Jahon banki iqtisodchisi Eskender Trushin O‘zbekiston iqtisodiyotining qaysi tarmoqlari jahon bozorida raqobatbardosh ekani va qanday yordamga muhtojligini tahlil qildi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablari orqali yagona maktab formasi savdosini tashkil etish taqiqlanganligi haqida eslatib o‘tdi.
Jazirama issiq tufayli ayrim temir yo‘l uchastkalarida tezlikka cheklov joriy etildi.
Mustaqillikning 28 yilligi «Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!» shiori ostida o‘tkaziladi.
Irina Sayfutdinova Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilgacha avtomobil ishlab chiqarish hajmini 250 mingdan 350 ming donaga, eksport hajmini kamida 100 ming donaga yetkazish vazifasini qo‘ydi.
10 iyuldan Toshkentdagi «Abu-Saxiy», «Bek Topi», «Ippodrom» va «O‘rikzor» bozorlari yaqinida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan foto- va videokameralar ish boshlaydi.
«Lukoyl» Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida reabilitatsiya markazlarini o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini quradi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazida inson o‘zak hujayralari banki tashkil etiladi. Ulardan saraton va yurak qon-tomir kasalliklarini davolashda foydalaniladi.
SMS-xabarnoma xizmati narxining 15 iyuldan oshirilishi qimmat uskunalar sotib olingani bilan izohlanmoqda.
Yaqin bir yarim hafta ichida jazirama issiq bo‘lishi kutilmoqda. 10 iyuldan so‘ng harorat yoz o‘rtasi uchun ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 5−7 daraja yuqori harorat qayd etiladi.
Namangan viloyati Kosonsoy tumanida o‘qituvchilarni beton quyishga majburlagan XTB mudiri ishdan bo‘shatildi, boshqa mansabdor shaxslarga chora ko‘rilishi uchun bosh prokurorga xat yuborildi.
O‘zbekistondagi nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha rejalashtirilayotgan jarayonga nogironlik haqidagi savollarni kiritish orqali baho berish mumkin. Dilmurod Yusupovning navbatdagi maqolasi — buni qanday qilib to‘g‘ri amalga oshirish haqida.
Surxondaryoda yangi tug‘ilgan qiz bola chaqalog‘ini mahalladagi hojatxonaga tashlab ketgan 20 yoshli ayol qo‘lga olindi.
G‘ijduvon tumanida «Lacceti» va «Cobalt» avtomashinalarining to‘qnashuvi natijasida uch kishi vafot etdi, uch kishi kasalxonaga yotqizildi.
Italiyaning Neapol shahrida o‘tkazilayotgan yozgi universiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi medallari to‘rttaga yetdi.
Hukumat qarori bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali tashkil etildi.
Qanday qilib qishloq xo‘jaligidan foydalanishni muvozanatlashtirish, hosildorlik va eksportni oshirish hamda yer egaligi huquqlarini mustahkamlash mumkin? O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi muammolar tahlili Jahon bankining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Sergiy Zorya maqolasida.
Toshkentning Yunusobod tumanida noqonuniy ravishda 5 tup chinor kesildi, yana 11 tup chinor qisman shikastlandi. Umumiy zarar 163,6 mln so‘mga baholanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting