tumanida yashovchi I.Yu. mast holda uyida birga yashagan onasi, pensioner K.A.ning bosh va yuz qismlariga urib-tepib jarohat yetkazib, o‘limiga sababchi bo‘ldi.
Senat yalpi majlisda 2019-yilgi O‘zbekiston davlat byudjetini tasdiqladi. Daromadlarning 102,6 trln so‘m, xarajatlarning esa 107,1 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekistonni malyariyadan xoli hudud sifatida tan oldi.
Zarafshon shahridagi 13-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida shaxmat xonasi faoliyat boshladi.
Shavkat Mirziyoyev topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish, xalq hayoti bilan bevosita tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Davlat tili haqidagi qonunning «egasiz va ojiz bo‘lib qolgani oqibatida» o‘zbek tili nufuzi pasaymoqda, dedi Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev.
Anqadaradan Konyaga yo‘lga chiqqan tezyurar poyezd ishtirokida yuz bergan to‘qnashuv natijasida 20 kishi jarohat oldi.
Prezident qaroriga binoan Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazlari tashkil etildi va u yerda parashyut bo‘yicha seksiyalar tashkil etiladi.
O‘zbekiston va Qatar zamonaviy beshkurash federatsiyasi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil qilish, tajriba almashish bo‘yicha kelishib oldi.
Prezident farmoniga asosan O‘zbekistonda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etildi.
O‘zbekistonga olib kirilishi rejalashtirilgan qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar kontrabandasiga bojxonachilar tomonidan chek qo‘yildi.
Toshkentni qalin tuman qopladi. Poytaxt ko‘chalaridan fotoreportaj.
Noqulay meteosharoit tufayli Toshkent, Farg‘ona, Urganch va Nukus xalqaro aeroportlari samolyotlarni qabul qilmaydi.
Shavkat Mirziyoyev Instagram`dagi eng mashhur siyosatchilar reytingidan joy oldi.
Prezident barcha ishlovchi pensionerlar nafaqa pulini to‘liq hajmda olishini ko‘zda tutuvchi farmonni imzoladi. Avval ular pensiyasining 50 foizini olgan.
O‘zbekiston quyosh, shamol va geotermal energiya texnologiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda. Buning uchun davlat agentligi tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting