Milliy aviakompaniya samolyotlar sotib olish strategiyasini o‘zgartirmoqda. Uzbekistan Airways Kanadaning Bombardier yoki Braziliyaning Embraer kompaniyalaridan kichik sig‘imli samolyotlarni sotib olishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekistonda Odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha milliy strategiya qabul qilish va ushbu sohada milliy ma’ruzachi institutini joriy etish rejalashtirilmoqda.
O‘lim jazosining qo‘llanilishi jinoyatchilik darajasiga ta’sir ko‘rsatib, korrupsiya, giyohvand moddalar savdosi kabi illatlarni kamaytira oladimi — «BUYUK KELAJAK» eksperti Baxshillo Xodjayev tahlilida.
Poytaxtning Yunusobod tumanidagi Quloqtepa nomi Rixsiliy etib qayta nomlandi.
Qozog‘istonning Turkiston viloyati Aris shahridagi harbiy qism hududida portlash sodir bo‘ldi. Shahar aholisi evakuatsiya qilinmoqda.
Muxolifatdan nomzod Akram Imamo‘g‘li Istanbul hokimligiga takrory saylovda 54 foiz ovoz to‘plagan holda yana g‘alaba qozondi.
Kelgusi yilning may oyida O‘zbekistonda ilk bor BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkilotining Yevropa uchun hududiy konferensiyasi o‘tkaziladi.
Ombudsman Zangiotadagi ayollar qamoqxonasiga tashrif buyurib, Gulnora Karimova bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uning salomatligi qoniqarli ekani aytildi.
O‘zbekiston Navoiy viloyatida fotoelektr stansiyasi loyihasini amalga oshirishga yordam beruvchi Scaling Solar dasturiga qo‘shildi. Dastur shu vaqtgacha faqat Afrika qit’asi mamlakatlarida amalga oshirilayotgan edi.
Senatorlar xorij davlatlari TIVlari sayyohlar uchun rasmiy tavsiyanoma va ogohlantirishlarda O‘zbekiston haqida noxolis va eskirgan ma’lumotlarni tarqatayotganini aniqladi.
Muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmalari hamda huquqiy asoslardagi muammolar sababli O‘zbekiston erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari chet ellik investorlar uchun jozibador emas, deya ma’lum qildi deputatlar.
Toshkentdan Olma Otaga uchayotgan Air Astana samolyoti germetizatsiya tizimidagi muammo sababli Chimkentga favqulodda qo‘ndirildi. Jabrlanganlar yo‘q.
Rossiya prezidenti Rossiya aviakompaniyalariga 8 iyuldan Rossiya hududidan Gruziyaga parvozlarni taqiqlovchi farmonni imzoladi.
O‘zbekistonlik professional bokschi Murodjon Ahmadaliyev to‘laqonli WBA chempionlik kamari uchun amerikalik Daniel Romanga qarshi ringga chiqadi.
Qo‘qon shahridagi 69-harbiy shaharchada 300 dan ziyod harbiy xizmatchilar oilasi istiqomat qiladigan Amir Temur nomli mahalla ochildi.
«Toshkent shahar xalq ta’limi muassasalarini zamon talablari asosida rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.
Hukumat qarori bilan Adju universitetiga dastlabki maslahat ishlarini bajarish uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida 2,1 mln AQSH dollariga teng miqdorda mablag‘ ajratildi.
Vazirlar Mahkamasining qarori asosida xorijiy fuqarolarning respublika OTMlariga suhbat asosida qabul qilinishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting